Nazarenko Tatyana Vasilevnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i): “Shaharning zamonaviy rivojlanish bosqichida sanoat ob’ektlarining renovatsiyasi”, 18.00.02 – Rayonlashtirish. Shaharsozlik. Qishloq turar joylarini rejalashtirish. Landshaft arxitekturasi. Bino va inshootlar arxitekturasi (arxitektura).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/A167. 
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Toshkent arxitektura-qurilish universiteti.
Ilmiy rahbar: Yunusov Shukurullo Xayrullaevich, arxitektura fanlari doktori (DSc), dotsent. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent arxitektura-qurilish universiteti, DSc.03/2026.09.01.A.01.M.
Rasmiy opponentlar: Sadikova Sitora-bonu Ne’matjonovna, arxitektura fanlari doktori (DSc), dotsent; Vetlugina Anna Viktorovna, arxitektura fanlari nomzodi, dotsent. 
Yetakchi tashkilot: “O‘zshaharsozlik LITI” DM.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi sanoat ob’ektlarini me’moriy rejaviy jihatdan moslashtirish usullari va tamoyillarini hamda ularning hududlarini zamonaviy jihatdan qayta tiklashning kompozision, fazoviy echimlar, konseptual model usullarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sanoat ob’ektlarini renovatsiya qilishning zamonaviy tendensiyalari hamda ularni rekonstruksiya qilish, qisman transformatsiya qilish va funksional jihatdan qayta moslashtirishni nazarda tutuvchi keyingi rivojlanish yo‘nalishlari asoslab berilgan, shuningdek, sanoat hududlarining shaharsozlik tuzilmasini shakllantirishdagi o‘rni ochib berilgan; 
sanoat binolari va ularga tutash hududlarni renovatsiya qilishda saqlash, kiritish, integratsiyalash, taqqoslash, qamrab olish, kesib ochish, qayta tiklash va qo‘shimcha qurish kabi me’moriy-rejaviy hamda tipologik usullar ob’ektlarning funksional samaradorligini oshirish, ularning individual xususiyatlarini saqlab qolish va zamonaviy shaharsozlik tuzilmasiga integratsiyalashda muhim ahamiyat kasb etishi asoslab berilgan;
mavjud ob’ektlarni qayta moslashtirish, prototiplashtirish, birlashtirish, interpolatsiyalash va qayta dasturlash tamoyillariga asoslangan, sanoat binolarini kompozision-fazoviy jihatdan renovatsiya qilishning konstruktiv tamoyillari hamda sanoat ob’ektlarini renovatsiya qilishga doir me’moriy loyihalashning vizual konsepsiyalari ishlab chiqilgan;
sanoat ob’ektlarning zamonaviy transformatsion konseptual loyihalash va amalga oshirish bosqichlari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni aks ettiruvchi, saqlash, qisman saqlash, yo‘nalishni o‘zgartirish bo‘yicha kompleks modeli yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Shaharning zamonaviy rivojlanish bosqichida sanoat ob’ektlarining renovatsiyasi”  mavzusi bo‘yicha olingan ilmiy natijalarga asosida:
sanoat ob’ektlarning zamonaviy transformatsion konseptual loyihalash va amalga oshirish bosqichlari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni aks ettiruvchi, saqlash, qisman saqlash, yo‘nalishni o‘zgartirish bo‘yicha ishlab chiqilgan kompleks model asosida FUTURO ARChITETTURA MChJ loyiha tashkiloti tomonidan Farg‘ona yo‘li, 23-uyda joylashgan “Toshkent Qog‘ozi” MChJ hududidagi sobiq UzBUM zavodining asosiy binosini renovatsiya qilish bo‘yicha dastlabki loyihani ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2026 yil 20 maydagi 34-06/6702-son ma’lumotnomasi; FUTURO ARChITETTURA MChJning 2025 yil 16 iyuldagi 23-son dalolatnomasi). Natijada, ob’ekt uchun yangi ijtimoiy-madaniy funksiyani tanlashni asoslash, sanoat majmuasining tarixiy va meʼmoriy o‘ziga xosligini saqlashni ta’minlash va shahar muhiti tuzilmasiga integratsiyalashgan zamonaviy ko‘p funksiyali jamoat maydonini shakllantirishga erishilgan;
mavjud ob’ektlarni qayta moslashtirish, prototiplashtirish, birlashtirish, interpolatsiyalash va qayta dasturlash tamoyillariga asoslangan, sanoat binolarini kompozision-fazoviy jihatdan renovatsiya qilishning konstruktiv tamoyillari hamda sanoat ob’ektlarini renovatsiya qilishga doir me’moriy loyihalashning vizual konsepsiyalari asosida sanoat ob’ektlarini renovatsiya qilishning zamonaviy tendensiyalari, jumladan rekonstruksiya qilish, qisman transformatsiya qilish va funksional jihatdan qayta moslashtirish yo‘nalishlariga doir ilmiy xulosalar asosida Toshkent shahrining Yashnobod tumani Shirinobod ko‘chasida joylashgan  Toshkent qog‘ozi MChJ hududidagi suv minorasini rekonstruksiya qilish" ob’ekti uchun sobiq suv minorasining eskiz loyiha konsepsiyasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2026 yil 20 maydagi 34-06/6702-son ma’lumotnomasi; NUFUZ MChJning 2025 yil 1 avgustdagi 58-08-25-son dalolatnomasi). Natijada, ishlab chiqilgan konsepsiyani qo‘llash ob’ekt uchun yangi funksiyani tanlashni asoslash, uning me’moriy moslashuv tamoyillarini aniqlash va sanoat merosini saqlashga va hududning turistik va madaniy jozibadorligini oshirishga erishilgan;
sanoat binolari va ularga tutash hududlarni renovatsiya qilishda saqlash, kiritish, integratsiyalash, taqqoslash, qamrab olish, kesib ochish, qayta tiklash va qo‘shimcha qurish kabi me’moriy-rejaviy hamda tipologik usullar ob’ektlarning funksional samaradorligini oshirish, ularning individual xususiyatlarini saqlab qolish va zamonaviy shaharsozlik tuzilmasiga integratsiyalashda ahamiyati, sanoat ob’ektlarini renovatsiya qilishga doir me’moriy loyihalashning vizual konsepsiyalari va sanoat hududlarini zamonaviy shahar tuzilmasiga integratsiyalash tamoyillari GREENPARK DEVELOPMENT MChJ tomonidan “Toshkent shahri Yakkasaroy tumani Bobur ko‘chasi 73-uyda joylashgan 16 qavatli turar joy kompleksi” ob’ekti uchun turar-joy majmuasi hududining bosh rejasining loyihasi ishlab chiqishda va amalga oshirishda qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2026 yil 20 maydagi 34-06/6702-son ma’lumotnomasi; GREENPARK DEVELOPMENT MChJning 2025 yil 21 avgustdagi 80-son dalolatnomasi). Natijada, sobiq sanoat hududi uchun renovatsiya usulini tanlashni asoslash, hududdan oqilona foydalanishni ta’minlash, ekologik barqaror va xavfsiz shahar muhitini shakllantirish hamda transformatsiya qilingan sanoat hududini shaharning mavjud funksional-rejaviy tuzilmasiga samarali integratsiyalashga erishilgan;
sanoat ob’ektlarini renovatsiya qilishning zamonaviy tendensiyalari hamda ularni rekonstruksiya qilish, qisman transformatsiya qilish va funksional jihatdan qayta moslashtirishni nazarda tutuvchi keyingi rivojlanish yo‘nalishlari asoslab berilgan, shuningdek, sanoat hududlarining shaharsozlik tuzilmasini shakllantirishdagi o‘rni, sanoat ob’ektlarining transformatsion konseptual loyihalash va amalga oshirish bosqichlari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni aks ettiruvchi, saqlash, qisman saqlash va funksional yo‘nalishini o‘zgartirishga asoslangan kompleks model Toshkent shahridagi sanoat ob’ektlarini rekonstruksiya qilish loyihalarini ishlab chiqishda, sanoat hududlarini qayta qurish konsepsiyalarini tayyorlashda, shaharsozlik va investisiya loyihalarini shakllantirishda qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2026-yil 20-maydagi 34-06/6702-son ma’lumotnomasi; "O‘zshaharsozlik LITI" davlat korxonasining 2026-yil 27-apreldagi 1-02/588-son dalolatnomasi). Natijada, asoslangan tavsiyalarni qo‘llash sanoat hududlarini o‘zgartirishga kompleks yondashuvni ta'minlash, ularning shaharsozlik samaradorligini oshirish va O‘zbekiston Respublikasi shahar muhitining barqaror rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish imkonini bergan. 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish