Valieva Dilmira Shavkat qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i):
«Yuk vagoni aravachasi detalining parametrlarini matematik modellashtirish va optimallashtirish »,
05.02.02 – Mexanizmlar va mashinalar nazariyasi. Mashinashunoslik va mashina detallari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/T5921.
Ilmiy rahbar: Mamaev Sherali Ibroximovich, texnika fanlari falsafa doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat transport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami:
Toshkent davlat transport universiteti huzuridagi DSc.10/2025.27.12.T.01.04. raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martali Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Radjibaev Davran Oktambaevich- Toshkent davlat transport universiteti,texnika fanlari doktori, DSc, dotsent; Axmedov Azamat Xaitovich - Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti, kafedra mudiri, texnika fanlari doktori, DSc, dotsent
Yetakchi tashkilot: Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga ega.
II. Tadqiqotning maqsadi: yuk vagoni aravachasi ressor usti balkasi konstruksiyasini matematik modellashtirish orqali geometrik parametrlarini optimallashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
yuk vagonlari aravachasi ressor usti balkasi konstruksiyasining temir yo‘l izlari qiyalik darajasini inobatga olgan holda, qo‘shimcha statik va dinamik kuchlar ta’sirida, vujudga keladigan eng xavfli kesimlari va ularning geometrik parametrlari asoslangan;
yuk vagonlarining ressor usti balkasi konstruksiyasining xavfli kesimlarida vujudga keladigan kuchlanish va deformatsiya holatini bahalosh uchun Eyler–Bernulli nazariyasi, Grin funksiyasi, inersiya momenti va qarshilik momentilarini o‘zgaruvchan funksiyalarini inobatga olgan holda chekli elementlar modeli ishlab chiqilgan;
yuk vagonlarining ressor usti balkasi konstruksiyasi uchun ishlab chiqilgan modelini SolidWorks va Altair HyperWorks muhitlarida statik va dinamik tahlillari asosida xavfli kesimlarda yuzaga keladigan kuchlanishlarni, hamda geometrik parametrlarning optimal qiymatlari aniqlangan;
yaratilgan matematik model asosida yuk vagonlari ressor usti balkasi konstruksiyasi va uning xizmat muddatini uzaytirish konsepsiyasi takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Yuk vagonlari aravachasi ressor usti balkasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
takomillashtirilgan ressor usti balkasi konstruksiyasiinning tajribaviy nusxasi «Quyuv-mexanika zavodi» AJda amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2026-yil 22-yanvardagi 4/E105-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, 20GL markali po‘lat materialidan tayyorlangan takomillashtirilgan balka konstruksiyasining xavfli kesimlaridagi kuchlanishlar darajasi o‘rtacha 15÷25% ga kamaytirildi, konstruksiyaning mustahkamlik zaxirasi koeffisienti 20÷40% gacha oshirish imkonini bergan;
ichki qovurg‘ali ressor usti balkasini ishlab chiqish texnologiyasi «Quyuv-mexanika zavodi» AJda amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2026-yil 22-yanvardagi 4/E105-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, konstruksiyaning buzilishgacha bo‘lgan sikllarning o‘rtacha soni (5,0÷11,0)∙10^6 ga, vertikal va bo‘ylama kuchlanishlar ta’sirida konstruksiyaning mustahkamlik zahira koeffisientini 60% gacha oshirish imkonini bergan;
temir yo‘l xarakatlanuvchi tarkib yuk vagonlarining takomillashtirilgan konstruksiyasini ishlab chiqish texnologiyasi «Quyuv-mexanika zavodi» AJda amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2026-yil 22-yanvardagi 4/E105-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ressor usti konstruksiyasining o‘rtacha xizmat muddati 15 yil bo‘lib, ekslpuatatsiya davomida konstruksiyaning ehtimollik buzulishlar ko‘rsatgichi 10÷12 foizgacha kamaytirish imkonini bergan.