Zaynalova Kamola Nodirovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Umumiy ovqatlanish korxonalarini moliyaviy sog‘lomlashtirish mexanizmlarini takomillashtirish”. 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Iqt5015.
Ilmiy rahbar: Axmedjanov Karimjon Bakidjanovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent Kimyo xalqaro universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent Kimyo xalqaro universiteti, DSc.03/2025.27.12.I.29.02.
Rasmiy opponentlar: Ashurova Nasiba Batirovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Karlibaeva Raya Xodjabaevna, iqtisodiyot fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
II. Tadqiqotning maqsadi umumiy ovqatlanish korxonalarining moliyaviy holatini yaxshilashga qaratilgan taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
umumiy ovqatlanish korxonalarini moliyaviy sog‘lomlashtirishda yalpi foyda va tannarx ulushi asosida “yuqori daromadli” (YaF > 25%), “mo‘’tadil” (10% ≤ YaF ≤ 25%) va “past samarali” (YaF < 10%) guruhlarga ajratish hamda shu asosda narxni qayta belgilash, xarid hajmini 15-20 foiz intervalda moslashtirish va assortimentni optimallashtirish taklifi asoslangan;
umumiy ovqatlanish korxonalarida taomlar bo‘yicha boshqaruv qarorlarini qabul qilish uslubi ta’minot, ish haqi va doimiy xarajatlardagi ulushlar asosida vaznli “uzilish nuqtasi” va “xavfsizlik zaxirasi” ko‘rsatkichlarini hisoblash hamda ularni oylik narx va realizatsiya hajmi bilan bog‘liq holda qo‘llash tartibini ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan;
umumiy ovqatlanish korxonalari faoliyatida ijara to‘lovlari, kredit foizlari va so‘ndirish jadvallarini ishlab chiqarish xarajatlari bilan uyg‘un holda baholashga qaratilgan optimal moliyaviy jadval indeksi asosida korxonaning qarz majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarishi va ishlab chiqarish jarayonini barqaror moliyalashtirishini ta’minlovchi maqbul moliyaviy nisbat asoslangan;
Samarqand viloyatida faoliyat ko‘rsatayotgan umumiy ovqatlanish korxonalarining tushum, jami xarajat, yalpi foyda, sof foyda, sof marja ko‘rsatkichlari bo‘yicha uzoq muddatli tendensiyalari asosida 2030 yilga qadar moliyaviy natijalari dinamikasi prognozi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Umumiy ovqatlanish korxonalarining moliyaviy holatini yaxshilash bo‘yicha ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar asosida:
umumiy ovqatlanish korxonalarini moliyaviy sog‘lomlashtirishda yalpi foyda va tannarx ulushi asosida “yuqori daromadli” (YaF > 25%), “mo‘’tadil” (10% ≤ YaF ≤ 25%) va “past samarali” (YaF < 10%) guruhlarga ajratish hamda shu asosda narxni qayta belgilash, xarid hajmini 15-20 foiz intervalda moslashtirish va assortimentni optimallashtirish taklifi O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi huzuridagi Veterenariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2025 yil 23 dekabrdagi 05-33-14376-sonli, Veterenariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2025 yil 16 dekabrdagi 02/23-4069-sonli ma’lumotnomalari). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etish natijasida taomlar tannarxini iqtisodiy jihatdan asosli baholash va daromad guruhlari bo‘yicha segmentatsiya qilish orqali ortiqcha xarajatlar 12–15 foizga qisqartirilgan, mahsulot assortimentining foydalilik darajasi
8–10 foizga oshirilgan.
umumiy ovqatlanish korxonalarida taomlar bo‘yicha boshqaruv qarorlarini qabul qilish uslubi ta’minot, ish haqi va doimiy xarajatlardagi ulushlar asosida vaznli “uzilish nuqtasi” va “xavfsizlik zaxirasi” ko‘rsatkichlarini hisoblash hamda ularni oylik narx va realizatsiya hajmi bilan bog‘liq holda qo‘llash tartibini ishlab chiqish asosida takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi huzuridagi Veterenariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2025 yil 23 dekabrdagi 05-33-14376-sonli, Veterenariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2025 yil 16 dekabrdagi 02/23-4069-sonli ma’lumotnomalari). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etish natijasida mazkur usulni qo‘llagan korxonalarda oylik faoliyat bo‘yicha zararsiz ish hajmini aniq belgilash imkoniyati yaratilgan, xizmat ko‘rsatish jarayonidagi moliyaviy nomutanosiblik holatlari bartaraf etilgan, ish haqi fondi va ta’minot xarajatlarini real foyda hajmiga mutanosib ravishda moslashtirish imkoniyati ta’minlanib, umumiy xarajatlar 9–11 foizga qisqartirilgan va foyda marjasi 6–8 foizga oshirilgan;
umumiy ovqatlanish korxonalari faoliyatida ijara to‘lovlari, kredit foizlari va so‘ndirish jadvallarini ishlab chiqarish xarajatlari bilan uyg‘un holda baholashga qaratilgan optimal moliyaviy jadval indeksi asosida korxonaning qarz majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarishi va ishlab chiqarish jarayonini barqaror moliyalashtirishini ta’minlovchi maqbul moliyaviy nisbat qo‘llash taklifi O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi,O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi huzuridagi Veterenariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2025 yil 23 dekabrdagi 05-33-14376-sonli, Veterenariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2025 yil
16 dekabrdagi 02/23-4069-sonli ma’lumotnomalari). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etish natijasida korxonalarda naqd pul oqimlarining barqarorligi ta’minlanib, to‘lov qobiliyati 14–16 foizga oshirilgan, ortiqcha qarz mablag‘lariga bo‘lgan ehtiyoj qisqartirilgan, kredit so‘ndirish intizomi mustahkamlanib, kechikish holatlari 20 foizga kamaytirilgan;
Samarqand viloyatida faoliyat ko‘rsatayotgan umumiy ovqatlanish korxonalarining tushum, jami xarajat, yalpi foyda, sof foyda, sof marja ko‘rsatkichlari bo‘yicha uzoq muddatli tendensiyalari asosida 2030 yilga qadar ishlab chiqilgan moliyaviy natijalari dinamikasi prognozi O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2025 yil 23 dekabrdagi 05-33-14376-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida Samarqand viloyatida faoliyat ko‘rsatayotgan umumiy ovqatlanish korxonalarining istiqboldagi yuqori moliyaviy natijalari dinamikasini ta’minlashga asos bo‘luvchi faoliyat ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi o‘zaro muvofiqlikni ta’minlash imkoniyati yaratilgan.