Yuldasheva Mexrunisa Kasimjan qizining
fan bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Qurilish materiallari sanoati korxonalarini innovatsion boshqarish strategiyalarini shakllantirish”, 08.00.13-“Menejment”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/Iqt5578.
Ilmiy rahbari: Nurimbetov Ravshan Ibragimovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent arxitektura-qurilish universiteti huzuridagi PhD.03/2026.09.01.I.04.M raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Kurbaniyazov Shaxzodbek Karimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent, Xaydarova E’zoza Shukurullaevna, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: qurilish materiallari sanoati korxonalarining innovatsion boshqarish strategiyalarini shakllantirish borasida taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “qurilish materiallari sanoati korxonalarini innovatsion boshqarish” tushunchasining iqtisodiy mazmuni mahalliy xom ashyo resurslaridan foydalanish va Orolbo‘yi mintaqasining o‘ziga xos agressiv iqlim sharoitiga moslashuvchanlikni ta’minlovchi “adaptiv boshqaruv” hamda xorijiy ilg‘or texnologiyalarni transferatsiya qilishda “texnologik va institutsional filtrlash” kabi yangi tamoyillar hisobiga kengaytirish orqali takomillashtirilgan;
hududiy logistika-savdo infratuzilmasi hamda qurilish materiallari ishlab chiqarishni integratsiyalash asosidagi “Amudaryo-Beruniy qurilish materiallari klasteri”ni tashkil etish orqali hududiy konsentratsiyalashuvni yumshatish va eksport-ishlab chiqarishni nomarkazlashtirish strategiyasini takomillashtirish taklif etilgan;
qurilish materiallari sanoati korxonalarini innovatsion boshqarishning “yashil” modeliga o‘tish asosida mahsulot tannarxi tarkibida energiya ulushi (15-20%), tabiiy xomashyo sarfi (25%), atmosferaga chiqariladigan zaharli gazlarni (30%) kamaytirishning miqdoriy chegaralari asoslangan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasida qurilish materiallari sanoatini innovatsion rivojlantirish indikatorlarining 2030-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ko‘p variantli ekonometrik modellar asosida ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. qurilish materiallari sanoati korxonalarining barqaror rivojlanishini ta’minlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “qurilish materiallari sanoati korxonalarini innovatsion boshqarish” tushunchasining iqtisodiy mazmunini mahalliy xom ashyo resurslaridan foydalanish va Orolbo‘yi mintaqasining o‘ziga xos agressiv iqlim sharoitiga moslashuvchanlikni ta’minlovchi “adaptiv boshqaruv” hamda xorijiy ilg‘or texnologiyalarni transferatsiya qilishda “texnologik va institutsional filtrlash” kabi yangi tamoyillar hisobiga kengaytirish orqali takomillashtirishga oid nazariy va uslubiy ishlanmalar oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etilgan “Qurilish materiallari korxonalarining iqtisodiyoti” nomli o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 19-iyuldagi 233-son buyrugʻi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida talabalarda yangi tamoyillar hisobiga kengaytirish orqali takomillashtirilgan “qurilish materiallari sanoati korxonalarini innovatsion boshqarish” tushunchasi bo‘yicha nazariy bilimlarni kengaytirish imkoni yaratilgan;
hududiy logistika-savdo infratuzilmasi hamda qurilish materiallari ishlab chiqarishni integratsiyalash asosidagi “Amudaryo-Beruniy qurilish materiallari klasteri”ni tashkil etish orqali hududiy konsentratsiyalashuvni yumshatish va eksport-ishlab chiqarishni nomarkazlashtirish strategiyasini takomillashtirish taklifi Qoraqalpog‘iston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi tomonidan hududiy sanoatni rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2026-yil 5-maydagi № 04-07/01-1601 son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning joriy etilishi mahalliy xom ashyo hisobiga import bog‘liqligini kamaytirish, eksport geografiyasini diversifikatsiyalash orqali hududiy konsentratsiyalashuv risklarini pasaytirish hamda ichki bozorni innovatsion qurilish materiallari bilan ta’minlash strategiyasi samaradorligini oshirish imkonini bergan;
qurilish materiallari sanoati korxonalarini innovatsion boshqarishning “yashil” modeliga o‘tish asosida mahsulot tannarxi tarkibida energiya ulushi (15-20%), tabiiy xomashyo sarfi (25%), atmosferaga chiqariladigan zaharli gazlarni (30%) kamaytirishning miqdoriy chegaralari bilan bog‘liq taklifi Qoraqalpog‘iston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi tomonidan soha korxonalarining raqobatbardoshligini oshirish dasturlariga kiritilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2026-yil 5-maydagi № 04-07/01-1601 son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida qurilish materiallari sanoati korxonalarini boshqarish tizimida “yashil” iqtisodiyot tamoyillarini qo‘llash orqali tabiiy resurslar sarfini optimallashtirish, raqamli texnologiyalar yordamida boshqaruv jarayonidagi transaksion xarajatlarni 30-40 foizgacha qisqartirish hamda ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligi va atrof-muhitga ta’siri o‘rtasidagi strategik muvozanatni ta’minlash imkoni yaratilgan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasida qurilish materiallari sanoatini innovatsion rivojlantirish indikatorlarining 2030 yilga qadar ko‘p variantli ekonometrik modellar asosida ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi tomonidan qurilish materiallari sanoati mahsulotlarining prognoz ko‘rsatkichlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi qo‘rilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2026-yil 5-maydagi № 04-07/01-1601 son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida prognoz qiymatlari qurilish materiallari ishlab chiqarishning istiqboldagi rivojlanish tendensiyalarining aniqlik darajasini oshirishga va rivojlanish strategiyasini takomillashtirishga muayyan darajada xizmat qilgan.