Samandarov Erkaboy Karimboevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “O‘quvchilarni psixologik holati va bilim darajasini bashoratlash hamda boshqarish algoritmlari”, 05.01.11 – “Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/T5809
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Muxamedieva Dilnoz Tulkunovna, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti va “TIQXMMI” MTU qoshidagi Fundamental va amaliy tadqiqotlar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti, DSc.03/26.05.2022.T.10.05.
Rasmiy opponentlar: Raximov Nodir Odilovich, texnika fanlari doktori, dotsent; Nurimov Paraxat Baymuratovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mashinali o‘qitish algoritmlardan foydalanib, maktab o‘quvchilarini bilim darajasini sinflarga ajratish va bashorat qilish hamda psixologik holatidagi depressiya darajasini bashorat qiluvchi algoritmlarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
o‘quvchilarni yosh xususiyatlarini inobatga olgan holda ularni matematika fanidan bilim darajasini aniqlash algoritmi ishlab chiqilgan;
o‘quvchilarni bilim darajasi, qobiliyati va adaptiv ko‘rsatkichlari asosida o‘quvchini sinfga moslik darajasini aniqlash qoidasi ishlab chiqilgan;
o‘quvchilarni psixometrik ko‘rsatkichlarini inobatga olgan holda ularni psixologik holatini bashoratlash algoritmi ishlab chiqilgan;
o‘quvchilarni psixologik holati va bilim darajasini inobatga olgan holda psixologik holatini bashoratlash va bilim darajasini boshqarish gibrid neyron tarmoq modeli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: O‘quvchilarni psixologik holati va bilim darajasini bashoratlash hamda boshqarish bilan bog‘liq bo‘lgan mavjud hamda taklif etilgan model va algoritmlar yordamida ishlab chiqilgan dasturiy majmua:
O‘quvchilarni psixologik holati va bilim darajasini bashoratlash hamda boshqarish algoritmlari asosida ishlab chiqilgan dasturiy majmua Xorazm viloyati Hazorasp tumanidagi 16-son umumiy o‘rta ta’lim maktabiga joriy qilingan (Xorazm viloyati hokimligining 2025-yil 30-oktyabrdagi 23-23-09/11069-son ma’lumotnomasi). Natijada, ta’limda ma’lumotlarni intellektual tahlil qilish usullari asosida yaratilgan ta’lim platformasi sinov-tajriba rejimida inson faktorini kamaytirgan holatda mashinali o‘qitishga asoslangan ta’lim platformasining dasturiy vositasi ishlab chiqildi. Mazkur dasturiy vosita maktab o‘quvchilarini matematika fanidan bilim darajasini bashorat qilish va psixologik holatidagi depressiya darajasini bashorat qilishni amalga oshirdi. Mazkur ishlab chiqilgan algoritm maktab o‘quvchilarini bilim darajasini o‘rtacha 10-13% oshirish imkoniyatini bergan;
O‘quvchilarni psixologik holati va bilim darajasini bashoratlash hamda boshqarish algoritmlari asosida ishlab chiqilgan dasturiy majmua Xorazm viloyati Hazorasp tumanidagi 31-son umumiy o‘rta ta’lim maktabiga joriy qilingan (Xorazm viloyati hokimligining 2025-yil 30-oktyabrdagi 23-23-09/11069-son ma’lumotnomasi). Natijada, ta’limda ma’lumotlarni intellektual tahlil qilish usullari asosida yaratilgan ta’lim platformasi sinov-tajriba rejimida inson faktorini kamaytirgan holatda mashinali o‘qitishga asoslangan ta’lim platformasining dasturiy vositasi ishlab chiqildi. Mazkur dasturiy vosita maktab o‘quvchilarini matematika fanidan bilim darajasini bashorat qilish va psixologik holatidagi depressiya darajasini bashorat qilishni amalga oshirdi. Mazkur ishlab chiqilgan algoritm maktab o‘quvchilarini bilim darajasini o‘rtacha 9-12% oshirish imkoniyatini bergan;
O‘quvchilarni psixologik holati va bilim darajasini bashoratlash hamda boshqarish algoritmlari asosida ishlab chiqilgan dasturiy majmua Xorazm viloyati Hazorasp tumanidagi 33-son umumiy o‘rta ta’lim maktabiga joriy qilingan (Xorazm viloyati hokimligining 2025-yil 30-oktyabrdagi 23-23-09/11069-son ma’lumotnomasi). Natijada, ta’limda ma’lumotlarni intellektual tahlil qilish usullari asosida yaratilgan ta’lim platformasi sinov-tajriba rejimida inson faktorini kamaytirgan holatda mashinali o‘qitishga asoslangan ta’lim platformasining dasturiy vositasi ishlab chiqildi. Mazkur dasturiy vosita maktab o‘quvchilarini matematika fanidan bilim darajasini bashorat qilish va psixologik holatidagi depressiya darajasini bashorat qilishni amalga oshirdi. Mazkur ishlab chiqilgan algoritm maktab o‘quvchilarini bilim darajasini o‘rtacha 10-15% oshirish imkoniyatini bergan;
O‘quvchilarni psixologik holati va bilim darajasini bashoratlash hamda boshqarish algoritmlari asosida ishlab chiqilgan dasturiy majmua Xorazm viloyati Hazorasp tumanidagi “UPPERMOST” nodavlat ta’lim muassasasiga joriy qilingan (Xorazm viloyati hokimligining 2025-yil 30-oktyabrdagi 23-23-09/11069-son ma’lumotnomasi). Natijada, ta’limda ma’lumotlarni intellektual tahlil qilish usullari asosida yaratilgan ta’lim platformasi sinov-tajriba rejimida inson faktorini kamaytirgan holatda mashinali o‘qitishga asoslangan ta’lim platformasining dasturiy vositasi ishlab chiqildi. Mazkur dasturiy vosita maktab o‘quvchilarini matematika fanidan bilim darajasini bashorat qilish va psixologik holatidagi depressiya darajasini bashorat qilishni amalga oshirdi. Mazkur ishlab chiqilgan algoritm maktab o‘quvchilarini bilim darajasini o‘rtacha 11-13% oshirish imkoniyatini bergan;
O‘quvchilarni psixologik holati va bilim darajasini bashoratlash hamda boshqarish algoritmlari asosida ishlab chiqilgan dasturiy majmua Xorazm viloyati Bog‘ot tumanidagi 33-son umumiy o‘rta ta’lim maktabiga joriy qilingan (Xorazm viloyati hokimligining 2025-yil 30-oktyabrdagi 23-23-09/11069-son ma’lumotnomasi). Natijada, ta’limda ma’lumotlarni intellektual tahlil qilish usullari asosida yaratilgan ta’lim platformasi sinov-tajriba rejimida inson faktorini kamaytirgan holatda mashinali o‘qitishga asoslangan ta’lim platformasining dasturiy vositasi ishlab chiqildi. Mazkur dasturiy vosita maktab o‘quvchilarini matematika fanidan bilim darajasini bashorat qilish va psixologik holatidagi depressiya darajasini bashorat qilishni amalga oshirdi. Mazkur ishlab chiqilgan algoritm maktab o‘quvchilarini bilim darajasini o‘rtacha 11-13% oshirish imkoniyatini bergan.