Bozarova Lutfiya Maxmudovnaning
falsafa doktori (PhD)dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qo‘shimcha sut bezining saraton oldi va saraton kasalligini tashxislash mezonlari va patologik anatomiyasi», 14.00.15 – Patologik anatomiya, 14.00.14 – Onkologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Tib4607.
Ilmiy rahbarlar: Nishanov Daniyar Anarbaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Alimxodjaeva Lola Tel`manovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat tibbiyot universiteti huzuridagi DSc.06/2025.27.12.Tib.01.03 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Xamidova Farida Muinovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Xadjaev Abduvoxid Valievich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Xoja Ahmad Yassaviy nomidagi kozok-turk xalkaro universiteti (Kozogiston Respublikasi).
II. Tadqiqotning maqsadi: morfologik, patologik-anatomik va immunogistokimyoviy tadqiqot usullarini kompleks qo‘llash asosida qo‘shimcha sut bezining invaziv saratoni rivojlanish xavfini morfologik tashhislashni takomillashtirish va baholash sifatini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor qo‘shimcha sut bezining intraepitelial neoplaziyasi va mikroinvaziv saratonida nekroz ko‘rsatkichlari miqdoriy baholanib, ularning gipoksiya, mikrotsirkulyasiya buzilishi va yuqori proliferativ faollik bilan bog‘liq holda invaziya boshlanishining morfologik substrati ekanligi isbotlangan;
ilk bor qo‘shimcha sut bezining turli shakldagi intraepitelial neoplaziyalariga xos morfologik belgilar tizimlashtirilib, yadro polimorfizmi, patologik mitozlar, nekroz, qutblanish buzilishi va arxitektonika asosida displaziya, yuqori va past differensiyalangan duktal karsinoma in situ hamda mikroinvaziv saraton uchun ishonchli differensial diagnostika mezonlari ishlab chiqilgan;
qo‘shimcha sut bezi neoplaziyalarining invaziv potensiali p53 va Ki-67 yuqori ekspressiyasi hamda Bcl-2 va gormon reseptorlari pasayishi orqali hujayra siklining nazoratdan chiqishi va apoptoz-proliferatsiya muvozanatining buzilishi bilan bog‘liq ekanligi morfologik va immunogistokimyoviy jihatdan isbotlangan;
ilk bor qo‘shimcha sut bezining saraton oldi va saraton kasalliklarida morfologik-immunogistokimyoviy profilning jarrohlik hajmi, postoperativ asoratlar, statsionar muddati va uzoq muddatli davolash natijalari bilan ishonchli bog‘liqligi aniqlanib, «agressiv» IGX fenotipning operatsiya hajmini kengaytirish, asoratlar xavfini oshirish va residiv rivojlanishini belgilovchi mustaqil klinik-prognostik omil ekanligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Qo‘shimcha sut bezining saraton oldi va saraton kasalligini tashhislash mezonlari va patologik anatomiyasini o‘rganish bo‘yicha tadqiqot natijalari asosida:
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor qo‘shimcha sut bezining intraepitelial neoplaziyasi va mikroinvaziv saratonida nekroz ko‘rsatkichlari miqdoriy baholanib, ularning gipoksiya, mikrotsirkulyasiya buzilishi va yuqori proliferativ faollik bilan bog‘liq holda invaziya boshlanishining morfologik substrati ekanligi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialining Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 28.04.2025 yilda 113-t-son bilan tasdiqlangan «Ayollarda qo‘shimcha sut bezining saraton oldi va saraton kasalliklarini tashxislash hamda bashorat qilishning klinik-morfologik mezonlari» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Andijon filiali bo‘yicha 02.05.2025 yildagi 194-son hamda markazning Namangan viloyat filiali bo‘yicha 03.05.2025 yildagi 202-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 22.09.2025 yildagi 25/17-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: p53 va Ki-67 yuqori ekspressiyasi hamda Bcl-2 pasayishiga asoslangan immunogistokimyoviy baholashni amaliyotga joriy etish qo‘shimcha sut bezi neoplaziyalarining biologik agressivligini erta bosqichda aniqlash, xavfli fenotipga ega bemorlarni ajratish, invaziv saratonga o‘tish xavfi yuqori bo‘lgan holatlarda kuzatuvni kuchaytirish va davolash taktikasini individuallashtirish imkonini beradi, bu esa kech tashhis, klinik progressiya va asoratlar chastotasini kamaytirish orqali bemorlarning hayot sifatini yaxshilashga xizmat qiladi. Iqtisodiy samaradorligi: p53, Ki-67 va Bcl-2 ekspressiya profiliga asoslangan immunogistokimyoviy baholash qo‘shimcha sut bezi neoplaziyalarining invaziv potensialini aniqlash, xavf guruhlarini shakllantirish va klinik qaror qabul qilish sifatini oshirish orqali asoratlar va kech tashhis holatlarini kamaytirish, bemorlarning hayot sifatini yaxshilash, statsionarda yotish muddatini o‘rtacha 2–3 kunga qisqartirish natijasida mazkur kasallikni statsionar sharoitida davolanish uchun sarflanadigan 3,5–5,5 mln so‘m mablag‘lar iqtisod qilinadi;
ikkinchi ilmiy yangilik: ilk bor qo‘shimcha sut bezining turli shakldagi intraepitelial neoplaziyalariga xos morfologik belgilar tizimlashtirilib, yadro polimorfizmi, patologik mitozlar, nekroz, qutblanish buzilishi va arxitektonika asosida displaziya, yuqori va past differensiyalangan duktal karsinoma in situ hamda mikroinvaziv saraton uchun ishonchli differensial diagnostika mezonlari ishlab chiqilganligi bo‘yicha takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialining Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 28.04.2025 yilda 113-t-son bilan tasdiqlangan «Ayollarda qo‘shimcha sut bezining saraton oldi va saraton kasalliklarini tashxislash hamda bashorat qilishning klinik-morfologik mezonlari» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Andijon filiali bo‘yicha 02.05.2025 yildagi 194-son hamda markazning Namangan viloyat filiali bo‘yicha 03.05.2025 yildagi 202-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 22.09.2025 yildagi 25/17-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: qo‘shimcha sut bezining intraepitelial neoplaziyalariga xos morfologik belgilarni tizimlashtirish va yadro polimorfizmi, patologik mitozlar, nekroz, hujayra qutblanishi hamda arxitektonikaga asoslangan ishonchli differensial tashhis mezonlarini amaliyotga joriy etish og‘ir displaziya bilan yuqori differensiyalangan duktal karsinoma in situ o‘rtasidagi diagnostik xatolarni kamaytirish, tashhis qo‘yishdagi sub’ektivlikni pasaytirish, klinik qaror qabul qilish aniqligini oshirish hamda bemorlarda asossiz kuzatuv yoki ortiqcha jarrohlik aralashuvlarining oldini olishga xizmat qiladi. Iqtisodiy samaradorligi: yuqori differensiyalangan duktal karsinoma in situ uchun ishlab chiqilgan morfologik differensial tashhis mezonlarini qo‘llash tashhis aniqligini oshirish, asossiz davolash va jarrohlik aralashuvlarini kamaytirish, bemorlarning hayot sifatini yaxshilash, statsionarda yotish muddatini o‘rtacha 1–2 kunga qisqartirish natijasida mazkur kasallikni statsionar sharoitida davolanish uchun sarflanadigan 2,5–4,0 mln so‘m mablag‘lar iqtisod qilinadi;
uchinchi ilmiy yangilik: qo‘shimcha sut bezi neoplaziyalarining invaziv potensiali p53 va Ki-67 yuqori ekspressiyasi hamda Bcl-2 va gormon reseptorlari pasayishi orqali hujayra siklining nazoratdan chiqishi va apoptoz-proliferatsiya muvozanatining buzilishi bilan bog‘liq ekanligi morfologik va immunogistokimyoviy jihatdan isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialining Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 28.04.2025 yilda 113-t-son bilan tasdiqlangan «Ayollarda qo‘shimcha sut bezining saraton oldi va saraton kasalliklarini tashxislash hamda bashorat qilishning klinik-morfologik mezonlari» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Andijon filiali bo‘yicha 02.05.2025 yildagi 194-son hamda markazning Namangan viloyat filiali bo‘yicha 03.05.2025 yildagi 202-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 22.09.2025 yildagi 25/17-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: qo‘shimcha sut bezi neoplaziyalarining invaziv potensialini baholovchi prognoz qiluvchi morfologik va immunogistokimyoviy ko‘rsatkichlar majmuasini (proliferatsiya, nekroz, qutblanish, ER, PR, p53, Ki-67, Bcl-2) kompleks panel sifatida amaliyotga joriy etish o‘smaning biologik agressivligini aniqroq baholash, xavf guruhlarini erta shakllantirish, individual kuzatuv va davolash taktikasini belgilash, mikroinvaziyaga o‘tish xavfini oldindan bashorat qilish hamda kasallik asoratlari va mahalliy residivlar chastotasini kamaytirishga xizmat qiladi. Iqtisodiy samaradorligi: qo‘shimcha sut bezi neoplaziyalarining invaziv potensialini baholovchi morfologik va immunogistokimyoviy kompleks panelni qo‘llash o‘smaning agressivligini aniq prognoz qilish, xavf guruhlarini shakllantirish, individual davolash taktikasini tanlash, mikroinvaziya va residivlar xavfini kamaytirish, gospitalizatsiya muddatini 1–2 kunga qisqartirish natijasida mazkur kasallikni statsionar sharoitida davolanish uchun sarflanadigan 3,0–5,0 mln so‘m mablag‘lar iqtisod qilinadi;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ilk bor qo‘shimcha sut bezining saraton oldi va saraton kasalliklarida morfologik-immunogistokimyoviy profilning jarrohlik hajmi, postoperativ asoratlar, statsionar muddati va uzoq muddatli davolash natijalari bilan ishonchli bog‘liqligi aniqlanib, «agressiv» IGX fenotipning operatsiya hajmini kengaytirish, asoratlar xavfini oshirish va residiv rivojlanishini belgilovchi mustaqil klinik-prognostik omil ekanligi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialining Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 28.04.2025 yilda 113-t-son bilan tasdiqlangan «Ayollarda qo‘shimcha sut bezining saraton oldi va saraton kasalliklarini tashxislash hamda bashorat qilishning klinik-morfologik mezonlari» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Andijon filiali bo‘yicha 02.05.2025 yildagi 194-son hamda markazning Namangan viloyat filiali bo‘yicha 03.05.2025 yildagi 202-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 22.09.2025 yildagi 25/17-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: qo‘shimcha sut bezi saratonining erta bosqichlarida mioepitelial qavat fragmentatsiyasi va stromal desmoplastik reaksiyaning bazal membrana degradatsiyasi va epitelial-stromal o‘zaro ta’sir buzilishi orqali invaziya uchun morfologik sharoit yaratishi haqidagi mezonlarni amaliyotga joriy etish mikroinvaziyani erta aniqlash, agressiv biologik xulq-atvorga moyil o‘smalarni xavf guruhiga kiritish, kuzatuv intervallarini individuallashtirish hamda davolash taktikasini o‘z vaqtida o‘zgartirish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: mioepitelial qavat fragmentatsiyasi va stromal desmoplaziyani invaziyaning erta morfologik mezonlari sifatida qo‘llash mikroinvaziyani o‘z vaqtida aniqlash, agressiv o‘smalarni erta saralash, davolash taktikasini individuallashtirish, kasallik og‘ir kechishining oldini olish, gospitalizatsiya muddatini 1–2 kunga qisqartirish natijasida mazkur kasallikni statsionar sharoitida davolanish uchun sarflanadigan 2,5–4,0 mln so‘m mablag‘lar iqtisod qilinadi.

 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish