O‘roqboev Ollayor Bolbek o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ko‘pchitilgan vermikulit asosida engil betonning optimal tarkibini ishlab chiqish”, 05.09.05 – “Qurilish materiallari va buyumlari” ixtisosligi bo‘yicha. 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.PhD/T6284.
Ilmiy rahbar: Akramov Xusnitdin Axrarovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Toshkent arxitektura-qurilish universiteti”.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat texnika universiteti PhD.03/2025.27.12.T.19.03. 
Rasmiy opponentlar: Ilyasov Allanazar Torexanovich, texnika fanlari doktori, professor; Igamberdiev Bunyod G‘ayratovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ko‘pchitilgan vermikulit asosida engil betonlarning optimal tarkibini ishlab chiqish va uning xossalarini tadqiq etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
- 1,25-2,5 fraksiyali ko‘pchitilgan vermikulit, suyuq shisha, SEM II/A-I 32,5N sinfli portlandsementdan va kimyoviy qo‘shimchalar ratsional nisbatlarda foydalangan holda Issiqlik izolyasion‑konstruktiv engil betonning optimal tarkibi ishlab chiqilgan;
- eksperimental tadqiqotlar natijasida ko‘pchitilgan vermikulit asosidagi engil betonlarda zichlik, mexanik mustahkamlik va issiqlik-texnik ko‘rsatkichlar o‘rtasidagi bog‘liqliklar aniqlanib, optimal tarkib bo‘yicha betonning zichligi 550–650 kg/m³, mustahkamligi 2,6–3,1 MPa, issiqlik o‘tkazuvchanligi 0,0839 W/(m·K) hamda issiqlikka chidamliligi 900–950 °C haroratda ta’minlangan; 
- ko‘pchitilgan vermikulit asosidagi engil betonlarda “tarkib - struktura - xossa” tizimidagi bog‘lovchi, engil to‘ldiruvchi va kimyoviy qo‘shimcha ulushining beton strukturasiga ta’siri isbotlangan;
- ko‘pchitilgan vermikulit asosida engil beton ishlab chiqarish bo‘yicha amaliy tavsiyalar va texnologik sxema ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarinig joriy qilinishi. 
Ko‘pchitilgan vermikulit asosida engil betonlarning optimal tarkiblarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
1,25-2,5 fraksiyali ko‘pchitilgan vermikulit, suyuq shisha, SEM II/A-I 32,5N sinfli portlandsementdan va kimyoviy qo‘shimchalar ratsional nisbatlarda foydalangan holda Issiqlik izolyasion‑konstruktiv engil betonning optimal tarkibi ishlab chiqilganligi hamda eksperimental tadqiqotlar natijasida ko‘pchitilgan vermikulit asosidagi engil betonlarda zichlik, mexanik mustahkamlik va issiqlik-texnik ko‘rsatkichlar o‘rtasidagi bog‘liqliklar aniqlanib, optimal tarkib bo‘yicha betonning zichligi 550–650 kg/m³, mustahkamligi 2,6–3,1 MPa, issiqlik o‘tkazuvchanligi 0,0839 W/(m·K) hamda issiqlikka chidamliligi 900–950 °C haroratda ta’minlanganligiga oid takliflar “MODERN JIZZAK LIGHT” MChJ korxonasi tomonidan ko‘pchitilgan vermikulit asosidagi 60 dona 350x170x170 mm o‘lchamdagi mayda bloklar ishlab chiqarishda va bloklarning fizik-mexanik xossalarini aniqlashda joriy qilingan. (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2025-yil 24-dekabrdagi 37-06/15378-son ma’lumotnomasi). Natijada 0,158 W/m·°C issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffisienti, 1,8 MPa siqilishga chidamlilik va 800 °C gacha issiqlikka chidamli bo‘lgan ko‘pchitilgan vermikulit asosidagi bloklar olishga erishilgan;
ko‘pchitilgan vermikulit asosidagi engil betonlarda “tarkib - struktura - xossa” tizimidagi bog‘lovchi, engil to‘ldiruvchi va kimyoviy qo‘shimcha ulushining beton strukturasiga ta’siri isbotlanganligi hamda ko‘pchitilgan vermikulit asosida engil beton ishlab chiqarish bo‘yicha amaliy tavsiyalar va texnologik sxema ishlab chiqilganligi xususidagi takliflar “ULTRA BETON” MChJ va Jizzax politexnika instituti “Qurilish materiallarini sinash” sinov laboratoriyasi tomonidan vermikulit asosida tayyorlangan engil beton namunalari turli harorat rejimlarida (20 °C dan 800 °C gacha) termik ta’sir ostida barqarorligini baholash joriy qilingan. (O‘zbekiston qurilish materiallari sanoati korxonalari uyushmasining 2025-yil 29-dekabrdagi 02/15-4401-son ma’lumotnomasi). Natijada sement massasiga nisbatan 55% vermikulit va 9% suyuq shisha qo‘shilgan optimal tarkibli beton namunalarining 28 kunlik siqilish mustahkamligi 2,6 MPa (B2 sinfi) ga teng bo‘lgan betonning engil konstruktiv va issiqlik izolyasion xususiyatlariga erishilgan.

 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish