Durdiev Xurshid Davronbek o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy maʼlumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Urbanizatsiya jarayonini hisobga olgan holda shahar ko‘cha-yo‘l tarmog‘ini rejalashtirish tamoyillari (Urganch shahri misolida), 05.09.02 —“Geotexnika” (Yo‘llar, yo‘llarni raqamlashtirish va yo‘l harakati xavfsizligi. Yo‘l telematikasi yo‘nalishlari bo‘yicha) (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.PhD/T5755
Ilmiy rahbar: Urokov Aslidin Xushvaktovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat transport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti, PhD.10/2025.27.12.T.01.05
Rasmiy opponentlar: Xotamov Asadulla Toshtemirovich – Toshkent arxitektura-qurilish universiteti, “Shahar infratuzilmasi” kafedrasi mudiri, texnika fanlari doktori, professor; Musulmanov Kuvonchbek Nasrullaevich – Toshkent davlat transport universiteti, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: Texnika yo‘nalishi. Nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Urbanizatsiya jarayonini, aholi va avtomobillar sonining oshib borishini hisobga olgan holda shahar ko‘cha-yo‘l tarmog‘ini rejalashtirish tamoyilini takomillashtirish va avtomobillarni manzilga etib borish imkoniyatini oshirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
shahar ko‘cha-yo‘l tarmog‘ida transport oqimining holatini tadqiq qilish natijasida harakat tezligiga harakat jadalligining va transport oqimi zichligining ta’siri o‘rganildi, shuningdek, harakat jadalligi va harakat tezligining hamda transport oqimi zichligi va harakat tezligining o‘zaro bog‘liqlik qonuniyatlari aniqlangan.
urbanizatsiya jarayoni, aholi va transport vositalari sonining yillik o‘sish sur’atini hisobga olgan holda hamda yo‘l tarmog‘i zichligini fazoviy tahlil qilish asosida shahar hududining kengayish tezligini aniqlash modelining konseptual blok-sxemasi ishlab chiqilgan;
shahar hududining kengayish tezligini aniqlash modelining konseptual blok-sxemasiga, ma’lumotlarni taxliliy qayta ishlash va ekonometriyaga asoslanib modellashtirish, kodlash, regressiya tahlili hamda xatoliklarni tekshirish orqali shahar hududining kengayish tezligini aniqlashning ko‘p o‘zgaruvchili logarifmik regressiya modelining matematik ifodasi aniqlangan;
urbanizatsiya jarayoni, aholi va transport vositalari sonining o‘sish sur’ati va yo‘l tarmog‘i zichligini fazoviy tahlil qilish orqali shahar hududining kengayish tezligini aniqlashning ko‘p o‘zgaruvchili logarifmik regressiya modeli asosida yo‘l tarmog‘i zichligini aniqlashning matematik ifodasi ishlab chiqilgan;
jadal urbanizatsiya jarayonini, aholi va transport vositalari sonini o‘sib borishini hamda shahar hududini kengayib borish tezligini hisobga olgan holda shahar ko‘cha-yo‘l tarmog‘ini rejalashtirish tamoyili takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Urbanizatsiya jarayonini hisobga olgan holda shahar ko‘cha-yo‘l tarmog‘ini rejalashtirish tamoyillari (Urganch shahri misolida) mavzusida bajarilgan tadqiqot natijalari asosida:
shahar ko‘cha-yo‘l tarmog‘ida transport oqimining holatini tadqiq qilish natijasida harakat tezligiga harakat jadalligining va transport oqimi zichligining ta’siri o‘rganildi, shuningdek, harakat jadalligi va harakat tezligining hamda transport oqimi zichligi va harakat tezligining o‘zaro bog‘liqlik qonuniyatlari aniqlandi. Aniqlangan qonuniyatlarda determinatsiya koeffisientlari 0,89-0,96 oralig‘idagi ko‘rsatkichlarni tashkil qilganligi bo‘yicha ilmiy yangilik Urganch shahar hokimiyati huzuridagi Urganch shahar obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari Qo‘mitasining 2026-yil 27-apreldagi 03/10-2143/2-son ma’lumotnomasi, Xorazm viloyati Urganch shahar hokimligining 2026-yil 1-maydagi 123-son dalolatnomasi). Natijada, Urganch shahar ko‘cha-yo‘l tarmog‘ida transport oqimining 85% ta’minlanganlik harakat tezligini 8,7 km/soatga oshirishga erishilgan;
urbanizatsiya jarayoni, aholi va transport vositalari sonining yillik o‘sish sur’atini hisobga olgan holda hamda yo‘l tarmog‘i zichligini fazoviy tahlil qilish asosida shahar hududining kengayish tezligini aniqlash modelining konseptual blok-sxemasi ishlab chiqilganligi bo‘yicha ilmiy yangilik Urganch shahar hokimiyati huzuridagi Urganch shahar obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari Qo‘mitasining 2026-yil 27-apreldagi 03/10-2143/2-son ma’lumotnomasi, Xorazm viloyati Urganch shahar hokimligining 2026-yil 1-maydagi 123-son dalolatnomasi). Natijada, Urganch shahar ko‘cha-yo‘l tarmog‘ini istiqbolli rejalashtirish tashkil qilingan hamda shahar hududida transport ishining samaradorligini 24% oshirishga erishilgan;
shahar hududining kengayish tezligini aniqlash modelining konseptual blok-sxemasiga asoslanib, “Statistica” va eViews dasturlaridan foydalanib modellashtirish, kodlash, regressiya tahlili hamda JavaScript dasturida xatoliklarni tekshirish orqali shahar hududining kengayish tezligini aniqlashning ko‘p o‘zgaruvchili logarifmik regressiya modelining matematik ifodasi aniqlanganligi bo‘yicha ilmiy yangilik Urganch shahar hokimiyati huzuridagi Urganch shahar obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari Qo‘mitasining 2026-yil 27-apreldagi 03/10-2143/2-son ma’lumotnomasi, Xorazm viloyati Urganch shahar hokimligining 2026-yil 1-maydagi 123-son dalolatnomasi). Natijada, Urganch shahar yo‘l-transport infratuzilmalari yaxshilangan, shahar transporti ishi samaradorligi 40% ga oshirishga erishilgan;
urbanizatsiya jarayoni, aholi va transport vositalari sonining o‘sish sur’ati va yo‘l tarmog‘i zichligini fazoviy tahlil qilish orqali shahar hududining kengayish tezligini aniqlashning ko‘p o‘zgaruvchili logarifmik regressiya modeli asosida yo‘l tarmog‘i zichligini aniqlashning matematik ifodasi ishlab chiqilganligi bo‘yicha ilmiy yangilik Urganch shahar hokimiyati huzuridagi Urganch shahar obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari Qo‘mitasining 2026-yil 27-apreldagi 03/10-2143/2-son ma’lumotnomasi, Xorazm viloyati Urganch shahar hokimligining 2026-yil 1-maydagi 123-son dalolatnomasi). Natijada, Urganch shahar yo‘l-transport infratuzilmalari yaxshilangan, shahar ko‘cha-yo‘l tarmog‘ining real vaqtda va istiqbolda talab qilinadigan uzunligi aniqlangan;
jadal urbanizatsiya jarayonini, aholi va transport vositalari sonini o‘sib borishini hamda shahar hududini kengayib borish tezligini hisobga olgan holda shahar ko‘cha-yo‘l tarmog‘ini rejalashtirish tamoyili takomillashtirilganligi bo‘yicha ilmiy yangilik Urganch shahar hokimiyati huzuridagi Urganch shahar obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari Qo‘mitasining 2026-yil 27-apreldagi 03/10-2143/2-son ma’lumotnomasi, Xorazm viloyati Urganch shahar hokimligining 2026-yil 1-maydagi 123-son dalolatnomasi). Natijada, Urganch shahar ko‘cha-yo‘l tarmog‘ining va shahar transport infratuzilmalarining yangilangan loyihasi ishlab chiqilgan bo‘lib, bu bilan shahar hududida manzilga etib borish imkoniyati oshirilgan va vaqtini 20 daqiqaga qisqartirishga erishilgan.