Asqarov Nurbek Lazizjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tizimli qizil bo‘richali bemorlarga sog‘liqni saqlash birlamchi tizimida tibbiy yordam ko‘rsatishni tashkil etishni takomillashtirish” 14.00.05 – «Ichki kasalliklar», 14.00.33 – «Jamiyat salomatligi. Sog‘liqni saqlashda menejment» (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Tib5121.
Ilmiy rahbarlar: Nabieva Dildora Abdumalikovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Eraliev Umidjan Ergashevich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat tibbiyot universiteti.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, Ilmiy kengash raqami: Andijon davlat tibbiyot instituti huzuridagi DSc.06/2025.27.12.Tib.02.03 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Musashayxov Umidjon Xusanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Iskandarova Shahnoza Tulkinovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: N.N.Burdenko nomidagi Voronej davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tizimli qizil bo‘richa bilan og‘rigan bemorlarga sog‘liqni saqlash birlamchi tizimi darajasida tibbiy yordam ko‘rsatishning klinik-tashkiliy modelini ishlab chiqish, joriy etish va ixtisoslashgan revmatologik xizmatning uzviyligini ta’minlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
TQB li bemorlarda buyrak va yurak-qon tomir tizimi shikastlanishining “signal” belgilari (proteinuriya, kreatinin oshishi, arterial gipertenziya, taxikardiya) 83,6% holatlarda kuzatilgan, ularni birlamchi tibbiy yordam bosqichida erta aniqlash va dinamik nazorat qilishga mo‘ljallangan standartlashtirilgan nefro-marshrut va monitoringni joriy etish zaruratini asoslangan;
bazis terapiyasiz glyukokortikosteroidlar bilan monoterapiya (bemorlarning 35,0% da) erta nogironlik va tez-tez gospitalizatsiya bilan ishonchli bog‘liqligi, farmakoterapiya uzviyligidagi nuqsonlar hamda birlamchi bo‘g‘inda steroid-tejamkor strategiyaning etarli darajada amalga oshirilmayotganligi isbotlangan;
birlamchi tibbiy yordam tizimi sharoitida TQB li bemorlarning ambulator kartalarini retrospektiv tahlili natijasida erta nogironlik va takroriy gospitalizatsiya xavfini oshiruvchi omillar aniqlanib, ambulator bosqichda gospitalizatsiya yuklamasini klinik beqarorlikning integral markyori sifatida qo‘llash imkoni asoslangan;
TQBda kardiovaskulyar belgilarning yuqori uchrashi nafaqat takroriy murojaatlar tuzilmasini shakllantirishi, balki noxush oqibatlar bog‘liqligi EKG, kardiolog maslahati hamda antigipertenziv terapiya bilan qamrovning cheklanganligi aniqlanib, birlamchi tibbiy yordam tizimi tarkibida unifikatsiyalangan kardio-marshrut zarurati asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Tizimli qizil bo‘richali bemorlarga sog‘liqni saqlashning birlamchi tizimida tibbiy yordam ko‘rsatishni tashkil etishni takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: TQB li bemorlarda buyrak va yurak-qon tomir tizimi shikastlanishining “signal” belgilari (proteinuriya, kreatinin oshishi, arterial gipertenziya, taxikardiya) 83,6% holatlarda kuzatilgan, ularni birlamchi tibbiy yordam bosqichida erta aniqlash va dinamik nazorat qilishga mo‘ljallangan standartlashtirilgan nefro-marshrut va monitoringni joriy etish zaruriyati asoslanganligi Toshkent shahar Olmazor tuman tibbiyot birlashmasining 29.12.2025-yildagi 1610-14-197-TB/2025-sonli buyrug‘i hamda Toshkent viloyati Zangiota tuman tibbiyot birlashmasining 15.01.2026-yildagi 1-son buyrug‘i bilan klinik amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2026 yil 20 apreldagi 06/06-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: TQB bilan kasallangan bemorlarda kasallikni erta aniqlash, ichki a’zolar, ayniqsa buyrak va yurak zararlanishini o‘z vaqtida diagnostika qilish imkoniyatlari kengaytirilgan, natijada monitoring va nazorat tizimini joriy etish orqali erta nogironlik va o‘lim holatlarini kamaytirish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: buyrak va yurak-qon tomir tizimi zararlanishining “signal” belgilarini erta aniqlash va monitoring qilish orqali surunkali buyrak etishmovchiligi, yurak etishmovchiligi hamda kasallikning og‘ir asoratlari rivojlanishi oldi olinib, statsionar davolanishga sarflanadigan byudjet mablag‘larni iqtisod qilishga erishiladi. Xulosa: TQB bilan kasallangan bemorlarda kasallikni erta aniqlash, monitoring va nazorat tizimini joriy etish orqali erta nogironlik va o‘lim holatlarini kamaytirish imkonini beradi.
ikkinchi ilmiy yangilik: bazis terapiyasiz glyukokortikosteroidlar bilan monoterapiya (bemorlarning 35,0% da) erta nogironlik va tez-tez gospitalizatsiya bilan ishonchli bog‘liqligi, farmakoterapiya uzviyligidagi nuqsonlar hamda birlamchi bo‘g‘inda steroid-tejamkor strategiyaning etarli darajada amalga oshirilmayotganligi isbotlanganligi Toshkent shahar Olmazor tuman tibbiyot birlashmasining 29.12.2025-yildagi 1610-14-197-TB/2025-sonli buyrug‘i hamda Toshkent viloyati Zangiota tuman tibbiyot birlashmasining 15.01.2026-yildagi 1-son buyrug‘i bilan klinik amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2026 yil 20 apreldagi 06/06-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: uzluksiz farmakoterapiya nazorati tizimi ijtimoiy jihatdan bemorlarning hayot sifati va davolashga sodiqligini oshiragan, kasallikning tez-tez zo‘rayishini kamaytirish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: steroid-tejamkor terapiya tamoyillarini qo‘llash asosida glyukokortikosteroidlarning uzoq muddatli nojo‘ya ta’sirlari va ularni davolash bilan bog‘liq xarajatlarni qisqartirish, takroriy gospitalizatsiyalar sonini kamaytirish hamda farmakoterapiya samaradorligi oshirish orqali byudjet mablag‘larni iqtisod qilishga erishiladi. Xulosa: steroid-tejamkor terapiya tamoyillarini qo‘llash asosida glyukokortikosteroidlarning uzoq muddatli nojo‘ya ta’sirlarini oldini olish xamda bemorlarning hayot sifatini yaxshilash imkonini beradi.
uchunchi ilmiy yangilik: birlamchi tibbiy yordam tizimi sharoitida TQB li bemorlarning ambulator kartalarini retrospektiv tahlili asosida erta nogironlik va takroriy gospitalizatsiya xavfini oshiruvchi omillar aniqlanib, gospitalizatsiya yuklamasini klinik beqarorlikning integral markyori sifatida qo‘llash imkonini berganligi Toshkent shahar Olmazor tuman tibbiyot birlashmasining 29.12.2025-yildagi 1610-14-197-TB/2025-sonli buyrug‘i hamda Toshkent viloyati Zangiota tuman tibbiyot birlashmasining 15.01.2026-yildagi 1-son buyrug‘i bilan klinik amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2026 yil 20 apreldagi 06/06-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: erta nogironlik va klinik beqarorlik xavfini oshiruvchi omillar aniqlanib, xavf guruhiga kiruvchi bemorlarni erta saralash va individual dinamik monitoring tizimini kuchaytirish bemorlarning uzoq muddatli ijtimoiy moslashuvini yaxshilagan, nogironlik darajasining kamaytirish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: erta nogironlik va takroriy gospitalizatsiya xavfini oshiruvchi omillar aniqlash orqali xavf guruhidagi bemorlarni ambulator bosqichda samarali nazorat qilish imkoniyati yaratilgan, natijada statsionar yordamga tushadigan yuklama kamayishi sog‘liqni saqlash tizimida mablag‘larni tejash, mavjud resurslardan samarali foydalanish hamda ambulator yordamning iqtisodiy samaradorligini oshirish orqali byudjet mablag‘larni iqtisod qilishga erishiladi. Xulosa: TQB li bemorlarning erta nogironlik va takroriy gospitalizatsiya xavfini oshiruvchi omillar aniqlanishi gospitalizatsiya yuklamasini va nogironlik darajasining kamaytirish imkonini berdi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: TQBda kardiovaskulyar belgilarning yuqori uchrashi nafaqat takroriy murojaatlar tuzilmasini shakllantirishi, balki noxush oqibatlar bog‘liqligi EKG, kardiolog maslahati hamda antigipertenziv terapiya bilan qamrovning cheklanganligi aniqlanib, birlamchi tibbiy yordam tizimi tarkibida unifikatsiyalangan kardio-marshrut zarurati asoslanganligi Toshkent shahar Olmazor tuman tibbiyot birlashmasining 29.12.2025-yildagi 1610-14-197-TB/2025-sonli buyrug‘i hamda Toshkent viloyati Zangiota tuman tibbiyot birlashmasining 15.01.2026-yildagi 1-son buyrug‘i bilan klinik amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2026 yil 20 apreldagi 06/06-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: yurak-qon tomir asoratlarini erta aniqlash, bemorlarning umr davomiyligini uzaytiradi va hayot sifatini yaxshilaydi, shu bilan birga, arterial qon bosimi, yurak urish tezligini muntazam nazorat qilish, EKG va kardiologik maslahatlarni standartlashtirish bemorlar orasida yurak-qon tomir bilan bog‘liq o‘lim holatlarini kamaytirish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: birlamchi tibbiy yordam tizimida unifikatsiyalangan kardio va nefro-marshrutlarni joriy etish natijasida EKG, laborator monitoring va tor mutaxassis konsultatsiyalarining tizimli tashkil etilishi ta’minlanib, yurak-qon tomir va buyrak og‘ir asoratlari bilan bog‘liq yuqori narxli shoshilinch tibbiy yordam hamda statsionar davolash xarajatlari kamaytirish orqali byudjet mablag‘larni iqtisod qilishga erishiladi. Xulosa: birlamchi tibbiy yordam tizimi modeli tarkibiga unifikatsiyalangan kardio-marshrutini ishlab chiqish hamda kiritish yurak-qon tomir bilan bog‘liq o‘lim holatlarini kamaytirish imkonini berdi