Uzakov Jamoliddin Erkinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
    Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Madaniyat muassasalarini boshqarishda transformatsiya jarayonlari (xorijiy va milliy tajribalar)”, 17.00.07 – Madaniyat nazariyasi va tarixi. Madaniyatshunoslik (san’atshunoslik fanlari).
    Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/San281.
    Ilmiy rahbar: Alemasov Viktor Aleksandrovich, falsafa fanlari doktori, professor.  
    Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti.
    IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti, PhD.11/2025.27.12.San.02.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
    Rasmiy opponentlar: Yo‘ldashev Anvar Ergashevich, tarix fanlari doktori, professor; Inatullaev Baxromjon Boqijonovich, san’atshunoslik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), professor.
    Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi.
    Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi madaniyat muassasalarini boshqarishdagi transformatsion jarayonlarning nazariy va amaliy asoslariga ko‘ra xorijiy ilg‘or tajribalarni milliy boshqaruv modeli bilan qiyosiy baholash hamda O‘zbekiston madaniyat tizimiga joriy qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
globallashuv madaniyat muassasalarini boshqarishga umuminsoniy nuqtai nazardan yondashishga undab ulardagi transformatsiya jarayonlariga ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot omili sifatida ham yondashishga undayotgani asoslangan;
madaniyat muassasalarini boshqarishning ilg‘or xorijiy davlatlardagi modellari baholanib, ularga kommersializatsiya, davlat-xususiy sheriklik, xo‘jalik hisobida ishlash, munisipal va o‘zini-o‘zi boshqarish, regulyasiya, aholi ma’naviy ehtiyojlaridan kelib chiqish kabilar xosligi aniqlangan;
ilg‘or xorijiy tajribalar asosan iqtisodiy boshqarish, xo‘jalik hisobida ishlash prinsipiga qurilgani ochib berilib, madaniyat menejmenti va madaniyat marketingi talablariga muvofiq boshqarish qaror topgani, ularni milliy tajribalarga tatbiq etishning samarador imkoniyatlari aniqlangan;
Yangi O‘zbekistonda madaniyat muassasalari davlat, nodavlat, davlat-xususiy sheriklik, xo‘jalik hisobi, ijara usullari orqali boshqarilishi, ulardagi milliy xususiyatlar hamda transformatsiya jarayonlari ochib berilib, bozor iqtisodiyoti talablariga muvofiq kreativ boshqarish usullari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Madaniyat muassasalarini boshqarishda transformatsion jarayonlarning tahlili asosida olingan ilmiy natijalar asosida:
globallashuv madaniyat muassasalarini boshqarishga umuminsoniy nuqtai nazardan yondashishga undab ulardagi transformatsiya jarayonlariga ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot omili sifatida ham yondashishga undayotgani asoslangan xulosa va takliflardan respublikamizdagi mavjud madaniyat va san’at muassasalarining boshqaruv faoliyatini takomillashtirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2025-yil 9-oktyabrdagi 01-11-17-3408-son ma’lumotnomasi). Natijada, madaniyat muassasalari bo‘lgan taʼlim muassasalari, muzeylar, teatrlar, madaniyat markazlari, madaniyat va istirohat bogʻlari, konsert-tomosha muassasalari, maqom markazlarida boshqarishning innovatsion metodlari qo‘llanildi va sohada boshqaruvning zamonaviy konsepsiyalarini ishlab chiqishga xizmat qilgan;
madaniyat muassasalarini boshqarishning ilg‘or xorijiy davlatlardagi modellari o‘rganilib, ularga kommersializatsiya, davlat-xususiy sheriklik, xo‘jalik hisobida ishlash, munisipal va o‘zini-o‘zi boshqarish, regulyasiya, aholi ma’naviy ehtiyojlaridan kelib chiqish kabilar xosligi aniqlangan xulosa va takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligining boshqaruv faoliyatiga doir hujjatlarni takomillashtirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligining 2026-yil 29-yanvardagi 04-05/368-son ma’lumotnomasi). Natijada, Madaniy meros agentligining boshqaruv faoliyati natijadorligini oshirish, tizimdagi amaliy loyihalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha samarali mexanizm yo‘lga qo‘yilmoqda;    
ilg‘or xorijiy tajribalar asosan iqtisodiy boshqarish, xo‘jalik hisobida ishlash prinsipiga qurilgani ochib berilib, madaniyat menejmenti va madaniyat marketingi talablariga muvofiq boshqarish qaror topgani, ularni milliy tajribalarga tatbiq etish imkoniyatlari aniqlangan xulosa va takliflardan O‘zbekiston Badiiy akademiyasi faoliyatini boshqarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Badiiy akademiyasining 2026-yil 28-yanvardagi 02-06/84-186-son ma’lumotnomasi). Natijada, xorijiy va mahalliy tajribalar tahliliga asoslangan holda san’at va madaniy merosni namoyish etish, ko‘rgazma va ijodiy loyihalarni hududlararo hamda xalqaro miqyosda tashkil etishni rivojlantirishga qaratilgan zamonaviy boshqaruv yondashuvi shakllantirilib, ushbu yondashuv madaniy jarayonlarning tashkiliy va ijodiy samaradorligini oshirish imkonini bermoqda;
Yangi O‘zbekistonda madaniyat muassasalari davlat, nodavlat, davlat-xususiy sheriklik, xo‘jalik hisobi, ijara usullari orqali boshqarilishi, ulardagi milliy xususiyatlar hamda transformatsiya jarayonlari ochib berilgan, bozor iqtisodiyoti talablariga muvofiq kreativ boshqarish usullari ishlab chiqilgan va amaliyotga tavsiya etilgan xulosa va tavsiyalardan “O‘zbekiston tarixi” telekanalining “Taqdimot” ko‘rsatuvida amaliy manba sifatida foydalanilgan (O‘zMTRK “Ma’rifat” ijodiy birlashmasi” davlat muassasasining 2025-yil 29-apreldagi 01-30/279-son ma’lumotnomasi). Natijada, zamonaviy boshqaruv yondashuvlari, xususan madaniyat muassasalarida kreativ menejment va marketingning qamrovi hamda ahamiyati, ularning funksional xususiyatlari va makon-zamon kontekstidagi o‘ziga xosliklarini ochib berishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish