Ganijonov Polvonjon Hasanjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Dengiz cho‘chqalarida stressning oshqozon-ichak traktining morfofunksional parametrlariga ta’siri”, 03.00.08 - Odam va hayvonlar fiziologiyasi (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro’yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/B1329.
Ilmiy rahbar: Kuchkarova Lyubov Salijanovna, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Namangan davlat universiteti, PhD.03/2025.27.12.B.22.05.
Rasmiy opponentlar: Hoshimov Nozimjon Numonjonovich, biologiya fanlari doktori; Mamajonov Muxtorjon Muradulaevich, biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy-amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi dengiz cho‘chqalarida kimyoviy va immobilizatsion stress sharoitida oshqozon osti bezi hamda ingichka ichakning fermentativ faolligi, gistostrukturasi va qonning biokimyoviy ko‘rsatkichlarida yuzaga keladigan morfofunksional o‘zgarishlarni qiyosiy baholash hamda ularni kurkumin bilan korreksiyalash samaradorligini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ilk bor surunkali kimyoviy stress immobilizatsion stressga nisbatan pankreatik α-amilaza, enteral disaxaridazalar gidrolitik faolligining sezilarli darajada pasayishiga va qonning biokimyoviy gomeostazi buzilishiga olib kelishi aniqlangan;
ilk bor kimyoviy va immobilizatsion stress sharoitida kurkuminning uglevodlar bo‘shliq va membrana gidrolizida ishtirok etuvchi fermentlar faolligiga selektiv korreksiyalovchi ta’siri aniqlangan; bu ta’sir pankreatik α-amilaza, enteral maltaza va saxaraza faolligi hamda qonning biokimyoviy ko‘rsatkichlarining stress turiga bog‘liq holda differensial me’yorlashuvi bilan isbotlangan;
surunkali kimyoviy stressda oshqozon osti bezi va ingichka ichakning morfofunksional o‘zgarishlari hamda asinar apparatning gipertrofiyasi, ichak shilliq qavatining yallig‘lanish-destruktiv o‘zgarishlari hamda uglevodlarning bo‘shliq va membrana gidrolizi samaradorligining pasayishi bilan namoyon bo‘ladigan ovqat hazm qilish fermentativ jarayonlarining buzilishi o‘rtasidagi bog‘liqlik aniqlangan;
kurkuminning surunkali stress ta’sirida oshqozon osti bezi va ingichka ichakka morfoprotektor ta’sir ko‘rsatishi, yallig‘lanish-destruktiv o‘zgarishlarni kamaytirishi hamda bo‘shliq va membrana hazm jarayonlarini ta’minlovchi a’zolarning morfofunksional holatini tiklashi isbotlangan
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. OOB va IIch ning morfofunksional ko‘rsatkichlariga turli xil stress-omillarining ta’sirini o‘rganish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
dengiz cho‘chqalarida kimyoviy va immobilizatsion stress ta’sirida oshqozon osti bezi hamda ingichka ichakning morfofunksional holati, uglevodlar bo‘shliq va membrana gidrolizida ishtirok etuvchi fermentlar faolligi hamda qonning biokimyoviy ko‘rsatkichlarida yuzaga keladigan o‘zgarishlarga oid ma’lumot va xulosalar asosida 60910200 – “Davolash ishi” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha “Ovqat hazm qilish fiziologiyasi” nomli o‘quv qo‘llanma ishlab chiqilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 22-dekabrdagi 537235-sonli nashr etishga ruxsatnomasi). Natijada talabalarning ovqat hazm qilish tizimi fiziologiyasi, stress omillarining hazm a’zolari faoliyatiga ta’siri hamda ovqat hazm qilish jarayonlarining morfofunksional asoslari bo‘yicha nazariy bilimlarini boyitish va amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlash imkonini bergan;
kimyoviy va immobilizatsion stress sharoitida oshqozon osti bezi hamda ingichka ichakning fermentativ faolligi, gistostrukturasi va qonning biokimyoviy ko‘rsatkichlarida yuzaga keladigan o‘zgarishlar, shuningdek, ularni kurkumin yordamida korreksiyalash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida “Stress bilan bog‘liq oshqozon-ichak trakti kasalliklarini davolashda kurkumin qo‘llashning ahamiyatini baholash usullari” nomli uslubiy tavsiya ishlab chiqilgan va amaliyotda foydalanilgan (2025-yil 28-yanvardagi buyruq hamda Sog‘liqni saqlash vazirligi Ilmiy-texnik kengashining 2025-yil 8-apreldagi 000076-sonli xulosasi). Natijada stressga bog‘liq ovqat hazm qilish tizimi buzilishlarida kurkuminning korreksiyalovchi ta’sirini baholash hamda ushbu holatlarda ilmiy asoslangan yondashuvlarni amaliyotga tatbiq etish imkonini bergan.