Irisov Farrux Qobil o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Rezavor mevalarni etishtirishning iqtisodiy samaradorligini oshirish yo‘llari”, 08.00.04-“Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/Iqt4907
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Yunusov Iskandar Orifovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Toshkent irrigasiya va qishloq xo‘jaligini mexanizasiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti, DSc.03/30.01.2020.I.10.03
Rasmiy opponentlar: Umarov Suxrob Rustamovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Imomov Rustambek Davronbekovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi rezavor mevalar etishtirish samaradorligini oshirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
rezavor mevalar etishtirishning iqtisodiy samaradorligini baholash ko‘rsatkichlari tizimi intensiv bog‘dorchilik, raqamlashtirish va energiya samaradorligi kabi jihatlarini e’tiborga olgan holda takomillashtirilgan;
rezavor mevalar etishtirish uchun davlat tomonidan er uchatkalari ajratishda to‘lovlarni optimallashtirish, qayta ishlash texnologiyalari uchun soliq stavkasini minimallashtirish, marketing tadqiqotlari xarajatlarini tabaqali subsdiyalash kabi dastaklar yordamida iqtisodiy rag‘batlantirish asoslangan;
rezavor mevalar etishtiruvchilarining iqtisodiy, texnologik, ilmiy va resurs salohiyatlarini optimal birlashtirgan holda faoliyat yuritishi uchun tadbirkorlik va nodavlat boshqaruv shakllarini bosqichma-bosqich tashkil etishning maqbul ssenariylari ishlab chiqilgan;
rezavor mevalar ekin maydoni ortishi va iqlim o‘zgarishlari sharoitida yillik o‘rtacha yog‘ingarchilik miqdorini inobatga olgan holda Toshkent viloyatida rezavor mevalar yalpi hosili hajmining 2030 yilgacha bo‘lgan prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Rezavor mevalarni etishtirishning iqtisodiy samaradorligini oshirish yo‘llari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
rezavor mevalar ishlab chiqarish samaradorligini baholashning uslubiy asoslari takomillashtirilgan va ular tizim tashkilotlarida amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025 yil 13 oktyabrdagi 05/06-04-626-son ma’lumotnomasi). Natijada, rezavor mevalar ishlab chqarish plantatsiyalarini tashkil etishda xo‘jalik yuritish shakli va ularning geografik joylashuvini inobatga olgan holda maqbul maydonni aniqlash va xo‘jaliklar faoliyati samaradorligini baholash imkonini bergan. Mazkur baholash usuli rezavor mevalar etishtirishda maqbul er maydonlarini ajratish va xo‘jaliklarning investisiyalardan foydalanish samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
ajratilgan erlar uchun to‘lov miqdorlarini optimallashtirish, qayta ishlash texnologiyalarini joriy etishda soliq stavkasini minimallashtirish, marketing tadqiqotlari xarajatlarini tabaqali subsidiyalash kabi dastaklar asosida ishlab chiqilgan iqtisodiy rag‘batlantirish mexanizmlari Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimi tashkilotlarida amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025 yil 13 oktyabrdagi 05/06-04-626-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu rag‘batlantirish mexanizmi rezavor mevalar etishtiruvchi xo‘jaliklarni moliyalashtirish, aylanma mablag‘lar bilan ta’minlashga ko‘maklashib, ular faoliyati samaradorligini 12-15 foizgacha oshirish imkonini bergan;
rezavor mevalar etishtiruvchilarning iqtisodiy, texnologik, ilmiy va resurs salohiyatlarini optimal birlashtirgan holda faoliyat yuritishi uchun tadbirkorlik va nodavlat boshqaruv shakllarini bosqichma-bosqich tashkil etishning maqbul ssenariylari Qishloq xo‘jaligi vazirligi tashkilotlarida amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025 yil 13 oktyabrdagi 05/06-04-626-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu tashkiliy tuzilmalar yordamida turli shakldagi bog‘dorchilik xo‘jaliklari va boshqaruv idoralari o‘rtasida o‘zaro integratsiyani ta’minlashga xizmat qilgan;
rezavor mevalar maydonining ortishi va iqlim o‘zgarishlari sharoitida yillik o‘rtacha yog‘ingarchilik miqdorini inobatga olgan holda Toshkent viloyatida rezavor mevalar etishtirish hajmining 2030 yilgacha bo‘lgan prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan va viloyat Qishloq xo‘jaligi boshqarmasida amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025 yil 13 oktyabrdagi 05/06-04-626-son ma’lumotnomasi). Ushbu prognoz ko‘rsatkichlari istiqbolda viloyatning rezavor mevalar etishtirish sohasini rivojlantirish va unga mos ravishda ishlab chiqarish, resurslardan samarali foydalanish chora-tadbirlarini belgilash imkonini bergan.