Tuxtamishev Sayitkul Saydullaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qovun etini bo‘laklarga kesish qurilmasini ishlab chiqish va parametrlarini asoslash”, 05.07.01 – Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash (texnika fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/T1749.
Ilmiy rahbar: Orifjon Raxmatov, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.08/2025.27.12.T.13.01.
Rasmiy opponentlar: Norchaev Davron Rustamovich, texnika fanlari doktori, professor; Mamajanov Sultonali Islomalievich, texnika fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.  
Yetakchi tashkilot : Toshkent davlat  agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tozalangan qovun etini halqasimon bo‘laklarga kesadigan diskli pichoqlardan foydalanish orqali ish samarasini oshirish, etning sifatli kesish va iste’molga yaroqli bo‘lgan qismini isrof bo‘lishini kamaytirishni  ta’minlab, qo‘l mehnatini bartaraf etib, mahsulot tannarxini arzonlashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: 
qovun etini halqasimon bo‘laklarga kesadigan qurilma u har xil navdagi qovun etini bo‘laklarga kesishni ta’minlashi shartidan ishlab chiqilgan; 
qovun etini diskli pichoq bilan kesish jarayonining o‘zgarish qonuniyatlarini ifodalaydigan analitik bog‘lanishlar uning fizik-mexanik xossalarini hisobga olgan holda keltirib chiqarilgan;
kesish jarayonining asosiy ko‘rsatkichlari orasidagi bog‘lanishlarni ifodalaydigan matematik modellar va qovun etini halqasimon bo‘laklarga kesish qurilmasining ish jarayonida talab etilgan  quvvatni hisoblash usuli uning kinematik parametrlarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan;
qurilma disklarining orasidagi masofa, ularning o‘tkirlanish burchagi va aylanishlar sonining maqbul qiymatlari uning sifat ish ko‘rsatkichlarining ifodalovchi regressiya tenglamalarini qovunlarning kesishi to‘liqligi maksimal, ular etining yo‘qotilishi va siqilishi mos ravishda 5 va 6 foizdan oshmasligi shartlaridan birgalikda echish orqali aniqlangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qovun etini bo‘laklarga kesish qurilmasini ishlab chiqish va parametrlarini asoslash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
qovun etini bo‘laklarga kesish qurilmasiga Intellektual mulk markazining foydali modelga (“Quritilgan qovun ishlab chiqarish uchun mexanizatsiyalashgan liniya”, № FAP 01508-2020 y.) patenti olingan. Natijada, qovun etini halqasimon bo‘laklarga kesish uchun ish sifati va unumi yuqori bo‘lgan qurilmaning konstruksiyasini ishlab chiqish imkoni yaratilgan;
qovun etini halqasimon bo‘laklarga kesish uchun ishlab chiqilgan qurilmaning tajriba nusxasi  Guliston shahridagi “TYPLOFF” MChJ va Sirdaryo viloyatining Oqoltin tumanidagi “SUB-DRY” MChJ da  amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2026-yil 17-martdagi 05/04-04-278-son ma’lumotnomasi). Natijada yangi konstruksiyadagi qurilmadan foydalanib qovun etini mexanizatsiyalashgan usulda bo‘laklarga kesish jarayonida ish sifati va unumini yuqori bo‘lishi ta’minlangan;
qovun etini bo‘laklarga kesadigan qurilmaning sanoat nusxalarini ishlab chiqish va tayyorlash uchun loyiha–konstruktorlik hujjatlari (dastlabki talablar va texnik shartlar)  “Daniyar-Xodjaev Timur” YaTT va “Texekspromt” MChJ  korxonalarida loyihalash jarayoniga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2026-yil 17-martdagi 05/04-04-278-son ma’lumotnomasi). Natijada, qovun etini halqasimon bo‘laklarga kesadigan qurilmaning sanoat nusxalarini ishlab chiqarish imkoniyati yaratilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish