Mirzozoda Suhrob Begmatning
(DSc) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Cheklangan resurslar sharoitida yo‘l aktivlarini boshqarish tizimini asoslash”, 05.09.02 - “Geotexnika” (Yo‘llar, yo‘llarni raqamlashtirish va yo‘l harakati xavfsizligi. Yo‘l telematikasi yo‘nalishlari bo‘yicha) (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.2.DSc/T1054
Ilmiy rahbar: Sodiqov Jamshid Ibrohim o‘g‘li, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat transport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti, PhD.10/2025.27.12.T.01.05
Rasmiy opponentlar: Shoumarov Said Sanatovich - Toshkent davlat transport universiteti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori, texnika fanlari doktori, professor.Djabbarov Saidburxan Tulaganovich - Toshkent davlat transport universiteti, texnika fanlari doktori, professor. Abdunazarov Jamshid Nurmuxamatovich - Jizzax politexnika instituti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent arxitektura-qurilish universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: Texnika yo‘nalishi. Nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Tojikiston Respublikasi sharoitida cheklangan resurslar mavjud bo‘lgan holatda yo‘l aktivlarini boshqarish tizimi (SUDA)ni qo‘llashning nazariy asoslarini ishlab chiqish va asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yo‘l tarmog‘ini boshqarishning ko‘p darajali raqamli arxitekturasi yo‘l aktivlarini boshqarish tizimi (SUDA) ma’lumotlar, analitika, prognozlash va qaror qabul qilishni qo‘llab-quvvatlash integratsiyasining yadrosi sifatida hisobga olinib asoslab berilgan,
avtomobil yo‘llari sohasidagi funksiyalarni “hisobga olish → tahlil → rejalashtirish → amalga oshirish → nazorat” yopiq sikl ko‘rinishida dekompozisiya qiluvchi tizimli-jarayonli mexanizm ishlab chiqilgan.
cheklangan resurslar sharoitida yo‘l-ta’mirlash ishlarini rejalashtirish algoritmi ishlab chiqilgan
tog‘li hududlarda ekspluatatsiya sharoitlariga moslashtirilgan yo‘l tarmog‘i uchastkalarini ustuvorlik bo‘yicha baholash mezonlari tizimi taklif etilgan
byudjet cheklovlari sharoitida ta’mirlash dasturlarini tanlash bo‘yicha iqtisodiy-matematik model ishlab chiqilgan.
instrumental diagnostika natijalarini SUDAning yagona indikatorlariga aylantirish bo‘yicha metodik yondashuv ishlab chiqilgan
taklif etilgan modellar, algoritmlar va mezonlar Tojikiston Respublikasining Sug‘d viloyati va boshqa hududlaridagi yo‘llarda o‘tkazilgan dala tadqiqotlari asosida eksperimental sinovdan o‘tkazilib, ta’mirlashni rejalashtirish kichik tizimining davlat yo‘l siyosati doirasida amaliy qo‘llash imkoniyati asoslab berilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Cheklangan resurslar sharoitida yo‘l aktivlarini boshqarish tizimini asoslash bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
yo‘l tarmog‘ini boshqarishning raqamli modeli uchun ko‘p pog‘onali arxitektura asoslab berilgan bo‘lib, unda yo‘l aktivlarini boshqarish tizimi ma’lumotlarni integratsiya qilish, tahlil yuritish va boshqaruv qarorlarini qabul qilishning asosiy yadrosi sifatida belgilanib “Sug‘d viloyati avtomobil yo‘llari boshqarmasi” faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari Qo‘mitasining 2026 yil 3 apreldagi 03/15-1691-son ma’lumotnomasi, Tojikiston Respublikasi So‘g‘d viloyati Avtomobil yo‘llari xo‘jaligi boshqarmasining 2025 yil 30 iyundagi dalolatnomasi). Natijada, yo‘l infratuzilmasi holati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni muvaffaqiyatli birlashtirish va yagona axborot makonini yaratishga, real vaqt rejimida monitoring va tahlilni yaxshilashga, yo‘l tarmog‘ini boshqarish jarayonlarini raqamlashtirishni kuchaytirishga va boshqaruv qarorlarini qabul qilish, texnik xizmat ko‘rsatish, ta’mirlash va yo‘l ishlarini rejalashtirishda tezlik va aniqlikni oshirishga olib kelgan;
yo‘l xo‘jaligi sohasidagi funksiyalarni “hisobga olish - tahlil qilish - rejalashtirish - amalga oshirish - nazorat” ko‘rinishidagi yopiq sikl asosida dekompozisiya qiluvchi tizimli-protsessual mexanizm ishlab chiqilgan bo‘lib, u axborot-tahliliy oqimlar tuzilmasini hamda yo‘l aktivlarini raqamli shaklda ifodalashga qo‘yiladigan talablar belgilab berilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari Qo‘mitasining 2026 yil 3 apreldagi 03/15-1691-son ma’lumotnomasi, Tojikiston Respublikasi So‘g‘d viloyati Avtomobil yo‘llari xo‘jaligi boshqarmasining 2025 yil 30 iyundagi dalolatnomasi). Natijada yo‘l xo‘jaligini boshqarish jarayonlarining o‘zaro bog‘liqligi va uzviyligi ta’minlanib, yo‘l aktivlari bo‘yicha ma’lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash va boshqaruv qarorlarini qabul qilish samaradorligi oshirilgan;
cheklangan byudjet sharoitida yo‘l ta’mirlash ishlarini rejalashtirish algoritmi ishlab chiqilib, unda “ma’lumot - qaror - natija - tuzatish kiritish” tarzidagi majburiy qayta aloqa mexanizmi nazarda tutilgan. Algoritm variatsion optimallashtirish masalasini hal etishga qaratilgan 39 ta izchil bosqich shaklida batafsil ifodalangan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari Qo‘mitasining 2026 yil 3 apreldagi 03/15-1691-son ma’lumotnomasi). Natijada mavjud moliyaviy resurslardan foydalanish samaradorligi oshirilib, ta’mirlash ishlarini ustuvorlik asosida rejalashtirish hamda ajratilgan mablag‘lar hisobiga maksimal transport-ekspluatatsion samaraga erishish imkoniyati yaratilgan;
tog‘li hududlarda foydalanish sharoitlariga moslashtirilgan yo‘l uchastkalarini ustuvorlashtirish mezonlari tizimi taklif etilgan bo‘lib, u texnik holat ko‘rsatkichlari, xavf omillari hamda transport ahamiyatini yagona yondashuv asosida birlashtirilib natijalar “Sug‘d viloyati avtomobil yo‘llari boshqarmasi” faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari Qo‘mitasining 2026 yil 3 apreldagi 03/15-1691-son ma’lumotnomasi, Tojikiston Respublikasi So‘g‘d viloyati Avtomobil yo‘llari xo‘jaligi boshqarmasining 2025 yil 30 iyundagi dalolatnomasi). Natijada tog‘li hududlardagi avtomobil yo‘llarining texnik holatini baholash aniqligi oshirilib, ta’mirlash va rekonstruksiya ishlarini amalga oshirishda xavfsizlik hamda iqtisodiy samaradorlik mezonlarini kompleks hisobga olish imkoniyati yaratilgan;
byudjet cheklovlari va ko‘p mezonlilik sharoitida ta’mirlash dasturlarini optimallashtirishga oid iqtisodiy-matematik model ishlab chiqilgan bo‘lib, unda ssenariy asosida baholash va ishlar dasturini tanlash tartiblari nazarda tutilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari Qo‘mitasining 2026 yil 3 apreldagi 03/15-1691-son ma’lumotnomasi). Natijada turli moliyalashtirish ssenariylari bo‘yicha ta’mirlash dasturlarining samaradorligini oldindan baholash hamda yo‘l tarmog‘ining umumiy holatini yaxshilashga qaratilgan eng maqbul boshqaruv qarorlarini qabul qilish imkoniyati yaratilgan;
instrumental diagnostika natijalarini yo‘l aktivlarini boshqarish tizimi uchun unifikatsiyalashgan indikatorlarga aylantirish va kalibrlash bo‘yicha ishlab chiqilgan uslubiy yondashuvlar “Toshkent davlat transport universiteti” va “Akademik M.S. Osimi nomidagi Tojikiston texnika universitetida” joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari Qo‘mitasining 2026 yil 3 apreldagi 03/15-1691-son ma’lumotnomasi, Akademik M.S. Osimi nomidagi Tojikiston texnika universitetining 2026 yil 8 yanvardagi dalolatnomasi). Natijada turli diagnostika usullaridan olingan ma’lumotlarning o‘zaro mosligi va taqqoslanuvchanligi ta’minlanib, yo‘l aktivlari holatini monitoring qilish va boshqarish jarayonlarining ishonchliligi oshirilgan;
-taklif etilgan modelllar, algoritmlar va mezonlar Tojikiston Respublikasining So‘g‘d viloyati hamda boshqa hududlaridagi avtomobil yo‘llarida o‘tkazilgan dala tadqiqotlari materiallari asosida eksperimental aprobatsiyadan o‘tkazilgan hamda yo‘l ta’mirini rejalashtirish quyi tizimining davlat yo‘l siyosati vazifalarini hal etishdagi amaliy qo‘llash imkoniyati asoslangan hamda natijalar “Sug‘d viloyati avtomobil yo‘llari boshqarmasi” faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari Qo‘mitasining 2026 yil 3 apreldagi 03/15-1691-son ma’lumotnomasi, Tojikiston Respublikasi So‘g‘d viloyati Avtomobil yo‘llari xo‘jaligi boshqarmasining 2025 yil 30 iyundagi dalolatnomasi). Natijada ishlab chiqilgan ilmiy-uslubiy echimlarning amaliy qo‘llashga yaroqliligi tasdiqlanib, yo‘l xo‘jaligida resurslardan foydalanish samaradorligini oshirish hamda yo‘l tarmog‘ining transport-ekspluatatsion holatini yaxshilash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan.