Xudoymurodova Huriyat Muxiddinovnaning
falsafadoktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Nodir Normatovning badiiy mahorati», 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/Fil963.
Ilmiy rahbar: Hamdamov Ulug‘bek Abduvahobovich, filologiya fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Fil.70.01.
Rasmiy opponentlar: To‘raev Damin, filologiya fanlari doktori, professor; Nosirov Azmiddin Normamatovich, filologiya fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Nodir Normatov nasriga xos badiiyat qirralari, uning ijodiy laboratoriyasi masalalarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Nodir Normatov ijodida xalq og‘zaki ijodi elementlarining ta’siri masalalari aniqlangan;
adib ijodida badiiylik, hujjatlilik, psixologik tahlil, emotsionallik, adabiy assotsiativ xususiyatni yoritish belgilari aniqlangan;
ijodkorning xalqona ifoda usuli, aniqlik, obrazlilik, tilning soddaligi kabi unsurlardan obrazlarni individuallashtirishda foydalanish mahorati ochib berilgan;
adib ijodiy yo‘lining asosiy qirralari hamda asarlarida avtobiografik unsurlarning aks etishi ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Nodir Normatovning badiiy mahoratini tadqiq etish natijasida ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar asosida:
ijodkorning xalqona ifoda usuli, poetik obraz yaratishdagi o‘ziga xos uslubi, aniqlik, obrazlilik, tilning soddaligi, kabi unsurlardan obrazlarni individuallashtirishda foydalanish mahoratiga doir tadqiqot natijalaridan F-1-06 raqamli “Istiqlol davri o‘zbek adabiyotida Sharqu G‘arb adabiy an’analari sintezi” nomli loyihada foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 26 noyabrdagi 8903-4542-son ma’lumotnomasi). Bu kitobxonga ijodkor uslubi va ruhiy olamini chuqurroq anglash imkoniyatini kengaytirishga xizmat qilgan;
Nodir Normatov ijodida xalq og‘zaki ijodi elementlarining ta’siri masalalariga doir ilmiy natijalardan OT-AI-46 raqamli “Adabiyotshunoslikning nazariy kurslari bo‘yicha o‘quv adabiyotlarining yangi avlodini yaratish” ilmiy loyiha ishida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 26 noyabrdagi 8903-4542-son ma’lumotnomasi). Natijada, “Adabiyotshunoslikka kirish” kursidan amaliy mashg‘ulotlar” nomli qo‘llanmani tayyorlashda badiiy nasr janrlariga berilgan ta’riflardagi farqlarni yorituvchi adabiyotlar obzori va illyustrativ material qismi yaratilgan;
Nodir Normatovning ijodiy faoliyati, adibning badiiy mahorati, uslubi kabi masalalarini yoritishda Surxondaryo teleradiokompaniyasi “Yangi asr” radiosining “Adabiyot gulshani” eshittirishlarining ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (Surxondaryo teleradiokompaniyasining 2019 yil 9 oktyabrdagi 01-01/336-son ma’lumotnomasi). Natijada dasturda tahlillarning jonli va qiziqarliligi, hozirgi adabiy jarayon masalalarini radio orqali ochib berilishiga erishilgan.