Ishanxodjaev Ulug‘bek Muratovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “AQSh tashqi siyosatida diniy omil”, 23.00.04 – Xalqaro munosabatlar, jahon va mintaqa taraqqiyotining siyosiy muammolari.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.2.PhD/Ss683
Ilmiy rahbar: Safoev Sodiq Salihovich, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc).
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti huzuridagi Istiqbolli xalqaro tadqiqotlar instituti.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi va raqami: Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, DSc.11/25.08.2022.S.24.02.
Rasmiy opponentlar: Haydarov Abdusamat Ahadovich, siyosiy fanlar doktori (DSc); Tadjiev Shuxrat Shavkatovich, siyosiy fanlar doktori (DSc).
Yetakchi tashkilot nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: siyosiy fanlar.
II. Tadqiqot maqsadi: AQSh siyosiy madaniyatining davlatning tashqi siyosat strategiyasini shakllantirish va amalga oshirishga ta’sir ko‘rsatadigan siklik ravishda takrorlanuvchi elementi sifatida diniy omil rolini tushuntiruvchi nazariy-metodologik modelni ishlab chiqish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
AQSh siyosiy madaniyatida diniy omil Buyuk diniy uyg‘onishlar mantiqi bilan bog‘liq bo‘lgan hamda davlat tashqi siyosiy strategiyalarining shakllanishiga tizimli ta’sir ko‘rsatadigan siklik ravishda qayta ishlab chiqariluvchi element sifatida talqin qiluvchi nazariy-metodologik model ishlab chiqilgan;
AQShdagi diniy omil statik identifikatsiya elementi sifatida emas, balki tashqi siyosatni legitimlashtirish rejimlarini madaniy-tarixiy sikl fazalariga qarab almashtirishni ta’minlovchi davriy axloqiy safarbarlik mexanizmi sifatida faoliyat ko‘rsatishi asoslab berilgan;
texnologik messianizm fenomenining mualliflik talqini ishlab chiqilgan va bu AQShning texnologik yetakchiligi axloqiy missiya va xalqaro tizimga normativ bosim elementlari bilan universalistik loyiha xususiyatlarini kasb etadigan diniy-normativ mantiqning zamonaviy transformatsiyasi sifatida nazariy jihatdan asoslab berilgan;
diniy omilning AQShning uzoq muddatli strategik madaniyati elementi sifatidagi konseptual talqini taklif etilgan bo‘lib, u davlatning tahdidlar, tarixiy missiya va xalqaro tizimdagi o‘rni haqidagi tasavvurlarini shakllantiruvchi hamda tashqi siyosiy xulq-atvorning barqaror modellarini qayta ishlab chiqaruvchi omil ekanligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
- Ilmiy tadqiqot natijalari O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi hamda xorijiy ilmiy-tahliliy markazlar faoliyatida foydalanilgan. Xususan, dissertatsiyada ishlab chiqilgan nazariy yondashuvlar va ilmiy xulosalar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining xalqaro aloqalar faoliyatida, parlament diplomatiyasi, xalqaro hamkorlik hamda xalqaro munosabatlarda mafkuraviy va qadriyat omillarining rolini baholashga oid axborot-tahliliy materiallar va ekspert xulosalarini tayyorlash jarayonida qo‘llanilgan. Bundan tashqari, tadqiqot natijalaridan parlament muhokamalari uchun axborot-tahliliy materiallar tayyorlashda, xalqaro jarayonlar hamda yetakchi davlatlarning tashqi siyosiy strategiyalarini baholashga oid ekspert-tahliliy xulosalar ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investisiyalar va turizm masalalari qo‘mitasining 2026-yil 20-apreldagi 08-10-03-sonli dalolatnomasi).
- Dissertatsiyada ilgari surilgan ilmiy xulosalar va amaliy tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining tahliliy va ekspertlik faoliyatida, jumladan, Amerika Qo‘shma Shtatlarining tashqi siyosiy xulq-atvorini baholash, xalqaro jarayonlarni tahlil qilish, tashqi siyosiy strategiyalarni prognozlash hamda diplomatik amaliyot uchun tavsiyalar ishlab chiqishda foydalanilgan. Xususan, tadqiqot natijalaridan AQSh tashqi siyosatida diniy diskurs transformatsiyasi, xalqaro jarayonlarni tahlil qilishda diniy-normativ omilni hisobga olish hamda qabul qilinayotgan qarorlarning mafkuraviy va qadriyatli asoslarini baholash bo‘yicha tahliliy materiallar tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining joriy etish dalolatnomasi).
- Shuningdek, tadqiqot natijalari Turkiyaning Ankara Inqiroz va Siyosat Tadqiqotlari Markazi (ANKASAM) tomonidan amaliy ahamiyatga ega ilmiy tadqiqot sifatida e’tirof etilgan. Xususan, dissertatsiyada ishlab chiqilgan “axloqiy safarbarlik sikllari” modeli, diniy omilning sek’yuritizatsiyasi hamda transmilliy missionerlik tarmoqlarining xalqaro siyosatdagi o‘rniga oid ilmiy yondashuvlardan geosiyosiy va strategik tahlil faoliyatida foydalanish tavsiya etilgan. Tadqiqot natijalari Markaziy Osiyo va turkiy makondagi geosiyosiy jarayonlarni tahlil qilish, normativ bosim mexanizmlarini baholash hamda mintaqaviy strategik barqarorlik masalalarini o‘rganishda qo‘llash uchun tavsiya etilgan (ANKASAMning 2026-yil 21-apreldagi e’tirof xati).