Nabiev Rustamjon Ravshanjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «COVID-19 fonida qorin bo‘shlig‘i a`zolari o‘tkir kasalliklarining klinik-epidemiologik xususiyatlari va profilaktik jixatlari», 14.00.43 – Profilaktik tibbiyot  (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Tib3253.
 Ilmiy raxbar: Xakimov Nasrullo Sobirovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajargan muassasa nomi: Andijon davlat tibbiyot isntituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Anijon davlat tibbiyot instituti, DSc.06/2025.27.12.Tib.02.02. 
Rasmiy opponentlar: Yusupov Qodirjon Abdusattorovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Mirsaydullaev Mirmaxmud Mirshoxidovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti.
II. Tadqiqotning maqsadi COVID-19 fonida o‘zbek populyasiyasida qorin bo‘shlig‘i a’zolarining o‘tkir kasalliklarini tarqalish chastotasini o‘rganish, klinik kechish xususiyatlarini baholash va shoshilinch profilaktikasining hududiy jihatlarini aniqlashdan iborat.  
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
COVID-19 va postkovid sindrom bilan assotsiatsiyalangan qorin bo‘shlig‘i a’zolarining o‘tkir xirurgik kasalliklarida (“o‘tkir qorin”, appendisit, o‘tkir xolesistit va xolangit, o‘tkir pankreatit, gastroduodenal qon ketish, o‘tkir ichak tutilishi, asoratlangan churra, gastroduodenal perforativ yara) klinik – epidemiologik va profilaktik maqsadda to‘g‘ri gospitalizatsiyalash algoritmi shakillantirilgan va amaliyotga tadbiq qilingan (№ IAP 8446 (02.02.2026);  
COVID - 19 bilan assotsiirlangan qorin bo‘shlig‘i a’zolarining o‘tkir xirurgik kasalliklarining rivojlanishi, kechishi va asoratlanishi ko‘rsatkichlariga, ular bilan bog‘liq “oxirgi epidemiologik nuqtalar” umumiy xavf omillarini taqsimlash, tezkor aniq tashxis qo‘yish va prognozlash mezonlari ishlab chiqilgan;
ilk bor, tarkibida kversetin toifasidagi tabiiy polifenollar saqlagan kompozisiyalar ishlab chiqilib, qo‘shimcha profilaktik maqsadda foydala-nilganda virus hujayralari metabolizmidagi siklik reaksiyalarni ingibirlaganligi tufayli COVID-19 ortidan keluvchi aynan qorin bo‘shlig‘i a’zolari yallig‘lanish kasalliklarini asoratlarsiz oldini olish mumkinligi isbotlangan;
Farg‘ona vodiysi sharoitida aholi orasida qorin bo‘shlig‘i a’zolarining o‘tkir kasalliklari, ularning an’anaviy xavf omillari tarqalishi, COVID-19 va postkovid sindromi orasidagi o‘zaro bog‘liqliqligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
SOVID-19 fonida qorin bo‘shlig‘i a`zolari o‘tkir kasalliklarining klinik-epidemiologik xususiyatlari va profilaktik jihatlari bo‘yicha olingan tadqiqot natijalari asosida: 
birinchi ilmiy yangilik: COVID-19 va postkovid sindrom bilan assotsiatsiyalangan qorin bo‘shlig‘i a’zolarining o‘tkir xirurgik kasalliklarida (“o‘tkir qorin”, appendisit, o‘tkir xolesistit va xolangit, o‘tkir pankreatit, gastroduodenal qon ketish, o‘tkir ichak tutilishi, asoratlangan churra, gastroduodenal perforativ yara) klinik – epidemiologik va profilaktik maqsadda to‘g‘ri gospitalizatsiyalash algoritmi shakillantirilgan va amaliyotga tadbiq qilinganligi bo‘yicha “COVID-19 va postkovid sindrom fonida o‘tuvchi qorin bo‘shlig‘i a’zolarining o‘tkir kasalliklarini xavfsizlantirish yo‘llari” uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Andijon davlat tibbiyot instituti Ekspert Kengashining 2025 yil 27 yanvardagi 6i-8u - sonli ma’lumotnomasi). Mazkur tavsiyalar RShTYoIM Namangan filialining 2025 yil 8 fevraldagi 33/4-sonli buyrug‘i va RShTYoIM Farg‘ona filialining 2025 yil 8 fevraldagi 41-sonli buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan; ijtimoiy samaradorligi: ilmiy natijalarning amaliyotga joriy qilinishi amaliyotchi-klinisistlar, profilaktologlar, tashkilotchilar, mahalliy hokimiyatlar vakillari va umumiy amaliyot shifokorlari uchun bevosita qiziqish uyg‘otib, ularning ish faoliyati natijalari samaradorligini 90%ga oshiradi; Iqtisodiy samaradorlik: tadqiqot natijalari asosida yaratilgan profilaktika, skrining modellarining qo‘llanilishi va uning oldini olish 1 nafar bemor hisobiga vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik davrini qisqartirish hisobiga byudjet mablag‘larini 102 415 so‘mga iqtisod qilish imkonini beradi, ishlab chiqilgan profilaktik mazmundagi texnologiyalar COVID-19 va postkovid sindrom fonida kelib chiquvchi, avjlanib kechuvchi va asoratli o‘tuvchi QBAO‘K bilan populyasiyaga - bemorlarga sarflanadigan mablag‘larni, hamda shifoxonada bo‘lish davrini sezilarli kamaytirdi va dori-darmonga bo‘lgan talabni qisqartirdi.
ikkinchi ilmiy yangilik: COVID - 19 bilan assotsiirlangan qorin bo‘shlig‘i a’zolarining o‘tkir xirurgik kasalliklarining rivojlanishi, kechishi va asoratlanishi ko‘rsatkichlariga, ular bilan bog‘liq “oxirgi epidemiologik nuqtalar” umumiy xavf omillarini taqsimlash, tezkor aniq tashxis qo‘yish va prognozlash mezonlari ishlab chiqilganligi bo‘yicha “COVID-19 va postkovid sindrom fonida o‘tuvchi qorin bo‘shlig‘i a’zolarining o‘tkir kasalliklarini xavfsizlantirish yo‘llari” uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Andijon davlat tibbiyot instituti Ekspert Kengashining 2025 yil 27 yanvardagi 6i-8u - sonli ma’lumotnomasi). Mazkur tavsiyalar RShTYoIM Namangan filialining 2025 yil 8 fevraldagi 33/4-sonli buyrug‘i va RShTYoIM Farg‘ona filialining 2025 yil 8 fevraldagi 41-sonli buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan;   ijtimoiy samaradorligi: ilmiy natijalarning amaliyotga joriy qilinishi COVID-19 bilan kurashish xizmat tizimi takomillashtirilib tashkil qilinishiga, aholi dispanserizatsiyasi sifatini oshirishga, aholi orasida COVID-19 va qorin bo‘shlig‘i a’zolari o‘tkir xirurgik kasalliklari profilaktikasini zamonaviy va yuqori darajada amalga oshirish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorlik: tadqiqot natijalari asosida yaratilgan profilaktika,skrining modellarining qo‘llanilishi va uning oldini olish 1 nafar bemor hisobiga vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik davrini qisqartirish hisobiga byudjet mablag‘larini 102 415 so‘mga iqtisod qilish imkonini beradi, ishlab chiqilgan profilaktik mazmundagi texnologiyalar COVID-19 va postkovid sindrom fonida kelib chiquvchi, avjlanib kechuvchi va asoratli o‘tuvchi QBAO‘K bilan populyasiyaga - bemorlarga sarflanadigan mablag‘larni, hamda shifoxonada bo‘lish davrini sezilarli kamaytirdi va dori-darmonga bo‘lgan talabini qisqartirdi.
uchinchi ilmiy yangilik: ilk bor, tarkibida kversetin toifasidagi tabiiy polifenollar saqlagan kompozisiyalar ishlab chiqilib, qo‘shimcha profilaktik maqsadda foydala-nilganda virus hujayralari metabolizmidagi siklik reaksiyalarni ingibirlaganligi tufayli COVID-19 ortidan keluvchi aynan qorin bo‘shlig‘i a’zolari yallig‘lanish kasalliklarini asoratlarsiz oldini olish mumkinligi isbotlanganligi bo‘yicha “COVID-19 va postkovid sindrom fonida o‘tuvchi qorin bo‘shlig‘i a’zolarining o‘tkir kasalliklarini xavfsizlantirish yo‘llari” uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Andijon davlat tibbiyot instituti Ekspert Kengashining 2025 yil 27 yanvardagi 6i-8u - sonli ma’lumotnomasi). Mazkur tavsiyalar RShTYoIM Namangan filialining 2025 yil 8 fevraldagi 33/4-sonli buyrug‘i va RShTYoIM Farg‘ona filialining 2025 yil 8 fevraldagi 41-sonli buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan; ijtimoiy samaradorligi: ilmiy natijalarning amaliyotga joriy qilinishi COVID-19 bilan kurashish xizmat tizimi takomillashtirilib tashkil qilinishiga, aholi dispanserizatsiyasi sifatini oshirishga, aholi orasida COVID-19 va qorin bo‘shlig‘i a’zolari o‘tkir xirurgik kasalliklari profilaktikasini zamonaviy va yuqori darajada amalga oshirish imkonini beradi.  Iqtisodiy samaradorlik: tadqiqot natijalari asosida yaratilgan profilaktika, skrining modellarining qo‘llanilishi va uning oldini olish 1 nafar bemor hisobiga vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik davrini qisqartirish hisobiga byudjet mablag‘larini 102 415 so‘mga iqtisod qilish imkonini beradi;  Ishlab chiqilgan profilaktik mazmundagi texnologiyalar COVID-19 va postkovid sindrom fonida kelib chiquvchi, avjlanib kechuvchi va asoratli o‘tuvchi QBAO‘K bilan populyasiyaga - bemorlarga sarflanadigan mablag‘larni, hamda uning natijasida shifoxonada bo‘lish davrini sezilarli kamaytirdi va dori-darmonga bo‘lgan talabini qisqartirdi. 
to‘rtinchi ilmiy yangilik: Farg‘ona vodiysi sharoitida aholi orasida qorin bo‘shlig‘i a’zolarining o‘tkir kasalliklari, ularning an’anaviy xavf omillari tarqalishi, COVID-19 va postkovid sindromi orasidagi o‘zaro bog‘liqliqligi isbotlanganligi bo‘yicha “COVID-19 va postkovid sindrom fonida o‘tuvchi qorin bo‘shlig‘i a’zolarining o‘tkir kasalliklarini xavfsizlantirish yo‘llari” uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Andijon davlat tibbiyot instituti Ekspert Kengashining 2025 yil 27 yanvardagi 6i-8u - sonli ma’lumotnomasi). Mazkur tavsiyalar RShTYoIM Namangan filialining 2025 yil 8 fevraldagi 33/4-sonli buyrug‘i va RShTYoIM Farg‘ona filialining 2025 yil 8 fevraldagi 41-sonli buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan; ijtimoiy samaradorligi: ilmiy natijalarning amaliyotga joriy qilinishi birlashgan millatlar tashkiloti (BMT) Bosh Assambleyasining yuqumli bo‘lmagan kasalliklar bo‘yicha siyosiy deklaratsiyasini va surunkali yuqumli bo‘lmagan kasalliklarga qarshi kurashishga qaratilgan Jahon Sog‘liqni Saqlash Tashkiloti (JSST) dasturini O‘zbekiston sharoitida amalga oshirishda asos va yangi qadam bo‘ladi. Iqtisodiy samaradorlik: tadqiqot natijalari asosida yaratilgan profilaktika,skrining modellarining qo‘llanilishi va uning oldini olish 1 nafar bemor hisobiga vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik davrini qisqartirish hisobiga byudjet mablag‘larini 102 415 so‘mga iqtisod qilish imkonini beradi;  Ishlab chiqilgan profilaktik mazmundagi texnologiyalar COVID-19 va postkovid sindrom fonida kelib chiquvchi, avjlanib kechuvchi va asoratli o‘tuvchi QBAO‘K bilan populyasiyaga - bemorlarga sarflanadigan mablag‘larni, hamda uning natijasida shifoxonada bo‘lish davrini sezilarli kamaytirdi va dori-darmonga bo‘lgan talabini qisqartirdi.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish