Sulaymonova Zilola Abduraxmonovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmogʼi nomi): «Ferrotsen tutgan organik ligandlar asosida ayrim oraliq metallarning kompleks birikmalari sintezi va tadqiqoti», 02.00.01 – Noorganik kimyo (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.DSc/K210.
Ilmiy maslahatchi: Umarov Bako Bafoevich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.K/T.12.05.
Rasmiy opponentlar: Daminova Shaxlo Sharipovna, kimyo fanlari doktori, professor; Kadirova Zuxra Chingizovna, kimyo fanlari doktori, professor; Tashpo‘latov Xutshid Shukurovich, kimyo fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: monoatsetilferrotsen va ferrotsenoilatseton asosida yangi gidrazon va digidrazon ligandlarni sintez qilish, ular asosida Co(II), Ni(II), Cu(II), Zn(II) va Cd(II) ionlari bilan metall komplekslarini olish hamda ularning tuzilishi va fizik-kimyoviy xossalarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
monoatsetilferrotsen va ferrotsenoilatseton asosida gidrazonlar olish usullari ishlab chiqilgan va ular asosida 17 ta yangi organik ligand sintez qilingan;
yangi ligandlar asosida Co(II), Ni(II), Cu(II), Zn(II) va Cd(II) ionlarining qator kompleks birikmalari sintez qilingan va ularning tuzilishi zamonaviy fizik-kimyoviy tadqiqot usullari yordamida isbotlangan;
ferrotsen hosilalaridan olingan gidrazon va digidrazon ligandlari hamda ularning ayrim oraliq metall komplekslarida optik o‘tishlarning (π–π*, n–π*, d–d* o‘tishlar, LMCT, MLCT) xususiyatlari aniqlangan;
ligand tabiatini va metall ionlarini [Co(II), Ni(II), Cu(II), Zn(II), Cd(II)] o‘zgartirish orqali komplekslarning spektral sezgirligi va optik diapazonini boshqarish mumkinligi, olingan kompleks birikmalarning xromoforlari d–π tipiga mansubligi aniqlangan va tor sohali yarimo‘tkazgich xossaga egaligi isbotlangan;
ferrotsen hosilalari asosidagi ligand va kompleks birikmalar qiyosiy termik tahlil qilinib, ularning barqarorligiga metall ionlari tabiati, ligandning xelatlash darajasi va Fc fragmentining ishtiroki hal qiluvchi ta’sir ko‘rsatishi aniqlangan;
FML-1, FFL-6, FFL-7 va FDL-3 ligandlari og‘ir metall ionlarini [Co(II), Ni(II), Cu(II), Zn(II), Cd(II)] cho‘ktirishda yuqori samaradorlik ko‘rsatgan va oqava suvlardan og‘ir metall ionlarini ajratib olingan;
tarkibida Co(II), Ni(II), Cu(II) ionlari bo‘lgan ayrim komplekslarning yuqori biofaolligi hamda ularning 3∙10⁻³ M li eritmalari samarali dezinfeksiyalovchi xossalarga egaligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ferrotsen tutgan karbonil birikmalar bilan yangi kompleks birikmalar sintezi, tarkibi, tuzilishi, fizik-kimyoviy va biofaollik xossalarini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
NL5 liganddan olingan RTT natijalari Kembridj kristall tuzilish ma’lumotlar bazasiga kiritilgan (Cambridge Crystal Structure Database) (CCDC №2488914). Natijada, o‘xshash ligandlarni sintez qilish va ularning tuzilishini to‘g‘ri tavsiflash imkonini beradi;
yuqori koordinatsion xususiyatiga ega bo‘lgan ligandlar Navoiy kon-metallurgiya kombinati OAJ da oqava suvlarni tozalash uchun amaliyotga joriy etilgan (Navoiy kon-metallurgiya kombinati OAJning 2025 yil 29 iyuldagi 23/01-01-07/529-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, oqava suv namunalari tarkibida mavjud Mn(II), Ni(II), Cu(II), Zn(II) va Cd(II) ionlarini cho‘ktirish orqali sanoat oqava suvlarini tozalash imkonini bergan;
ferrotsentutgan gidrazonlar asosida sintez qilingan Cu(II), Ni(II) va Co(II) komplekslari yuqori antimikrob faolligi tufayli “GUFIK-AVICENNA” MChJ O‘zbek–Hind qo‘shma korxonasida dezinfeksiyalash vositalariga qo‘shimcha komponent sifatida amaliyotga joriy qilingan (“GUFIK-AVICENNA” MChJ O‘zbek–Hind qo‘shma korxonasining 2025 yil 14 iyuldagi 45-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, dezinfeksiyalash vositalarining antimikrob faolligini oshirish imkonini bergan.