Absattarov Saloxiddin Nuritdin o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Temir yo‘l transporti harakat tarkibi yuk vagonlari aravachalarining prujinalarini tayyorlash texnologiyasini takomillashtirish».
05.02.01– « Mashinasozlikda materialshunoslik. Quymachilik. Metallarga termik va bosim ostida ishlov berish. Qora, rangli va noyob metallar metallurgiyasi» (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.PhD/T6164.
Ilmiy rahbar: Tursunov Nodirjon Qayumjonovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat transport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti huzuridagi DSc.10/2025.27.12.T.01.04. raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Kurbanov Mirtemir Shodievich – texnika fanlari doktori, professor; Ermatov Ziyadulla Dosmatovich – texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat texnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: yuk vagonlari aravachalarining tashqi va ichki prujinalarini tayyorlash uchun qo‘llaniladigan 60S2XFA markali po‘latga termik ishlov berish texnologiyasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
60S2XFA markali po‘latning qattiqligi, mustahkamlik chegarasi va nisbiy cho‘zilish qiymatlarining o‘zgarishiga toblash va bo‘shatishni o‘z ichiga olgan termik ishlov berish rejimlarining ta’siri qonuniyatlari asoslangan.
legirlovchi elementlarning sekinlashtiruvchi ta’sirini hisobga olgan holda 60S2XFA markali po‘latdan tayyorlangan prujinalarga termik ishlov berishda po‘latning diffuzion jarayonlari mexanizmini tavsiflovchi matematik model ishlab chiqilgan.
60S2XFA markali po‘latdan tayyorlangan prujinalarning uglerodsizlangan qatlam qalinligi va sirt zonalari mikrostrukturasining shakllanishiga termik ishlov berishning harorat-vaqt parametrlarining ta’siri qonuniyatlari aniqlangan.
me’yoriy hujjatlar bilan reglamentlangan kompleks mexanik xossalarga erishishni ta’minlaydigan 55S2 va 60S2XFA markali po‘latlar uchun toblash muhitining harorat diapazoni aniqlangan.
60S2XFA markali po‘latning uglerodsizlangan qatlami chuqurligiga toblash uchun qizdirish haroratining ta’sirining nochiziqli xususiyati, shu jumladan uglerodsizlanishga to‘sqinlik qiladigan yuqori haroratlarda raqobatbardosh jarayon — kuyindi hosil bo‘lishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Temir yo‘l transporti harakat tarkibining yuk vagonlari aravachalari prujinalarini tayyorlash texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
60S2XFA markali po‘latdan tayyorlangan tashqi va ichki prujinalarga termik ishlov berish texnologiyasi «Quyuv-mexanika zavodi» AJda amaliyotga joriy etilgan («O‘zbekiston temir yo‘llari» AJning 2025 yil 24 dekabrdagi 4/E1889-sonli ma’lumotnomasi). Natijada uglerodsizlangan qatlam chuqurligini an’anaviy texnologiyaga nisbatan 25,0% ga kamaytirish, vaqtinchalik qarshilik ko‘rsatkichlarini 17,7% ga, qattiqlik ko‘rsatkichlarini 10,1% ga hamda siklik chidamlilik ko‘rsatkichlarini 23,6% ga oshirish imkonini bergan.
issiqlik jarayonlarining parametrlarini tavsiflovchi va prujinalarni qizdirish jarayonida harorat maydonlarining fazoviy taqsimotini aniqlash imkonini beruvchi issiqlik-texnik modeli «Quyuv-mexanika zavodi» AJda amaliyotga joriy etilgan («O‘zbekiston temir yo‘llari» AJning 2025 yil 24 dekabrdagi 4/E1889-sonli ma’lumotnomasi). Natijada ANSYS tipidagi SAE tizimlaridan foydalangan holda chekli elementlar usuli bo‘yicha modellashtirishni joriy etish orqali eksperimental tadqiqotlar xarajatlarini kamaytirish imkonini bergan.