Mamatkulova Sayyora Gulyamovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Modelirovanie i issledovanie teplovix protsessov v bioenergeticheskix ustanovkax s rekuperativnim teploobmennikom” (Rekuperativ issiqlik almashtirgichli bioenergetik qurilmalari issiqlik jarayonlarini modellashtirish va tadqiq qilish), 05.05.06-“Qayta tiklanadigan energiya turlari asosidagi energiya qurilmalari” ixtisosligi bo‘yicha.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/T3701
Ilmiy rahbar: Uzakov Gulom Norboevich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat texnika universiteti, PhD. 03/2025.28.11.T.17.01. raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Imomov Shavkat Jaxonovich, texnika fanlari doktori, professor; Sednin Vladimir Aleksandrovich, texnika fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya ishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi biomassani termik qayta ishlash uchun rekuperativ issiqlik almashtirgichli piroliz bioenergetik qurilmasini ishlab chiqish, issiqlik jarayonlarini modellashtirish hamda uning samaradorligini tadqiq etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
biomassa pirolizi jarayonida hosil bo‘luvchi yuqori haroratli bug‘-gaz aralashmasining sovutilishi natijasida ajraladigan piroliz suyuqligining ikkilamchi issiqligini utilizatsiya qilish imkonini beradigan rekuperativ issiqlik almashtirgich bilan takomillashtirilgan bioenergetik qurilmaning issiqlik-texnologik sxemasi ishlab chiqilgan;
biomassa suyuqligining ikkilamchi issiqligini bioreaktorda qayta ishlatish imkonini beradigan rekuperativ issiqlik almashtirgich bilan kombinatsiyalashtirilgan, issiqlikni teng taqsimlovchi suvli g‘ilof bilan qo‘shimcha takomillashtirilgan, biomassani termik qayta ishlash orqali iste’molchilarni uzlyuksiz muqobil yoqilg‘ilar (pirogaz, qattiq va suyuq yoqilg‘i) hamda issiq suv bilan ta’minlash imkonini beradigan avtonom bioenergetik qurilma yaratilgan (FAP 2655);
biomassaning qo‘zg‘almas qatlamdagi pirolizi uchun g‘ovaklilik dinamikasi, issiqlik o‘tkazuvchanligining o‘zgarishi, Darsi qonuniga muvofiq gazodinamika, kimyoviy kinetika jarayonlari hisobga olingan ko‘p fazali model, shuningdek, kondensator-sovutgichda issiqlik va massa almashinuvining fazaviy o‘tish bilan bog‘liq murakkab jarayonlari inobatga olingan matematik model ishlab chiqilgan.
rekuperativ issiqlik almashtirgichli piroliz bioenergetik qurilmasining harorat rejimi bo‘yicha olib borilgan tajribaviy tadqiqotlar natijalarining regressiya tahlili usuli asosida bioreaktorning turli xil nuqtalari haroratlarining o‘zgarishini inobatga olib  bioreaktordan kondensator-sovutgichga o‘tuvchi bug‘-gaz aralashmasining haroratini aniqlash imkonini beragidan emperik tenglama olingan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Rekuperativ issiqlik almashtirgichli piroliz bioenergetik qurilmani ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
avtonom bioenergetik qurilmasi uchun O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi”dan foydali modelga patent olingan (№FAP 2655, 21.01.2025 y.). Natijada, biomassani termik qayta ishlash orqali iste’molchilarni uzlyuksiz muqobil yoqilg‘ilar (pirogaz, qattiq va suyuq yoqilg‘i) hamda issiq suv bilan ta’minlash imkonini beradigan, suyuq yo‘qilg‘ilarning ikkilamchi issiqligini rekuperatsiyalovchi rekuperativ issiqlik almashtirgich bilan kombinatsiyalashtirilgan, issiqlikni teng taqsimlovchi suvli g‘ilof bilan qo‘shimcha takomillashtirilgan, avtonom bioenergetik qurilma yaratilgan.
avtonom bioenergetik qurilmaning texnologik sxemasi va tajriba namunasi “Boymurot Ravshanov” va “HAYITOV NURIDDIN ChORVADOR” fermer xo‘jaliklarida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2026-yil 29-yanvardagi 05/04-04-123-son ma’lumotnomasi). Natijada, Qashqadaryo viloyatining iqlim sharoitida rekuperativ issiqlik almashtirgichli piroliz bioenergetik qurilma yordamida yiliga 9 500–10 000 kg biomassani qayta ishlash imkoniyati yaratilgan bo‘lib, o‘rtacha 2 250–2 750 m³ gazsimon yoqilg‘i, 1 600–1 900 kg suyuq piroliz yoqilg‘isi hamda 4 200–4 900 kg qattiq muqobil yoqilg‘i turlari olingan, piroliz texnologiyasida rekuperativ issiqlik almashtirgichdan foydalanish hisobiga qurilmaning energiya samaradorligi 5 % ga oshirilgan, qurilmaning o‘z xarajatlarini 2,5 yilda qoplanishiga erishilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish