Chartakov Akramjon Kaxramonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Uglevod almashinuvi buzilishida surunkali buyrak kasalligi: tarqalishi, xavf omillar, erta tashxislash imkoniyatlari” 14.00.03 – Endokrinologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Tib4843.
Ilmiy rahbar: Yusupova Shaxnoza Kadirjanovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajargan muassasa nomi: Andijon davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat tibbiyot instituti, DSc.06/2025.27.12.Tib.02.03.
Rasmiy opponentlar: Xolikova Adliya Amonullaevna, tibbiyot fanlari doktori; Nosirova Xurshida Kudratullaevna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: uglevod almashinuvi buzilgan bemorlarda surunkali buyrak kasalligi rivojlanishining xavf omillarini o‘rganish va erta tashxislashda sistatin C ning diagnostik va prognostik ahamiyatini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
giperglikemiya, giperurikemiya, dislipidemiya va insulinorezistentlik prediabet va qandli diabet 2-turi yangi aniqlangan shaxslarda buyrak erta shikastlanishining mintaqaviy trigger omillari sifatida isbotlangan;
uglevod almashinuvi buzilgan bemorlarda buyrak shikastlanishining erta markeri sifatida albumin/kreatinin nisbati qiymatining sezilarli darajada oshishi ko‘rsatilgan va bu surunkali buyrak kasalligini klinikagacha bo‘lgan bosqichda tashxislash aniqlangan;
sistatin C ning diagnostik va prognostik ahamiyati buyrak funksiyasining an’anaviy markeri - kreatininga nisbatan 1,1 baravar yuqori ekanligi isbotlangan, shuningdek, uning koptokchalar fil`tratsiyasi tezligi va albumin/kreatinin nisbati bilan teskari korrelyasiyasi aniqlangan;
uglevod almashinuvi buzilgan bemorlarda surunkali buyrak kasalligini erta tashxislash algoritmi takomillashtirilgan va ilmiy asoslangan bo‘lib, bu kasallik rivojlanish xavfi yuqori bo‘lgan shaxslarda donozologik tashxis qo‘yish imkoniyati isbotlagan
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Uglevod almashinuvi buzilishda surunkali buyrak kasalligi: tarqalishi, xavf omillar, erta tashxislash imkoniyatlari bo‘yicha olib borilgan ilmiy-tadqiqot natijalari asosida: (O‘zbekiston Respublikasi SSV huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 16.02.2026y. 03/48-son xulosasi):
birinchi ilmiy yangilik: giperglikemiya, giperurikemiya, dislipidemiya va insulinorezistentlik prediabet va qandli diabet 2-turi yangi aniqlangan shaxslarda buyrak erta shikastlanishining mintaqaviy trigger omillari sifatida isbotlangan. Amaliyotga joriy qilinishi: Akademik Yo.X.To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Farg‘ona filialining (27.09.2025 y № 114-son) va akademik Yo.X.To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Namangan filialining (31.10.2025 yi № 163-son) buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: ushbu ilmiy yanglik prediabet va yangi aniqlangan 2-tur qandli diabet bilan og‘rigan bemorlarda buyraklarning erta shikastlanishining trigger omillari sifatida giperglikemiya, giperurikemiya, dislipidemiya va insulinrezistentlikni aniqlash klinikadan oldingi bosqichda surunkali buyrak kasalligi uchun yuqori xavf guruhlarini shakllantirish imkonini beradi. Bu patogenetik asoslangan terapiyani o‘z vaqtida tayinlashni, nefropatiya rivojlanishining oldini olishni va terminal surunkali buyrak kasalligi rivojlanish chastotasini kamaytirishni ta’minlaydi, bu esa bemorlarning hayot sifatini yaxshilaydi va nogironlik va o‘lim ko‘rsatgichini kamaytiradi. Iqtisodiy samaradorligi: uglevod almashinuvi buzilishi bilan og‘rigan bemorlarda surunkali buyrak kasalligi rivojlanish xavfini erta tashxislash gemodializ yoki buyrak transplantatsiyasi xarajatlarini tejashga yordam beradi. Shunday qilib, agar 2-tur qandli diabet va terminal surunkali buyrak kasalligi bilan og‘rigan bir bemorda gemodializning bir seansi narxi 300 dan 500 ming so‘mgacha bo‘lsa, bir yil davomida davolanish bemorga 14 million 400 ming so‘mdan 48 million so‘mgacha tushadi. Surunkali buyrak kasalligi 1-3 darajasi va 2-tur qandli diabet bilan og‘rigan bitta bemorni konservativ davolash narxi oyiga 500 ming so‘mdan 1 mln so‘mgacha, yiliga o‘rtacha 6 mln so‘mdan 12 mln so‘mgacha. Shunday qilib, bir bemorda yiliga 2 dan 36 mln so‘mgacha mablag‘ tejaladi.
ikkinchi ilmiy yangilik: uglevod almashinuvi buzilgan bemorlarda buyrak shikastlanishining erta markeri sifatida albumin/kreatinin nisbati qiymatining sezilarli darajada oshishi ko‘rsatilgan (r<0,001) va bu Surunkali buyrak kasalligini klinikagacha bo‘lgan bosqichda tashxislash imkonini bergan. Amaliyotga joriy qilinishi: Akademik Yo.X.To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Farg‘ona filialining (27.09.2025 y № 114-son) va akademik Yo.X.To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Namangan filialining 31.10.2025 yi № 163-son) buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: uglevod almashinuvi buzilishlarida buyrak zararlanishining erta markeri sifatida albumin/kreatinin nisbatining diagnostik ahamiyatini aniqlash Surunkali buyrak kasalligini klinik oldi bosqichida aniqlash imkonini beradi. Bu davolashni o‘z vaqtida boshlashga va og‘ir mikrotomir asoratlari, rivojlanish xavfini kamaytirishga yordam beradi, shu bilan bemorlarning uzoq muddatli prognozini yaxshilaydi. Iqtisodiy samaradorligi: 2-tur qandli diabet bilan og‘rigan bemorlarda Surunkali buyrak kasalligi xavf omillarini hisobga olish va tegishli dori-darmon terapiyasini o‘z vaqtida amalga oshirish boshqa qon tomir asoratlari diabetik retinopatiya, diabetik polineyropatiya rivojlanish xavfini kamaytiradi. Shunday qilib, agar Surunkali buyrak kasalligi va 2-tur qandli diabet bilan og‘rigan bemorlarning shifoxonadagi o‘rinlarining o‘rtacha kunlik narxi o‘rtacha 900 ming so‘mni tashkil etsa, boshqa qon tomir asoratlari mavjud bo‘lganda - u 1 million 800 ming so‘mni tashkil etadi, bu 2 baravar qimmat. Shunday qilib, klinikada o‘rtacha 10 kun davomida davolangan 1 bemor uchun 9 million so‘mgacha mablag‘ tejaldi.
uchinchi ilmiy yangilik: sistatin C ning diagnostik va prognostik ahamiyati buyrak funksiyasining an’anaviy markeri - kreatininga nisbatan 1,1 baravar yuqori ekanligi isbotlangan, shuningdek, uning koptokcha filtiratsiya tezligi va albumin/kreatinin nisbati bilan teskari korrelyasiyasi aniqlangan. Amaliyotga joriy qilinishi: Akademik Yo.X.To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Farg‘ona filialining (27.09.2025 y № 114-son) va akademik Yo.X.To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Namangan filialining (31.10.2025 y № 163-son) buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: kreatinga nisbatan sistatin C ning yuqori diagnostik va prognostik ahamiyati isbotlanganligi uglevod almashinuvi buzilgan bemorlarda buyrak faoliyatini baholash aniqligini oshirish imkonini beradi. Bu koptokchalar filtratsiyasi tezligi pasayishini erta aniqlash va o‘z vaqtida tibbiy aralashuvni ta’minlaydi, bu esa Surunkali buyrak kasalligi rivojlanishi xavfini kamaytiradi va klinik natijalarni yaxshilaydi. Iqtisodiy samaradorligi: Surunkali buyrak kasalligini o‘z vaqtida tashxislash va patogenetik asoslangan davolash me’yoriy biokimyoviy ko‘rsatkichlar bilan ambulator kuzatuvda har bir bemor uchun 4,0 mln so‘mdan 10 mln so‘mgacha tejash imkonini berdi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: uglevod almashinuvi buzilgan bemorlarda surunkali buyrak kasalligini erta tashxislash algoritmi takomillashtirilgan va ilmiy asoslangan bo‘lib, bu kasallik rivojlanish xavfi yuqori bo‘lgan shaxslarda donozologik tashxis qo‘yish imkonini asoslagan. Amaliyotga joriy qilinishi: Akademik Yo.X.To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Farg‘ona filialining (27.09.2025 y № 114-son) va akademik Yo.X.To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Namangan filialining (31.10.2025 y № 163-son) buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: Uglevod almashinuvi buzilishlari bo‘lgan bemorlarda Surunkali buyrak kasalligini erta tashxislashning takomillashtirilgan algoritmi xavf guruhiga kiruvchi bemorlarni nozologiyagacha tashxis qo‘yish va shaxsiy monitoringni ta’minlaydi. Bu populyasiyada profilaktika chora-tadbirlari samaradorligini oshirib, Surunkali buyrak kasalligi bilan kasallanish darajasini pasaytirishga va uning rivojlanishini sekinlashtirishga yordam beradi. Iqtisodiy samaradorligi: Iqtisodiy samara faqat bitta tahlil - sistatin C ni baholash orqali erishilishi mumkin bo‘lib, bu bemorga o‘rtacha 300 ming so‘mga tushadi. Shunday qilib, prediabetli surunkali buyrak kasalligi bilan og‘rigan bemorlar uchun o‘rtacha hisobda sistatin C ni har chorakda baholash imkoniyati yaratiladi, buning uchun yiliga 1 million 200 ming so‘mdan oshmagan mablag‘ talab etiladi. Bemor to‘g‘ri davolansa, faqat ushbu markerning baholanishi hisobiga, bir bemor uchun xarajatlarni tejash 5-7 million so‘mga etishi mumkin.