Eshonkulov Bunyodjon Maxamadalievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Insonning mehnatga oid huquqlarini himoya qilish bo‘yicha milliy mexanizmlarni takomillashtirish”, 12.00.13 – Inson huquqlari (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Yu1596
Ilmiy rahbar: Saidov Akmal Xolmatovich, Akademik, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi, DSc.26/2025.27.12.Yu/S.01.01
Rasmiy opponentlar: yuridik fanlar doktori, professor Mamasiddiqov Muzaffarjon Musajonovich, yuridik fanlar falsafa doktori Rasulov Jurabek Abdusamievich.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi insonning mehnatga oid huquqlarini himoya qilish bo‘yicha milliy mexanizmlarni takomillashtirish va mavjud muammolarni hal etishga qaratilgan ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qarindoshining sudlanganligi va bundan kelib chiqadigan huquqiy oqibatlar davlat fuqarolik xizmatiga qabul qilish va uni o‘tash chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining huquqlarini cheklash uchun asos bo‘lishi mumkin emasligi asoslantirilgan;
Ish qidirayotgan shaxslar mahalliy mehnat organiga pasportini yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasini yoxud shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatni taqdim etgan holda murojaat qilishi, uning ish staji, ma’lumoti (mavjud bo‘lgan taqdirda), ish haqi to‘g‘risidagi ma’lumotlar hamda boshqa ma’lumotlar mahalliy mehnat organi tomonidan mas’ul davlat organlari va tashkilotlardan mustaqil ravishda, shu jumladan «Raqamli hukumat» tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali so‘rab olinishi zarurligi asoslantirilgan;
xodim haqiqatda ishlamagan bo‘lsa ham, lekin qonunchilikka asosan shaharlardagi byudjet tashkilotlarida xodimning ish joyi (lavozimi) saqlangan davriga oylik ustama olishi zarurligi asoslantirilgan;
oylik ustamalar shu oy davomida ishlagan vaqti, shuningdek, qonunchilik hujjatlariga asosan xodimning to‘liq yoki qisman oylik ish haqi saqlangan davrlari uchun ham to‘lanishi zarurati asoslantirib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Insonning mehnatga oid huquqlarini himoya qilish bo‘yicha milliy mexanizmlarni takomillashtirishga doir olingan ilmiy natijalardan quyidagilarda foydalanilgan:
qarindoshining sudlanganligi va bundan kelib chiqadigan huquqiy oqibatlar davlat fuqarolik xizmatiga qabul qilish va uni o‘tash chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining huquqlarini cheklash uchun asos bo‘lishi mumkin emasligi haqidagi taklif O‘zbekiston Respublikasining 2022 yil 8 avgustda qabul qilingan “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi O‘RQ-788-sonli Qonunining 10-moddasida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari instituti tomonidan 2025 yil 4 fevraldagi 3/dn-14- dalolatnoma). Ushbu taklif qarindoshining sudlangan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga davlat fuqarolik xizmatiga qabul qilish va uni o‘tash imkonini bergan;
Ish qidirayotgan shaxslar mahalliy mehnat organiga pasportini yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasini yoxud shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatni taqdim etgan holda murojaat qilishi, uning ish staji, ma’lumoti (mavjud bo‘lgan taqdirda), ish haqi to‘g‘risidagi ma’lumotlar hamda boshqa ma’lumotlar mahalliy mehnat organi tomonidan mas’ul davlat organlari va tashkilotlardan mustaqil ravishda, shu jumladan «Raqamli hukumat» tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali so‘rab olinishiga oid taklif 2020 yil 20 oktyabrda qabul qilingan «Aholi bandligi to‘g‘risida»gi 29-moddasida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari instituti tomonidan 2025 yil 4 fevraldagi 3/dn-14- dalolatnoma). Ushbu taklif ish qidirayotgan shaxslarning huquq va manfaatlarini himoyalashga xizmat qilgan;
xodim haqiqatda ishlamagan bo‘lsa ham, lekin qonunchilikka asosan shaharlardagi byudjet tashkilotlarida xodimning ish joyi (lavozimi) saqlangan davriga oylik ustama olishiga oid taklifi Vazirlar Mahkamasining 2025 yil 8 apreldagi 206-son qarori bilan tasdiqlangan “Uchquduq, Zarafshon, Nurobod shaharlari va Konimex tumanining Zafarobod shaharchasidagi byudjet tashkilotlari xodimlariga kompensatsiya xususiyatiga ega bo‘lgan ustama to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning to‘rtinchi bandi, uchinchi xatboshisida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri kotibiyatining Axborot-tahlil va yuridik ta’minlash departamenti tomonidan 2025 yil 29 aprelda berilgan 12-16-32-son dalolatnoma). Ushbu taklif xodim haqiqatda ishlamagan bo‘lsa ham, lekin qonunchilikka asosan shaharlardagi byudjet tashkilotlarida xodimning ish joyi (lavozimi) saqlangan davri oylik ustamani olish huquqini beruvchi ish stajiga kiritilishi imkonini bergan;
oylik ustamalar shu oy davomida ishlagan vaqti, shuningdek, qonunchilik hujjatlariga asosan xodimning to‘liq yoki qisman oylik ish haqi saqlangan davrlari uchun ham to‘lanadi mazmundagi taklifi Vazirlar Mahkamasining 2025 yil 8 apreldagi 206-son qarori bilan tasdiqlangan “Uchquduq, Zarafshon, Nurobod shaharlari va Konimex tumanining Zafarobod shaharchasidagi byudjet tashkilotlari xodimlariga kompensatsiya xususiyatiga ega bo‘lgan ustama to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning ettinchi bandida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri kotibiyatining Axborot-tahlil va yuridik ta’minlash departamenti tomonidan 2025 yil 29 aprelda berilgan 12-16-32-son dalolatnoma). Ushbu taklif xodimning to‘liq yoki qisman oylik ish haqi saqlangan davrlari uchun oylik ustamalar to‘lanishiga xizmat qilgan.