Rajabov Xamid Rashid o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ko‘z pterigiumining morfologiyasi, gistiokimyosi va immunogistokimyosi», 14.00.15 – Patologik anatomiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Tib2485
Ilmiy rahbar: Karimov Rasulbek Xasanovich, tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat tibbiyot universiteti, DSc.06/2025.27.12.Tib.01.03.
Rasmiy opponentlar: Xoshimov Bobur Luxmonovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Maxkamov Nosirjon Jo‘raevich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
II. Tadqiqotning maqsadi: pterigiumda kechadigan morfologik, gistokimyoviy va immunogistokimyoviy o‘zgarishlarni kompleks baholashda uning morfogenetik qonuniyatlari va qaytalanishining patogenetik xususiyatlarini ochishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ko‘z pterigiumi rivojlanishida ta’sir qiluvchi xavf omillarining jug‘rofiy xususiyatlari, klinik-anamnestik va instrumental tekshiruv ko‘rsatkichlari hamda ko‘z kon’yunktivasi biopsiya namunalaridagi morfologik o‘zgarishlarning yosh va jinsga bog‘liqligi isbotlangan;
pterigiumning turli morfologik variantlarida fibrovaskulyar to‘qimadagi fibroblastlar faolligining proliferativ turda eng yuqori, fibromatoz turda esa eng past darajada bo‘lishi, Van-Gizon usulida fuksinofil tolalarning fibromatoz turda ustunligi va Shiff reaksiyasida musbat tuzilmalarning proliferativ turda ko‘proq uchrashi morfologik va gistokimyoviy jihatdan asoslangan;
pterigiumning morfologik variantlarida fibrovaskulyar to‘qima komponentlarini baholashda CD31, CD34, VEGF va Ki-67 immunogistokimyoviy markerlari ekspressiyasi bilan Shiff reaksiyasi va Van-Gizon usuli natijalarining diagnostik ahamiyati isbotlangan;
pterigiumning proliferativ, fibromatoz va atrofik-sklerotik turlarini patomorfologik va gistokimyoviy tashxislash asosida fibromatoz turda dag‘al tolali biriktiruvchi to‘qima ulushining boshqa morfologik turlarga nisbatan eng yuqori ko‘rsatkichga ega ekanligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Ko‘z pterigium kasalligining morfologik, gistokimyoviy va immunogistokimyoviy xususiyatlarini baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: ko‘z pterigiumi rivojlanishida ta’sir qiluvchi xavf omillarining jug‘rofiy xususiyatlari, klinik-anamnestik va instrumental tekshiruv ko‘rsatkichlari hamda ko‘z kon’yunktivasi biopsiya namunalaridagi morfologik o‘zgarishlarning yosh va jinsga bog‘liqligi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Urganch davlat tibbiyot institutining muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 02.08.2025 yilda 63-son bilan tasdiqlangan «Ko‘z pterigium kasalligining immunogistokimyoviy xususiyatlari» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Xorazm viloyati patologik anatomiya ekspertiza byurosi bo‘yicha 01.04.2025 yildagi 31-son va Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Buxoro filiali bo‘yicha 31.05.2025 yildagi 43-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 03.02.2026 yildagi 02/46-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: pterigiumning yosh va jinsga bog‘liq klinik-anamnestik hamda biopsiya ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik aniqlanib, ushbu ko‘rsatkichlarni kompleks baholash asosida kasallikning klinik kechishi va morfologik xususiyatlarini bashortlash orqali kasallikni erta bosqichda tashxislash, xavf guruhlarini shakllantirish va ularni maqsadli nazorat qilish imkoniyatini berishi, pterigiumning og‘ir va qaytalanuvchi shakllarini oldini olish, davolash taktikasini individuallashtirish hamda bemorlarda ko‘rish faoliyatini saqlab qolish va hayot sifatini yaxshilash imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: mazkur kasallikni statsionar sharoitida davolanishi uchun sarflanadigan 1300000 so‘m byudjet mablag‘lari pterigiumning yosh va jinsga bog‘liq klinik-anamnestik hamda biopsiya ko‘rsatkichlarini kompleks baholash asosida kasallikni erta bosqichda aniqlash va xavf guruhlarini shakllantirish qo‘shimcha laborator va instrumental tekshiruvlar hamda takroriy jarrohlik amaliyotlariga ehtiyoj pasayishi hisobiga iqtisod qilinadi;
ikkinchi ilmiy yangilik: pterigiumning turli morfologik variantlarida fibrovaskulyar to‘qimadagi fibroblastlar faolligining proliferativ turda eng yuqori, fibromatoz turda esa eng past darajada bo‘lishi, Van-Gizon usulida fuksinofil tolalarning fibromatoz turda ustunligi va Shiff reaksiyasida musbat tuzilmalarning proliferativ turda ko‘proq uchrashi morfologik va gistokimyoviy jihatdan asoslanganligi bo‘yicha takliflar Urganch davlat tibbiyot institutining muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 02.08.2025 yilda 63-son bilan tasdiqlangan «Ko‘z pterigium kasalligining immunogistokimyoviy xususiyatlari» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Xorazm viloyati patologik anatomiya ekspertiza byurosi bo‘yicha 01.04.2025 yildagi 31-son va Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Buxoro filiali bo‘yicha 31.05.2025 yildagi 43-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 03.02.2026 yildagi 02/46-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: pterigiumning turli morfologik variantlarida fibroblastlar faolligini baholash orqali kasallikning biologik faolligi va progressiya darajasini aniqlash imkoniyatining kengayishi oqibatida proliferativ turda kasallikning yuqori faolligini erta bosqichda aniqlash va fibromatoz turda nisbatan barqaror kechishini baholash imkonini berishi, bemorlarni morfologik jihatdan to‘g‘ri stratifikatsiya qilish, yuqori xavf guruhlarini ajratib olish va ularni maqsadli kuzatuvga olish orqali, bu esa qaytalanishi holatlarini kamaytirish, davolash taktikasini individuallashtirish hamda ko‘rish faoliyatini saqlab qolish va bemorlar hayot sifatini yaxshilashga xizmat qildi. Iqtisodiy samaradorligi: mazkur kasallikni statsionar sharoitida davolanishi uchun sarflanadigan o‘rtacha 1350000-1400000 so‘m byudjet mablag‘lari klinik amaliyotda ortiqcha tashxislash, asossiz konservativ yoki jarrohlik muolajalarini qisqartirish, shuningdek asoratlar holatlarini kamaytirish, qo‘shimcha gistologik va instrumental tekshiruvlar hamda statsionarda yotish kunlari qisqarishi hisobiga iqtisod qilinadi; 
uchinchi ilmiy yangilik: pterigiumning morfologik variantlarida fibrovaskulyar to‘qima komponentlarini baholashda CD31, CD34, VEGF va Ki-67 immunogistokimyoviy markerlari ekspressiyasi bilan Shiff reaksiyasi va Van-Gizon usuli natijalarining diagnostik ahamiyati isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Urganch davlat tibbiyot institutining muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 02.08.2025 yildagi 63-son bilan tasdiqlangan «Ko‘z pterigium kasalligining immunogistokimyoviy xususiyatlari» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Xorazm viloyati patologik anatomiya ekspertiza byurosi bo‘yicha 01.04.2025 yilda 31-son va Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Buxoro filiali bo‘yicha 31.05.2025 yildagi 43-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 03.02.2026 yildagi 02/46-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: pterigiumning turli morfologik variantlarida gistokimyoviy usullar (Van-Gizon va Shiff reaksiyasi) natijalarini qiyosiy baholash orqali fibromatoz va proliferativ turlarni aniq differensial tashxislash imkoniyati kengaytiradi. Bu esa kasallikning morfologik xususiyatlarini chuqurroq baholash, uning klinik kechishini to‘g‘ri aniqlash va davolash taktikasini ilmiy asoslangan holda tanlash imkonini berdi. Natijada bemorlarni maqsadli kuzatuvga olish, qaytalanishiga moyil holatlarni erta aniqlash va asoratlarning oldini olishga erishilib, ko‘rish faoliyatini saqlab qolish hamda bemorlar hayot sifatini yaxshilash ta’minlandi. Iqtisodiy samaradorligi: mazkur kasallikni statsionar sharoitida davolanishi uchun sarflanadigan o‘rtacha 1400000-1500000 so‘m byudjet mablag‘lari klinik amaliyotda ortiqcha tashxislash, asossiz konservativ yoki jarrohlik muolajalarini qisqartirish, shuningdek asoratlar holatlarini kamaytirish, qo‘shimcha gistologik va instrumental tekshiruvlar hamda statsionarda yotish kunlari qisqarishi hisobiga iqtisod qilinadi;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: pterigiumning proliferativ, fibromatoz va atrofik-sklerotik turlarini patomorfologik va gistokimyoviy tashxislash asosida fibromatoz turda dag‘al tolali biriktiruvchi to‘qima ulushining boshqa morfologik turlarga nisbatan eng yuqori ko‘rsatkichga ega ekanligi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Urganch davlat tibbiyot institutining muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 02.08.2025 yilda 63-son bilan tasdiqlangan «Ko‘z pterigium kasalligining immunogistokimyoviy xususiyatlari» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Xorazm viloyati patologik anatomiya ekspertiza byurosi bo‘yicha 01.04.2025 yildagi 31-son va Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Buxoro filiali bo‘yicha 31.05.2025 yildagi 43-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 03.02.2026 yildagi 02/46-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: pterigiumning morfologik variantlarida CD31, CD34, VEGF va Ki-67 immunogistokimyoviy markerlari asosida fibrovaskulyar to‘qima tarkibini kompleks baholash imkoniyati kengaydi, bu esa angiogenez va hujayraviy proliferatsiya jarayonlarini aniq va ishonchli baholashga zamin yaratdi. Natijada kasallikning morfologik faollik darajasini aniqlash, qaytalanish xavfi yuqori bo‘lgan bemorlarni erta bosqichda aniqlash va ularni maqsadli monitoring qilish imkoniyati yaratildi. Bu esa davolash taktikasini individuallashtirish, asoratlar va qayta jarrohlik holatlarini kamaytirish, shuningdek ko‘rish funksiyasini saqlab qolish va bemorlar hayot sifatini yaxshilashga xizmat qildi. Iqtisodiy samaradorligi: mazkur kasallikni statsionar sharoitida davolanishi uchun sarflanadigan o‘rtacha 1700000-1900000 so‘m byudjet mablag‘lari klinik amaliyotda noto‘g‘ri baholash bilan bog‘liq takroriy jarrohlik amaliyotlari, asossiz davolash usullari hamda qayta-qayta diagnostik tekshiruvlar (gistologik va instrumental) sonini kamaytirish, qaytalanish holatlarining kamayishi hisobiga iqtisod qilinadi.

 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish