Bazarova Dildor Baxronovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbek tilida variantdosh birliklarning nutqiy qo‘llanishi va uslubiy xususiyatlari», 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.PhD/Fil.411.
Ilmiy rahbar: Qurbonova Muhabbat Matyoqubovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti,  PhD.03/30.12.2019.Fil.70.01.
Rasmiy opponentlar: Mengliev Baxtiyor Rajabovich, filologiya fanlari doktori, professor; Xolmanova Zulxumor Turdievna, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi  o‘zbek tilida variantdosh birliklarning me’yoriy chegarasini belgilash, ularning nutqiy qo‘llanishi va uslubiy xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
variantdosh birliklarning til va nutqqa bo‘lgan  munosabati,  lisoniy va nutqiy tabiatli variantdosh birliklarning o‘zaro farqlanish asoslari ochib berilgan;
variantdosh birliklarning leksik, morfologik va sintaktik cathga mansubligiga ko‘ra, variantlashuv asoslariga ko‘ra, uslubiy xoslanganlik yoki xoslanmaganligiga ko‘ra turlari  aniqlangan;
badiiy mazmun talabi bilan qo‘llangan variantdosh birliklarning  estetik vazifalari, ularni nutqqa olib chiquvchi vositalar hamda matniy xususiyatlari badiiy asarlardan olingan misollar asosida  ochib berilgan;
badiiy shakl talabi bilan qo‘llangan variantdosh birliklarning nutqiy voqelanishi va matniy xususiyatlari dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Variantdosh birliklarning nutqiy qo‘llanishi  va uslubiy xususiyatlarini ochib berish jarayonida erishilgan ilmiy natijalar asosida:
variantdosh birliklar va ularning til va nutqqa munosabati haqidagi qarashlardan, variantdosh so‘zlar faol qo‘llanilgan frazeologizmlar tarkibidagi ayrim so‘zlarning tarixan yasama ekanligi xususidagi mulohazalari va xulosalaridan  FA-F1-GOO3 raqamli, “Hozirgi qoraqalpoq tilida funksional so‘z yasalishi” (2012-2016) nomli fundamental tadqiqot loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi  Qoraqalpog‘iston gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti 2019 yil 10 sentyabrdagi 185/1-son ma’lumotnomasi). Natijada  zamonaviy tilshunoslik tilni inson, uning tafakkuri va ongi bilan chambarchas bog‘liqlikda o‘rganishga intilayotganligi, bunda til inson tafakkur faoliyatining mexanizmi va quroli ekanligi, uning tabiati va ma’naviy dunyosining tarkibiy qismi sifatida qaralishi dalillangan;
badiiy mazmun talabi bilan qo‘llangan variantdosh birliklarning  estetik vazifalari, ularni nutqqa olib chiquvchi vositalar hamda matniy xususiyatlariga oid ilmiy xulosalardan Qashqadaryo viloyat teleradiokompaniyasining ko‘rsatuv va eshittirishlari ssenariylarini tayyorlashda, xususan, “Badiiy asarlarda qo‘llangan variantdosh birliklarning nutqiy xususiyatlari va badiiy vazifalari” mavzusidagi chiqishlaridan viloyat televideniesining  “Oltin voha” musiqiy dam olish dasturi hamda viloyat “Oltin voha” radiosining “Til – millat ko‘zgusi”, “Ma’naviyat saboqlari” ruknlaridagi ko‘rsatuv va eshittirishlari ssenariylarini tayyorlashda samarali foydalanilgan (Qashqadaryo viloyat teleradiokompaniyasining 2019 yil 19 noyabrdagi 196-son ma’lumotnomasi). Natijada badiiy mazmun va shakl  talabi bilan qo‘llangan variantdosh birliklar  she’riy nutqda hamda publisistik matnlarda  estetik, badiiy va uslubiy  vazifalar bajarishi misolida publisistika masalalarini amaliy yoritish imkoniyati yaratilgan;
tadqiqot natijalari asosida yaratilgan “O‘zbek tilida variantdosh iboralarning qisqacha izohli lug‘ati” (Qarshi: Nasaf, 2019. 90 bet.), (ISBN 978-9943-18-255-7)da variantdosh iboralarning izohlari misollar asosida dalillangan. Natijada o‘zbek tilidagi iboralarning qo‘llanilishiga aniqlik kiritilgan va lug‘atlarda berilishi takomillashtirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish