Obidov Sanjar Omonxo‘jaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon matni

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Aksiyadorlik jamiyatlarida kapital bahosini minimallashtirish”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit” ixtisosligi bo‘yicha.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yhatga olingan raqam: B2025.4.PhD/Iqt6068.
Ilmiy rahbar: Vaxobov Alisher Vosiqovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent Kimyo xalqaro universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent Kimyo xalqaro universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/2025.27.12.I.29.02 raqamli Ilmiy kengash qoshidagi Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Karimov Norboy G‘anievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor;  Razzakov Jasur Xamraboevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekistonda aksiyadorlik jamiyatlarida kapital tuzilmasini optimallashtirish va kapital bahosini minimallashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiliklari:
kapital tuzilmasini optimallashtirish bo‘yicha korxonaning qarz va xususiy kapitali o‘rtasidagi maqbul nisbatni aniqlash o‘rtacha tortilgan kapital qiymati (WACC) ko‘rsatkichi asosida baholash taklif etilgan;
soliq tejamkorligi natijasida kapital bahosining pasayishi va ortiqcha qarz yuki orqali yuzaga keladigan bankrotlik riski o‘rtasidagi muvozanatni aniqlash va saqlash mexanizmi “Treyd–off” modeli negizida asoslangan;
korxonaning real pul oqimlariga tayanadigan optimal leveraj darajasini hisoblash orqali maksimal qarz yukini belgilash, jumladan, operasion faoliyat natijasida shakllanayotgan pul oqimlarining qarz majburiyatlarini qoplash qobiliyatini baholash usuli takomillashtirilgan;
korxona tomonidan yaratilayotgan haqiqiy iqtisodiy qiymatni baholashda soliqdan keyingi operasion foydadan foydalanilayotgan kapital xarajatlari bilan moliyaviy baholash yondashuvining amaliy qo‘llanish imkoniyatlari asoslangan. 
III. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Tadqiqot doirasida ishlab chiqilgan kapital tuzilmasini optimallashtirish va kapital bahosini minimallashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar asosida: 
kapital tuzilmasini optimallashtirish bo‘yicha korxonaning qarz va xususiy kapitali o‘rtasidagi maqbul nisbatni aniqlash o‘rtacha tortilgan kapital qiymati (WASS) ko‘rsatkichi asosida baholash taklifi “O‘zsanoateksport” AJ tomonidan amaliyotga joriy etilgan (“O‘zsanoateksport” AJning 2025 yil 20 oktyabrdagi 01-847/36-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida kapital bahosining U-shaklli traektoriyasi hisoblangan, uning eng quyi nuqtasi kapital tuzilmasining optimal holatini belgilab berishi natijasida qarz va xususiy kapital ulushi 0,3–0,4 oralig‘ida shakllanganda kapital bahosining minimal darajaga tushishi ta’minlandi. 
soliq tejamkorligi natijasida kapital bahosining pasayishi va ortiqcha qarz yuki orqali yuzaga keladigan bankrotlik riski o‘rtasidagi muvozanatni aniqlash va saqlash mexanizmi “Treyd–off” modeli orqtali takomillashtirish taklifi “O‘zsanoateksport” AJ tomonidan amaliyotga joriy etilgan (“O‘zsanoateksport” AJning 2025 yil 20 oktyabrdagi 01-847/36-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu model asosida soliq qalqonidan olinadigan foyda, qarz yuki ortishi bilan bog‘liq moliyaviy qiyinchiliklar xavfi o‘rtasida optimal nuqta aniqlandi, kapital tarkibi korxona umumiy qiymatini maksimallashtiradigan holatga keltirildi. 
korxonaning real pul oqimlariga tayanadigan optimal leveraj darajasini hisoblash orqali maksimal qarz yukini belgilash, ya’ni operasion faoliyat natijasida shakllanayotgan pul oqimlarining qarz majburiyatlarini qoplash qobiliyatini baholash taklifi “O‘zsanoateksport” AJ tomonidan amaliyotga joriy etilgan (“O‘zsanoateksport” AJning 2025 yil 20 oktyabrdagi 01-847/36-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, qarz majburiyatlarini jalb etish hajmi korxonaning operasion faoliyatidan shakllanayotgan pul oqimlari bilan bog‘lab baholandi, EBIT ko‘rsatkichining 4 barobarigacha qarz jalb etish sharoitida kapital bahosini minimallashtirish imkoniyati mavjudligi aniqlandi. 
korxona tomonidan yaratilayotgan haqiqiy iqtisodiy qiymatni baholashda soliqdan keyingi operasion foydani faoliyatda foydalanilayotgan kapital xarajatlari bilan taqqoslashga asoslangan EVA-asosli moliyaviy baholash bo‘yicha taklifi “O‘zsanoateksport” AJ tomonidan amaliyotga joriy etilgan (“O‘zsanoateksport” AJning 2025 yil 20 oktyabrdagi 01-847/36-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur yondashuv soliqdan keyingi operasion foydani faoliyatda foydalanilayotgan kapital xarajatlari bilan taqqoslash orqali iqtisodiy qiymat shakllanish darajasini baholash imkonini berdi. Amaliy qo‘llash natijasida qarz va xususiy kapital nisbati maqbul tarzda shakllantirilib, kapital bahosini minimal darajaga tushirishga erishildi. 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish