Xudoyqulov Sirojiddin Uzoq o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʻi nomi):
“Oʻzbekistonda klasterlarni soliqlar vositasida ragʻbatlantirish mexanizmini takomillashtirish”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Iqt4151
Ilmiy rahbar: Burxanov Aktam Usmanovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.03/2026.31.01.I.42.02
Rasmiy opponentlar: Kuziev Ravshan Ramazanovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Nurmatov Sherzod Rustamovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat texnika universiteti
Dissertatsiya yoʻnalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston Respublikasida klasterlar faoliyatining iqtisodiy samaradorligini kompleks tahlil qilish asosida ularni soliqlar vositasida rag‘batlantirishning ilmiy-uslubiy asoslarini takomillashtirish hamda klasterlar tizimida soliq ma’murchiligining samaradorligini oshirishga qaratilgan amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqish hisoblanadi.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
klasterlar tomonidan er osti va er usti suv resurslaridan oqilona foydalanishni rag‘batlantirish hamda suv tejovchi zamonaviy texnologiyalarni joriy etishni qo‘llab-quvvatlash maqsadida ularga soliq imtiyozlari berish taklif etilgan;
IT-parklar va texnologik klasterlar tarkibiga kiruvchi sub’ektlarning investisiyaviy faolligini rag‘batlantirish hamda innovatsion rivojlanishini jadallashtirishda ularga taqdim etilgan soliq imtiyozlarini 3 yilgacha uzaytirish taklif etilgan;
paxta-to‘qimachilik klasterlari, to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatida faoliyat ko‘rsatuvchi korxonalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoati korxonalari uchun ijtimoiy soliq stavkasi 1 foiz miqdorida belgilash taklif etilgan;
klaster sub’ektlari faoliyatida soliq imtiyozlari va kredit resurslaridan maqsadli foydalanish, ularning moliyaviy barqarorligi va iqtisodiy faolligini oshirishda empirik modellar asosida soliq imtiyozlari va bank kreditlarining korxona moliyaviy holatiga ta’sir koefisentlari taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot natijasida O‘zbekiston Respublikasida klasterlar faoliyatini soliqlar orqali rag‘batlantirishni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
klasterlar tomonidan er osti va er usti suv zaxiralaridan oqilona foydalanish, suv tejovchi zamonaviy texnologiyalarni qo‘llab quvvatlash maqsadida ularga soliq imtiyozlarini berish taklifi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 28-dekabrdagi OʻRQ-891-sonli Qonuni bilan Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 445-moddasida o‘z aksini topdi (O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasining 2026-yil 4-fevraldagi 20-15280-son ma’lumotnomasi). Natijada, qishloq xo‘jaligi erlarini sug‘orish va baliqlarni etishtirish (o‘stirish) uchun foydalaniladigan suv hajmi, shu jumladan dehqon xo‘jaliklari va qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan erlarga ega bo‘lgan jismoniy shaxslar uchun 1 kub. metr uchun soliq stavkasi 100,0 so‘m miqdorda belgilanib, suv tejovchi zamonaviy texnologiyalardan foydalangan xo‘jalik yurituvchi subektlari er solig‘idan ozod etilib 2024-yilda 41 734,3 mln. so‘m, 2025-yilning I-II choragida 53 610,9 mln. so‘m pul mablag‘lari o‘z ixtiyorida qolishga erishilgan;
IT-parklar va texnologik klasterlar tarkibiga kiruvchi sub’ektlarning investisiyaviy faolligini rag‘batlantirish hamda innovatsion rivojlanishini jadallashtirishda ularga taqdim etilgan soliq imtiyozlarini 3 yilgacha uzaytirishga doir taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-oktyabrdagi PF-157-son farmonini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasining 2026-yil 4-fevraldagi 20-15280-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu xo‘jalik yurituvchi subektlariga berilgan soliq imtiyozlari 2028-yilning yanvariga qadar uzaytirilib, 2025-yilning 1-iyul holatiga ko‘ra mamlakatimizda ushbu sohada faoliyat olib boruvchi 8 565 ta korxonaning 2 733,5 mlrd. so‘m pul mablag‘lari ularning o‘z ixtiyorida qolishiga hamda ularda moliyaviy barqarorlikni mustahkamlash, investisiya oqimini kengaytirish va yuqori qo‘shilgan qiymat yaratuvchi texnologik loyihalar ulushini oshirishga xizmat qilgan;
paxta-to‘qimachilik klasterlari, to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatida faoliyat ko‘rsatuvchi korxonalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoati korxonalari uchun ijtimoiy soliq stavkasi 1 foiz miqdorida belgilashga doir taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentyabrdagi “To‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatida islohotlarni jadallashtirish va eksport salohiyatini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-290-son qarorida aks ettirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasining 2026-yil 4-fevraldagi 20-15280-son ma’lumotnomasi). Natijada, 2025-yil 1-sentyabrdan boshlab 3 yil muddatga paxta-to‘qimachilik klasterlari, to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoati korxonalari uchun ijtimoiy soliq stavkasi 1 foiz miqdori qo‘llanib, klasterlar tomonidan 3 yil davomida qariyb 385,0 mlrd. so‘m ijtimoiy soliq o‘rniga 32,0 mlrd. so‘m ijtimoiy soliq to‘lovini amalga oshirishi va bu 353,0 mlrd so‘m ularning o‘z ixtiyorida qolishiga olib kelishi kutilmoqda;
klaster sub’ektlari faoliyatida soliq imtiyozlari va kredit resurslaridan maqsadli foydalanish, ularning moliyaviy barqarorligi va iqtisodiy faolligini oshirishda empirik modellar asosida soliq imtiyozlari va bank kreditlarining korxona moliyaviy holatiga ta’sir koefisentlariga doir taklifi ’zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasi tomonidan amaliyotga qabul qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasining 2026-yil 4-fevraldagi 20-15280-son ma’lumotnomasi). Natijada, mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan “Bunyodkor” ma’suliyati cheklangan jamiyatiga taqdim etilgan soliq imtiyozlarining korxona moliyaviy holatiga ta’sir koeffisientlari [0,023] ni tashkil etib, bank kreditining korxona moliyaviy holatiga ta’sir koeffisientlari [0,136] ni “Sulton Tex Group” ma’suliyati cheklangan jamiyatiga taqdim etilgan soliq imtiyozlarining korxona moliyaviy holatiga ta’sir koeffisientlari [3,74] ni tashkil etib, bank kreditining korxona moliyaviy holatiga ta’sir koeffisientlari [0,43] ni tashkil etganligi aniqlanib, soliq imtiyozlari va bank kreditlari ushbu korxonalarning faoliyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi ta’minlangan.