Kamolova Hulkar Fozil qizining   
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Sut achituvchi bakteriyalarning o‘simliklarda kasallik tarqatuvchi fitopatogen mikromisetlarga qarshi antagonistik xususiyatlari», 03.00.04 - Mikrobiologiya va virusologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.1.PhD/B1685.
Ilmiy rahbar: Kutlieva Guzal Djumaniyazovna, biologiya fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mikrobiologiya instituti.   
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Mikrobiologiya instituti, DSc.05/2025.27.12.B.21.01. 
Rasmiy opponentlar: Kadirova Gulchexra Xakimovna, biologiya fanlari  doktori, professor; Rasulov Baxtiyor Abdugaforovich, biologiya fanlari  doktori. 
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: sut achituvchi bakteriyalarning qishloq xo‘jaligi ekinlariga kasallik tarqatuvchi fitopatogen mikromisetlarga nisbatan antagonistik xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor o‘simlik manbalaridan ajratib olingan sut achituvchi bakteriyalarning fitopatogen mikromisetlarga qarshi antagonistik salohiyati ega Lactiplantibacillus plantarum M1, Pediococcus pentosaceus A1 va Enterococcus faecium A2 shtammlari Alternaria alternata, Verticillium dahliae, Fusarium oxysporum, Aspergillus flavus va Aspergillus oryzae ga qarshi aniq antifungal faollikka ega ekanligi aniqlangan;
sut achituvchi bakteriya shtammlarning antifungal va antimikrob faolligi ularning sintez qiladigan biologik faol metabolitlar, xususan organik kislotalar, 3-fenillaktik kislota va yog‘ kislotalari bilan bog‘liqligi ilmiy asosda isbotlangan hamda 3-fenillaktik kislotaning miqdori mos ravishda 26,4±0,3 mkg/ml, 19,2±0,5 mkg/ml va 23,8±0,1 mkg/ml ekanligi asoslangan;
Lactiplantibacillus plantarum M1, Pediococcus pentosaceus A1 va Enterococcus faecium A2 shtammlarining o‘simlik o‘sishini rag‘batlantiruvchi fitogormonlar — indol-3-sirka kislotasi (61,6 mkg/ml) va gibberellin kislotasi (59,3 mkg/ml) sintez qilishi, ularning biostimulyatorlik xususiyatlari asoslangan;
L. plantarum M1, P. pentosaceus A1 va E. faecium A2 shtammlarining fitopatogen o‘simlik kasalliklariga qarshi yuqori samaradorligi in vitro va dala sharoitidagi tajribalar asosida ularni ekologik xavfsiz bionazorat agenti sifatida aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Sut achituvchi bakteriyalarning o‘simliklarda kasallik tarqatuvchi fitopatogen mikromisetlarga qarshi antagonistik xususiyatlarini aniqlash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
o‘simlik manbalaridan ajratib olingan Lactiplantibacillus plantarum M1 antioksidant, o‘stiruvchi hamda shartli-patogen bakteriyalarga va fitopatogen zamburugʼlarga qarshi faollikga ega shtammiga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi tomonidan ixtiro patent olingan (№ IAP 06944, 30.05.2022 y.). Natijada, o‘simliklar fitopatogen kasalliklariga qarshi oldini oluvchi, qarshi kurashadigan biopreparat ishlab chiqish imkonini bergan; 
aloe o‘simligi barglaridan ajratib olingan Enterococcus faecium A-2 shtammi rRNK nukleotid ketma-ketliklari aniqlanib, GenBank hamda National Center for Biotechnology Information (NCBI) ma’lumotlar bazalarida mos ravishda Enterococcus faecium A-2 (OQ430814) raqamlari ostida ro‘yxatdan o‘tkazildi (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2024 yil 14 iyundagi  4/1255-1329-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu shtamlarning nukleotidlar ketma-ketliklari ma’lumotlarini dunyoning turli mintaqalarida uchraydigan shtammlar bilan taqqoslash imkonini bergan.

 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish