Tosheva Maftuna Rustamovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi  himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Fermer xo‘jaliklarida yashil texnologiyalardan foydalanish samaradorligini oshirish yo‘llari”, 08.00.04-“Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/Iqt5333
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Sultanov Baxodir Fayzullaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizasiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti, DSc.03/30.01.2020.I.10.03
Rasmiy opponentlar: Yuldashev Mutalib Ibrohimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Axrorov Farxod Baxriddinovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi fermer xo‘jaliklarida yashil texnologiyalardan foydalanish samaradorligini baholash va oshirish bo‘yicha ilmiy taklif hamda amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yashil texnologiyalarning samaradorlik ko‘rsatkichlarini xo‘jaliklarning resurslardan foydalanish, moliyaviy qo‘llab-quvvatlanish va ekologik ta’sir etish darajalarini hisobga olgan holda kompleks baholash bo‘yicha uslubiy yondashuv ishlab chiqilgan;
fermer xo‘jaliklarining investision faoliyati samaradorligiga ta’sir etuvchi yashil texnologiyalarni joriy etishni rag‘batlantirish maqsadida iqtisodiy jihatdan maqbul imtiyozli kreditlash shartlarini shakllantirish hamda kredit-subsidiyalash mexanizmlarini uyg‘unlashtirishga oid takliflar ishlab chiqilgan;
qishloq xo‘jaligida yashil texnologiyalarni joriy etish samaradorligi va holati bo‘yicha monitoring yuritish, uning natijalarini tahlil qilish va kompleks baholashni raqamli elektron platforma orqali muvofiqlashtirish va idoralararo axborot almashish jarayonlarining tashkiliy-boshqarish mexanizmi taklif etilgan;
Samarqand viloyati fermer xo‘jaliklarida quyosh energiyasi va suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish darajasining 2026–2032 yillarga mo‘ljallangan prognoz parametrlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Fermer xo‘jaliklarida yashil texnologiyalardan foydalanish samaradorligini oshirishga oid olingan ilmiy natijalar asosida:
hududlar qishloq xo‘jaligida yashil texnologiyalarning samaradorligini baholash va oshirishda xo‘jaliklarning resurslardan foydalanish, moliyaviy qo‘llab-quvvatlanish va ekologik ta’sir etish darajalarini hisobga olgan holda tavsiya etilgan indikatorlar tizimi va integral indekslar asosida kompleks baholash bo‘yicha uslubiy yondashuv O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizim tashkilotlarida amaliyotga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2026 yil 29 yanvardagi 05/04-04-121-son ma’lumotnomasi). Taklif etilgan integral indeks qishloq xo‘jaligida yashil texnologiyalardan foydalanish darajasini hududlar va fermer xo‘jaliklari kesimida baholash imkonini beradi; 
fermer xo‘jaliklarida yashil texnologiyalarni joriy etishni moliyalashtirish tizimini takomillashtirish maqsadida kreditlash va subsidiyalash mexanizmlarini o‘zaro uyg‘unlashtirishga oid takliflar O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizim tashkilotlarida amaliyotga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2026 yil 29 yanvardagi 05/04-04-121-son ma’lumotnomasi). Natijada, fermer xo‘jaliklarining yashil texnologiyalarga investisiya yo‘naltirish bo‘yicha moliyaviy imkoniyatlari kengayib, xususan, 7 foizli imtiyozli kredit stavkalarini joriy etish orqali yashil texnologiyalardan foydalanish darajasini oshirishga xizmat qiladi;
qishloq xo‘jaligida yashil texnologiyalarni joriy etish monitoringini yuritish va uning natijalaridan kompleks foydalanish jarayonlarini raqamli platforma orqali muvofiqlashtirish va idoralararo axborot almashinuvini boshqarishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirishga oid takliflar O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimidagi tashkilotlarga joriy etish uchun qabul qilingan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2026 yil 29 yanvardagi 05/04-04-121-son ma’lumotnomasi). Natijada, yashil texnologiyalarni joriy etish, monitoring qilish va kompleks baholash jarayonlarini yagona raqamli platforma asosida muvofiqlashtirish, shuningdek, ekologik sertifikatlash xizmatini joriy etish orqali fermer xo‘jaliklarida yashil texnologiyalarni qo‘llashni iqtisodiy rag‘batlantirish imkoniyatlari kengayadi;
Samarqand viloyati fermer xo‘jaliklari dinamik ma’lumotlari asosida yashil texnologiyalardan foydalanishning 2026–2032 yillarga mo‘ljallangan prognoz parametrlari O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimi tashkilotlarida amaliyotga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2026 yil 29 yanvardagi 05/04-04-121-son ma’lumotnomasi). Prognoz natijalariga ko‘ra, 2032 yilga borib Samarqand viloyati fermer xo‘jaliklarida quyosh energiyasi texnologiyalaridan foydalanish darajasi 35,4 foizga, innovatsion sug‘orish texnologiyalarini qo‘llash darajasi esa 6,9 punktga oshishi aniqlangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish