Abdulaxadova Gulnora Sherali qizining  
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Sut achituvchi bakteriyalarning kandidozga qarshi xususiyatlari», 03.00.04 - Mikrobiologiya va virusologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/V1367.
Ilmiy rahbar: Zuxritdinova Nigora Yuldashevna, biologiya fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim 
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Mikrobiologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Mikrobiologiya instituti, DSc.05/2025.27.12.B.21.01. 
Rasmiy opponentlar: Mamatqulov Ibroxim Xomidovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Xaldarbekova Guljaxon Zafar qizi, biologiya fanlari falsafa fanlari doktori (PhD), dotsent.  
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy universiteti.  
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: vaginal mikrofloradan ajratib olingan sut achituvchi bakteriyalarning Candida achitqilariga nisbatan antagonistik ta’sirini aniqlash va ilmiy asoslash, ularning ayollarda uchraydigan urogenital kandidoz kasalliklarining oldini olish va davolashdagi potensial imkoniyatlarini baholashdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor O‘zbekistonda sog‘lom ayollarning vaginal surtmasidan ajratib olingan SAB shtammlari (Pediococcus acidilactici 2G, Lactobacillus brevis 4G, Lactobacillus fermentum LF1, Lactobacillus plantarum 3G), klinik jihatdan ahamiyatli Candida avlodiga mansub achitqilar C. albicans, C. tropicalis, C. krusei)ga nisbatan yuqori antagonistik faolligi aniqlangan va identifikatsiyalangan;
Lactobaccillus plantarum 3G shtammi adabiyot manbalarida keltirilgan bakteriyalarning qahrabo kislotalari sinteziga nisbatan 10 marotaba (0,326 mg/ml) yuqori sintez qilish qobiliyati aniqlandi;  
L. fermentum LF1, shtammi esa eng yuqori sut kislotasi sintezini (kul`tivatsiyaning 4-kunida 40,91 gr/l gacha) bilan ajralib turadi, bu esa uning antimikrob faolligi bilan bevosita bog‘liq ekanligi hamda L. fermentum LF1 shtammi Candida achitqilari bilan o‘zaro koagregatsiya darajasi maksimal 70,6% tashkil etishi asoslangan;
SAB shtammlarining probiotikli hususiyatlari ekspermental usullar bilan vaginal kandidoz kasalligining klinik belgilari (ajratmalar, qizarish, shish)ni kamaytirish qobiliyati bilan ushbu patologiyani oldini olish va kompleks davolashda qo‘llash imkoniyati aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Sut achituvchi bakteriyalarning kandidozga qarshi xususiyatlari aniqlash jarayonida olingan ilmiy natijalar asosida:
ayol qini mikroflorasidan ajratib olingan Pediococcus acidilactici 2G,  Lactiplantibacillus plantarum 3G sut achituvchi bakteriyalarni 16S rRNK nukleotid ketma-ketliklari aniqlanib GenBank hamda National Center for Biotechnology Information (NCBI) ma’lumotlar bazasida mos ravishda Pediococcus acidilactici 2G (OQ427822), Lactiplantibacillus plantarum 3G (OQ433912.1) raqamlari ostida ro‘yxatdan o‘tkazilga (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2024 yil 14 iyundagi  4/1255-2459-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu shtammlarning nukleotid ketma-ketliklari dunyoning turli hududlarida tarqalgan anolog shtammlar bilan qiyosiy tahlil qilish imkonini bergan;
reproduktiv yoshdagi sog‘lom ayollar qin mikroflorasidan ajratib olingan Lactiplantibacillus plantarum 3G shtammi sirka kislotasi, 3-fenillaktat, qahrabo kislotasini ishlab chiqarish xususiyati bilan antimikrob va antifungal vosita sifatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2025 yil 4 avgustdagi 4/1255-1905-son ma’lumotnomasi). Natijada, shtamm farmasevtika va veterinariya sohalarida bir qator zamburug‘li infeksiyalarga qarshi foydalaniladigan sintetik dori vositalariga muqobil (alternativ) sifatida qo‘llash imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish