Karyakina Liliya Mixaylovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): «Pianinochi-jo‘rnavoz bilan xonanda o‘rtasidagi ijodiy munosabat muammolari», 17.00.02–Musiqa san’ati (san’atshunoslik fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/San290.
Ilmiy rahbar: Galushenko Irina Georgievna, san’atshunoslik fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat konservatoriyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat konservatoriyasi, PhD.11/2025.27.12.San.01.01.
Rasmiy opponentlar: Xamidova Marfua Azizovna, san’atshunoslik fanlari doktori, professor; Ganieva Lola Muxsindjanovna, san’atshunoslik fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi birgalikdagi ijrochilik faoliyatining ijodiy jarayonida pianinochi-jo‘rnavozning vokalist bilan o‘zaro ta’sirini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
A.Shyonbergning “Kutish” va F. Yanov-Yanovskiyning “Akkompaniator” monooperalari asosida pianinochi-konsertmeysterning xonanda o‘rtasidagi o‘zaro ta’sirning uslubiy yondashuvlari ishlab chiqilib, ular badiiy mazmun, davr musiqiy uslubi, musiqiy-ifodaviy vositalar: registrlarni o‘zgartirishda oktavaga sakrashlardan foydalanish, ovoz va cholg‘ularning tovush balandligini yagona tonallikda to‘g‘ri taqsimlash qonuniyatlari sakrash ohanglarini samarali qo‘llash imkoniyatlarini ochib berishga qaratilganligi aniqlangan;
pianinochi-jo‘rnavozning vokal partiyasini oldindan ko‘ra bilish va ansambl ijrosidagi o‘zaro ta’sir mexanizmlarini bashorat qilish qobiliyati turli kompozision uslublarning o‘ziga xos xususiyatlarini tushunish, asarlarni metroritmik tashkil etish va vokalistning vokal tebranishlarini ifodali talaffuz qilish, har bir bo‘g‘inni talqin qilishda nafasdan oqilona foydalanish, musiqiy intervallar ohangining sofligi orqali namoyon bo‘ladigan audio-akustik tafakkur bilan chambarchas bog‘liqligi asoslangan;
S.Yudakovning “Kuylama, sohimjamol…” romansi misolida Evropa musiqasiga xos shakllanishning tipologik xususiyatlari klassik sakkiz taktli davriylik, kengaytirilgan davriylikdan musiqiy taraqqiyotning badiiy birligiga o‘tish belgilari, Sharq musiqasi uchun o‘zbek katta ashulasi va maqom kuylarining musiqiy tili, ohanglarining improvizatsion tabiati ochib berilgan;
“Oddiydan murakkabga” tamoyilini integratsiyalash, asar mazmunini ochib berish va badiiy-ijodiy tafakkurni shakllantirishga qaratilgan lad, ritmik va interval tuzilmalari asosida ta’lim jarayonida ijrochilik san’atining yangi jihatlarini ochib berish imkoniyatlari isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Pianinochi-jo‘rnavoz bilan xonanda o‘tasidagi ijodiy munosabat muammolari” tadqiqoti bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
A.Shyonbergning “Kutish” va F. Yanov-Yanovskiyning “Akkompaniator” monooperalari asosida pianinochi-konsertmeysterning xonanda o‘rtasidagi o‘zaro ta’sirning uslubiy yondashuvlari ishlab chiqilib, ular badiiy mazmun, davr musiqiy uslubi, musiqiy-ifodaviy vositalar: registrlarni o‘zgartirishda oktavaga sakrashlardan foydalanish, ovoz va cholg‘ularning tovush balandligini yagona tonallikda to‘g‘ri taqsimlash qonuniyatlari sakrash ohanglarini samarali qo‘llash imkoniyatlarini ochib berishga qaratilganligi O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi konsert zalida bo‘lib o‘tgan bastakor Rustam Abdullaevning yoshlar bilan “Musiqa bilan uchrashuv” ma’rifiy tadbiri doirasida ijrochilik integratsiyasining terminologik tushunchasi uchrashuv ssenariysida foydalanilgan (O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasining 2024-yil 17-sentyabrdagi 01-04/67-180-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur tadbir ishtirokchilar R.Abdullaevning “Hofiz Sheroziy so‘zlariga etti romans” turkumi mazmunini O‘zbekiston musiqa san’atining zamonaviy taraqqiyoti xususidagi yangi ma’lumotlarga ega bo‘lganlar;
pianinochi-jo‘rnavozning vokal partiyasini oldindan ko‘ra bilish va ansambl ijrosidagi o‘zaro ta’sir mexanizmlarini bashorat qilish qobiliyati turli kompozision uslublarning o‘ziga xos xususiyatlarini tushunish, asarlarni metroritmik tashkil etish va vokalistning vokal tebranishlarini ifodali talaffuz qilish, har bir bo‘g‘inni talqin qilishda nafasdan oqilona foydalanish, musiqiy intervallar ohangining sofligi orqali namoyon bo‘ladigan audio-akustik tafakkur bilan chambarchas bog‘liqligi 2024-yil 5-oktyabr kuni O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “Dunyo bo‘ylab” telekanalining “Yangi kun” teleko‘rsatuvi ssenariysida boshlovchilar Shahlo Pazletdinova va Xurshid O‘rinov tomonidan namoyish etilgan konsert sahnasida pianinochi-jo‘rnavoz va xonanda chiqishining o‘ziga xos xususiyatlari konsert ijrosining kutilishi bilan chuqur tahlil qilingan holda ochib berilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “Dunyo bo‘ylab” telekanalining 2024-yil 14-oktyabrdagi № 03-14-200-son ma’lumotnomasi). Natijada teletomoshabinlar va musiqa ixlosmandlariga pianinochi va xonanda hamkorligining yangi omillari taqdim etilgan;
S.Yudakovning “Kuylama, sohimjamol…” romansi misolida Evropa musiqasiga xos shakllanishning tipologik xususiyatlari klassik sakkiz taktli davriylik, kengaytirilgan davriylikdan musiqiy taraqqiyotning badiiy birligiga o‘tish belgilari, Sharq musiqasi uchun o‘zbek katta ashulasi va maqom kuylarining musiqiy tili, ohanglarining improvizatsion tabiati O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi konsert zalida bo‘lib o‘tgan bastakor Rustam Abdullaevning yoshlar bilan “Musiqa bilan uchrashuv” ma’rifiy tadbiri doirasida o‘tkazilgan ma’ruzada ochib berilgan (O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasining 2024-yil 17-sentyabrdagi 01-04/67-180-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur tadbir ishtirokchilari R. Abdullaevning “Hofiz Sheroziy so‘zlariga etti romans” turkumining mazmunini O‘zbekiston musiqa san’atining zamonaviy taraqqiyoti kontekstida anglaganlar;
“Oddiydan murakkabga” tamoyilini integratsiyalash, asar mazmunini ochib berish va badiiy-ijodiy tafakkurni shakllantirishga qaratilgan lad, ritmik va interval tuzilmalari asosida ta’lim jarayonida ijrochilik san’atining yangi jihatlarini ochib berish imkoniyatlari “O‘zbekiston 24” kanalidagi “Radio jurnal” radiodasturi ssenariysida romanslari bilan tanishtirish jarayonida taniqli qo‘shiqchilar va pianinochi-jo‘rnavozlar Nikolay Gedda – Eva Pataki, Galina Vishnevskaya – Mstislav Rostropovich, Sergey Lemeshev – Naum Valter, Joan Rojers – Malkolm Martino hamkorligidagi yozuvlardan foydalangan holda amalga oshirilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston 24” telekanalining 2024-yil 23-sentyabrdagi 03-09-475-son ma’lumotnomasi). Natijada pianinochi-jo‘rnavozning funksiyalari ishonarli va ishonchli tarzda, pianinochi bilan xonandaning o‘zaro ta’sir shakllari ochib berilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish