Tillyaxodjaev Muzaffarxodja Abdupataxovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): «Bozor iqtisodiyoti sharoitida paxta tozalash sanoatini rivojlantirishning iqtisodiy strategiyasi», 08.00.03–Sanoat iqtisodi (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.DSc/Iqt166.
Ilmiy maslahatchi: Maxmudov Nosir Maxmudovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.03.05.
Rasmiy opponentlar: Gulyamov Saidaxror Saidaxmedovich, akademik, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Tursunxodjaev Marat Lutfullaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Qodirov Abdurashid Majidovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Bozor iqtisodiyoti sharoitida paxta tozalash sanoatini rivojlantirishning iqtisodiy strategiyasi bo‘yicha ilmiy-nazariy, ilmiy-uslubiy va ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
paxta xomashyosi kontraktatsiyasi-klassifikatorining funksional vakolati va majburiyatlarini tayyorlov maskani 2-bosqich operatorining onlayn faoliyatiga o‘tkazish asosida paxta tozalash sanoati boshqaruv tizimining tashkiliy tuzilmasi takomillashtirilgan;
mahsulot tannarxining pasayishiga ta’sir etuvchi yuqori sifatli tolaning miqdorini ko‘paytirish usuli ishlab chiqarish jarayoniga yangi texnologiyalarni joriy etish tadbirlarining umumiy va o‘rtacha qiymatlarini hisobga olish asosida takomillashtirilgan;
har bir viloyatdagi paxta tozalash zavodlarining bo‘sh hududlarida konsentratsiyalashgan paxta–to‘qimachilik klasterlarini joylashtirish asosida arzonlashtirilgan, jahon andozasiga javob bera oladigan ip-gazlama mahsulotlarini ishlab chiqarishning samaradorligi asoslangan;
paxtachilik xo‘jaliklarining mahsulot sifatini oshirishdan manfaatdorligini ta’minlash maqsadida etishtirilgan paxta xomashyosi uchun to‘lovning amaldagi xomashyo narxi shaklidan tola narxidagi shakliga  o‘tkazish taklifi asoslangan;
paxta tozalash korxonalaridagi linter sexlarining markazlashtirilishi va yog‘-moy korxonalari hududiga joylashtirilishi asosida momiqning miqdorini oshirish hamda arzon narxda iste’mol mahsulotlarini ishlab chiqarish orqali iqtisodiy samaradorlikni oshirish  asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida paxta tozalash sanoatini rivojlantirishning iqtisodiy strategiyasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
paxta tozalash sanoatining iqtisodiy ko‘rsatkichlardagi o‘zgarishlarni aniqlash maqsadida maxsulot sifatini yaxshilash va boshqaruv tizimining tashkiliy tuzilmasidagi paxta xomashyosi kontraktatsiyasi-klassifikatori faoliyatini tugatish maqsadida uning funksional vakolati va majburiyatlarini tayyorlov maskanining 2-bosqich operatori faoliyati doirasiga kiritish tavsiyasi orqali takomillashtirilgan uslubiy modeli “O‘zpaxtasanoat” AJ faoliyatiga joriy etilgan (“O‘zpaxtasanoat” AJning 2019 yil 5 sentyabrdagi 02-23/5220-son ma’lumotnomasi). Tashkiliy tuzilmani takomillashtirishga qaratilgan uslubiy modeldan foydalanish boshqaruv qarorlarini ishlab chiqishga, paxta tozalash korxonalari faoliyati  samaradorligini oshirishga hamda maxsulot sifatining 0,6 % yaxshilanishiga imkon bergan;
bozor iqtisodiyoti sharoitida paxta tozalash sanoatida investision loyihalar samaradorligini ta’minlash hamda ishlab chiqarishga yangi  texnologiyalarni joriy etish orqali tadbirlarning umumiy va o‘rtacha qiymatlarini hisobga olgan holda mahsulot tannarxini pasaytirishga ta’sir etuvchi baholash usuli takomillashtirilib, «O‘zpaxtasanoat» AJ faoliyatiga joriy etilgan (“O‘zpaxtasanoat” AJning 2019 yil 5 sentyabrdagi 02-23/5220-son ma’lumotnomasi). Bunda  loyihani amalga oshirish jarayonida samaradorlik va xavf omillari ta’sirini hisobga olish, pul mablag‘larining uzluksiz oqimini nazorat qilish tamoyillari ilmiy asoslangan. Bu esa bozor iqtisodiyoti sharoitida paxta tozalash sanoati investision faoliyatini barqaror rivojlantirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan. Yangi texnologiya va mexanizmlarni amaliyotga tatbiq etilishi natijasida esa paxta xomashyosining yo‘qotilishi 5% ga kamaygan;
paxta tozalash sanoatining strategik rivojlanishida keng qamrovli tadqiqotlar o‘tkazilishi natijasida paxta-to‘qimachilik klasterlarini rivojlantirishning strategik yo‘nalishi sifatida yangi tashkil etilayotgan to‘qimachilik korxonalarini paxta tozalash zavodlarining bo‘sh hududlarida joylashtirish yordamida to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish xarajatlari va tannarxi pasayishini ta’minlovchi tarmoqlararo munosabatlarning iqtisodiy rivojlanish samaradorligini belgilovchi uslubiy ko‘rsatmalar “O‘zpaxtasanoat” AJ faoliyatiga joriy etilgan (“O‘zpaxtasanoat” AJning 2019 yil 5 sentyabrdagi 02-23/5220-son ma’lumotnomasi). Natijada mahsulot tannarxi 1,4 foizga kamayib, paxta maxsulotlarini qayta ishlovchi korxonalarining o‘zaro iqtisodiy munosabatlarining samaradorligi oshgan;
paxta xomashyosini etishtiruvchi xo‘jaliklar hamda paxtani dastlabki qayta ishlash korxonalari o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarni strategik rivojlantirish, jumladan paxta xomashyosi etishtiruvchi xo‘jaliklarni mahsulot ishlab chiqarish hajmi va sifatini oshirishga rag‘batlantirish maqsadida ushbu fermer xo‘jaliklarida amalga oshiriladigan to‘lovlarni qayta ishlash yakuni orqali aniqlanuvchi tola narxida amalga oshirish usuli “O‘zpaxtasanoat” AJ  faoliyatiga joriy etilgan (“O‘zpaxtasanoat” AJning 2019 yil 5 sentyabrdagi 02-23/5220-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarni amaliyotga joriy etilishi natijasida yuqori sifatli paxta tolasi hajmi 10% ga oshgan;
paxta tozalash sanoatida ishlab chiqarish quvvatlaridan to‘liq va samarali foydalanish jarayonida paxta tozalash korxonalari linter sexlarining markazlashtirilishi va yog‘-moy korxonalari atrofiga joylashtirilishi orqali momiq sifatini yaxshilashda linterlash sexlarida erishilgan iqtisodiy samaradorlikni takomillashtirilgan baholash uslubi “O‘zpaxtasanoat” AJ faoliyatiga joriy etilgan (“O‘zpaxtasanoat” AJning 2019 yil 5 sentyabrdagi 02-23/5220-son ma’lumotnomasi). Ishlab chiqarish quvvatidan samarali foydalanish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy takliflarning joriy etilishi natijasida korxonalarning iqtisodiy ko‘rsatkichlari 13% ga oshgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish