Pardaeva Matonat Salimovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i):“Bo‘lajak biologiya o‘qituvchilarining kasbiy-metodik kompetentligini takomillashtirish”, 13.00.02 - Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (biologiya).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/Ped10925.
Ilmiy rahbar: Raxmatov Uchkun Ergashevich, pedagokika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti huzuridagi PhD.03/2025.27.12.B.04.09.M raqamli Ilmiy kengash asosidagi bir martalik Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Alimova Farzona Abdukamalovna, pedagogika fanlari doktori, professor, Juginisov Tangirbergen Isaevich, biologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qori Nizomiy nomidagi tarbiya pedagogikasi milliy instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: talabalarining kasbiy-metodik kompetentligini ta’lim natijalari asosida takomillashtirish hamda innovatsion texnologiyalar asosidagi samarali metodik tizimni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
biologiya ta’limi sohasida bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy-metodik kompetentligini strukturalash jarayonida uning tarkibiy elementlari sifatida didaktik tayyorgarlik, metodologik refleksiya, fanlararo integratsiya hamda texnologik adaptivlik mezonlari asosida ta’lim maqsadlari va kutilayotgan natijalar konseptual tarzda qayta tahlil qilindi. Shu asosda ushbu kompetentlik pedagogik tizimning asosiy funksional bloklaridan biri sifatida aniqlanib, uning nazariy va amaliy mohiyati konseptual model doirasida takomillashtirilgan;
bo‘lg‘usi biologiya o‘qituvchilarini tayyorlash jarayonida muammoli ta’lim konsepsiyasi, akseleratsiyalashgan o‘rgatish texnologiyalari, pedagogik muhitning elementlari o‘zaro integratsiyasini ta’minlash orqali kasbiy kompetensiyalarning shakllanishiga kompleks ta’sir mexanizmi hamda interaktiv o‘quv ta’sir moduli nazariy va amaliy jihatdan uyg‘unlashtirilgan holda innovatsion yondashuvlarning samaradorligini oshirish metodikasi takomillashtirilgan.
kasbiy-metodik kompetentligini rivojlantirishga qaratilgan kompetensiyaviy paradigma asosida kompleks model konseptual tarzda ishlab chiqildi va modelda mazmuniy, tashkiliy, motivatsion va baholash komponentlari integrativ sintez orqali o‘zaro uyg‘unlashtirildi, tizimli-metodik yondashuv shaklida pedagogik jarayonlarni optimallashtirish empirizm asosida takomillashtirilgan.
tajriba ishlari davomida taklif etilgan metodik tizimning amaliyotga joriy etilishi talabalar orasida analitik va kritik kompetensiyalarini rivojlantirish, shuningdek, metodologik adaptatsiya va interaktiv pedagogik resurslardan samarali foydalanish ko‘nikmalarini yuqori darajada shakllantirishga xizmat qilgani aniqlangan hamda matematik-statistik usullar yordamida empirik jihatdan tekshirilgan va uning samaradorligi tasdiqlangan, hamda amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak biologiya o‘qituvchilarining kasbiy-metodik kompetentligini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
biologiya ta’limi sohasidagi kasbiy-metodik kompetentlikning strukturaviy elementlari sifatida didaktik tayyorgarlik, metodologik refleksiya, fanlararo integratsiya hamda texnologik adaptivlik mezonlari asosida ta’lim maqsadlari va kutilayotgan ta’lim natijalari xalqaro pedagogik tajribalar asosida konseptual jihatdan yangicha qayta tahlil qilindi va ushbu kompetentlik pedagogik tizimning asosiy tarkibiy bloklaridan biri sifatida konseptual tarzda aniqlashtirishga oid takliflar “Biologiyani o‘qitishda innovatsion texnologiyalar” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti Kengashining 2024-yil 30-maydagi 10/4.1-sonli qarori asosida berilgan 2024/214-U-294 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, bo‘lajak biologiya fani o‘qituvchilarining kasbiy-metodik kompetentligini takomillashtirishga qaratilgan pedagogik, psixologik va metodik adabiyotlarni tahlil qilish uchun sharoit yaratilgan.
bo‘lg‘usi biologiya o‘qituvchilarini tayyorlash jarayonida muammoli ta’lim konsepsiyasi, akseleratsiyalashgan o‘rgatish texnologiyalari, pedagogik muhitning elementlari o‘zaro integratsiyasini ta’minlash orqali kasbiy kompetensiyalarning shakllanishiga kompleks ta’sir mexanizmi hamda interaktiv o‘quv ta’sir moduli nazariy va amaliy jihatdan uyg‘unlashtirilgan holda innovatsion yondashuvlarning samaradorligini oshirish metodikasi takomillashtirishga doir takliflar “Biologiya o‘qitish metodikasi (Amaliy mashg‘ulotlar)” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston milliy pedagokika universiteti Kengashining 2025-yil 4-dekabrdagi 4/3.2-sonli qarori asosida berilgan 2025-559U-793 raqmli nashr ruxsatnomasi) Natijada, bo‘lajak biologiya fani o‘qituvchilarining kasbiy-metodik kompetentligini takomillashtirish imkoni kengaytirilgan;
kasbiy-metodik kompetentligini rivojlantirishga qaratilgan kompetensiyaviy paradigma asosida kompleks model konseptual tarzda ishlab chiqildi va modelda mazmuniy, tashkiliy, motivatsion va baholash komponentlari integrativ sintez orqali o‘zaro uyg‘unlashtirildi, tizimli-metodik yondashuv shaklida pedagogik jarayonlarni optimallashtirish empirizm asosida takomillashtirilshga oid takliflar “Biologiyani o‘qitishda innovatsion texnologiyalar” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti Kengashining 2024-yil 30-maydagi 10/4.1-sonli qarori asosida berilgan 2024/214-U-294 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, bo‘lajak biologiya fani o‘qituvchilarining kasbiy-metodik kompetentligini takomillashtirish bosqichlari va baholash mezonlarini aniqlash imkoniyati kengaytirilgan;
tajriba ishlarida taklif qilingan metodik tizimning amaliy joriy etilishi biologiya ta’lim yo‘nalishi talabalari orasida analitik va kritik tafakkur qobiliyatlarini, shuningdek, metodologik moslashuvchanlik bilan interaktiv pedagogik resurslardan samarali foydalanish ko‘nikmalarini yuqori ishonchlilik darajasida shakllantirishini ta’minlandi, ushbu natijalar matematik-statistik metodlar asosida empirik jihatdan validatsiya qilish, pedagogik jarayonni takomillashtirishga qaratilgan amaliy tavsiyalar oid takliflar “Biologiya o‘qitish metodikasi (amaliy mashg‘ulotlar)” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston milliy pedagokika universitetining 2026-yil 7-yanvardagi 11-05-54/04-son ma’lumotnomasi) Natijada, biologiya fanlarini o‘qitish jarayonida talabalarning innovatsion texnologiyalar orqali kreativ kompetensiyalarini rivojlantirish samaradorligini oshirishga erishilgan.