Urunbaev Jasur Erkinovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i): Ko‘p komponentli muhitlarda kross-diffuziyaga ega jarayonlarni tadqiq qilish, 05.01.07 - Matematik modellashtirish. Sonli usullar va dasturlar majmui (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.DSc/T848.
Ilmiy maslahatchi: Raxmonov Zafar Ravshanovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, Ilmiy kengash raqami: Raqamli texnologiyalar va sunʼiy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.09/2025.27.12.T.02.01.M.
Rasmiy opponentlar: Aripov Mersaid Mirsiddikovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor; Xujaev Ismatulla Kushaevich, texnika fanlari doktori, professor; Eshmatov Baxtiyor Xasanovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.
Dissertatsiya yoʻnalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqot maqsadi ko‘p komponentli g‘ovak muhitlarda kross-diffuziyaga ega issiqlik va namlik ko‘chishi jarayonlarini tahlil qilish hamda bashoratlash uchun nochiziqli matematik modellarini, hisoblash algoritmlarini va muammoga yo‘naltirilgan dasturiy ta’minotni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
nochiziqli chegaraviy shartlar asosida kross-diffuziya effektlarini hisobga olgan holda ko‘p komponentli muhitlarda o‘zaro bog‘liq issiqlik va namlik ko‘chishining matematik modeli ishlab chiqilgan;
ikki karra nochiziqli diffuziya tenglamalar sistemalarini sonli echish uchun analitik asimptotik yoyilmalardan adaptiv boshlang‘ich yaqinlashish sifatida foydalanishga asoslangan modifikatsiyalangan iteratsion usul ishlab chiqilgan;
issiqlik va namlik ko‘chishi masalalarining global echimga ega bo‘lishining kritik ko‘rsatkichlari aniqlangan;
o‘zgaruvchan zichlikka ega sistemalar uchun issiqlik va namlik maydonlarining fazo-vaqt bo‘yicha o‘zgarishiga nisbatan ikki tomonlama analitik baholar olingan;
konservativ oshkormas ayirmali sxemalar usuliga asoslangan samarali hisoblash algoritmlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Ko‘p komponentli g‘ovak muhitlarda kross-diffuziyaga ega issiqlik va namlik ko‘chish jarayonlarini tahlil qilish hamda bashoratlash uchun ishlab chiqilgan matematik modellar, hisoblash algoritmlari va dasturiy ta’minot asosida:
kross-diffuziya sistemalarini sonli echish algoritmlari va dasturidan “Jomboy yashil chiroqlari” mas’uliyati cheklangan jamiyatida ilmiy tadqiqot natijalari va ishlab chiqilgan dasturiy ta’minotdan foydalanish sanoat amaliyotida sement pastasidagi issiqlik va namlik almashinuvini tavsiflash uchun kross-diffuziya tenglamalari sistemasiga asoslangan matematik modellardan foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining 2025-yil 22 oktyabrdagi 34-8/7652-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ishlab chiqilgan kross-diffuziya tenglamalari sistemasiga asoslangan matematik model va uni sonli echish algoritmlari sement pastasidagi issiqlik–namlik almashinuvining real fizik jarayonlarini ishonchli tarzda tavsiflash imkonini berdi;
ishlab chiqilgan kross-diffuziyaga ega issiqlik-namlik jarayoni tenglamalari sistemasiga asoslangan model orqali “U-Z Bunyodkor Groups” mas’uliyati cheklangan jamiyatida ilmiy tadqiqot natijalaridan foydalanish asosida qurilishda qo‘llaniladigan gazobeton (gazosilikat) bloklarni ishlab chiqarish jarayonida xom-ashyolarning miqdoriy qo‘shimchalari, ularning konsentratsiyasi va kimyoviy reaksiyaga kirishish jarayonlari o‘rtasida yuzaga keladigan kross-diffuziya hodisalari matematik modellar yordamida tavsiflangan (O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining 2025-yil 22 oktyabrdagi 34-8/7652-sonli ma’lumotnomasi). Natijada ishlab chiqarish jarayonida energiya va xomashyo sarfini kamaytirish, nuqsonli mahsulot ulushini qisqartirishga erishilgan;
ishlab chiqilgan matematik modellarni muvaffaqiyatli qo‘llash imkonini beruvchi boshlang‘ich yaqinlashish uchun asimptotik formulalar sonli algoritmlari asosida yaratilgan dasturiy majmua Samarqand viloyatidagi IT Park Samarqand filialida ilmiy tadqiqot natijalaridan foydalanish asosida yaratilgan matematik modellarni samarali sonli echish algoritmlari sinovdan o‘tkazilgan (O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining 2025-yil 22 oktyabrdagi 34-8/7652-sonli ma’lumotnomasi). Natijada ishlab chiqilgan matematik modellar, asimptotik formulalar va dasturiy vositalarning sanoat va ilmiy-amaliy muammolarni hal etishda yuqori samaradorligi tajribaviy sinovlar orqali asoslangan.