Annakulov Baxitbay Qdirbaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qoraqalpog‘iston Respublikasining shimoliy hududlarida kanalarning rivojlanish bioekologiyasi va ularga  qarshi kurash choralari”, 06.01.09 – O‘simliklarni himoya qilish (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.1.PhD/Qx919.
Ilmiy rahbar: Toreniyazov Elmurat Sherniyazovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpog‘iston dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.08/2025.27.12.Qx.01.01.
Rasmiy opponentlar: Anorbaev Azimjan Raymqulovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Mamatov Kamal Shavqievich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Qoraqalpog‘iston agrobiotsenozida uchraydigan kanalar turlarini, bioekologik rivojlanish xususiyatlarini, zarar keltirish mezonini belgilash, o‘simlik turlari va o‘sib rivojlanish fazalari, abiotik va biotik omillarning kanalarning rivojlanish dinamikasiga va zarar darajasiga bog‘liq bo‘lgan qarshi kurash tadbirlarini  ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Qoraqalpog‘iston agrobiotsenozida tarqalgan kanalar turlari, qishloq xo‘jalik ekinlari turlariga o‘sib-rivojlanish xususiyatlariga bog‘liq bo‘lishi aniqlangan;
so‘nggi yillari agrobiotsenozda paydo bo‘lgan kanalarning yangi turlari tarqalishiga, bioekologik rivojlanish xususiyatlariga abiotik va biotik omillar elementlari ijobiy va salbiy ta’sir etadigan elementlari kriteriyalari belgilangan;
qishloq xo‘jalik ekinlari turlarida tarqalgan kanalarning rivojlanish bioekologiyasi, dinamikasi qovunda 14,5-412.0 donagacha, qovoqda 23.5-618.6 donagacha, pomidor zang kanasi 2,6-10,3 donagacha zarar keltirish mezoni bo‘yicha qovunda 1.7-2.6 kg, qovoqda 1,1-5,6 kg hosilni nobud etadigan ma’lumotlar asosida turlarni boshqarish imkoni bo‘yicha tavsiya ishlab chiqilgan;
kanalarning asosiy va yangidan paydo bo‘lgan turlari rivojlanishini boshqarish uchun agrotexnik tadbirlarni to‘g‘ri tashkillashtirish, tabiiy biologik usullarni qo‘llash zarurligi isbotlangan;
bugungi kun talabi uchun istiqbolli hisoblangan kimyoviy preparatlarni kanalarga qarshi qo‘llashdagi biologik, xo‘jalik-iqtisodiy samaradorligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qoraqalpog‘iston agrobiotsenozida kanalar turlarining biologik va ekologik rivojlanish xususiyatlari, keltiradigan zararini o‘rganib, ularga qarshi kurash tadbirlarini ilmiy asoslash bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari asosida:
hudud sharoitida fermer xo‘jaliklari uchun «Qaraqalpaqstan agrobiotsenozi biotoplarindag‘i keneler tүrleri, morfologiyaliq belgileri, bioekologiyasi, dinamikasi, olarg‘a qarsi gүres ilajlari», «Keneler rao‘ajlandirio‘dag‘i qolayli sharayatlar, ziyankeslerine qarsi gүres ilajlari boyinsha usinislar» nomli tavsiyanomalar tasdiqlangan  (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi 2026-yil 7-yanvardagi №04/017-11-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyanomalar bugungi kunda fermer va dehqon xo‘jaliklari, tomorqa er egalari tomonidan amaliy faoliyatida foydalanib kelinmoqda;
qishloq xo‘jaligi ekinlarida shartli turda olib boriladigan agrotexnik tadbirlarni maqbul muddat va sharoitlarda qishlovga ketayotgan, qishlov va bahorda chiqayotgan kanalarning sonini  kamaytirish choralari Nukus tuman “Konis-Batir” fermer xo‘jaligida 124 gektar maydonda joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi 2026 yil 7-yanvardagi №04/017-11-sonli ma’lumotnomasi). Natijada keng tarqalgan o‘rgimchakkana, so‘nggi yillari paydo bo‘lgan pomidorning zang kanasi, bog‘ kanasi tarqalishiga qish oylarining iliq kelishi, vegetatsiya davrida havo harorati va nisbiy namligining ijobiy ta’sirida katta maydonlarga tarqalib zarar keltirishiga qarshi kurashilgan; 
kanalarga qarshi kurashish choralarini qullash Chimboy tuman “Reyimboy Esen” fermer xujaligida 67 gektar, Kegeyli tuman “Qannazar Shengel” fermer xo‘jaligida 86 gektar maydonlarda joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi 2026 yil 7 yanvar` №01/017-11-sonli ma’lumotnomasi). Natijada o‘rgimchakkana vegetatsiya davri oxirigacha qovun bargida 334,3-456,5 dona, qovoqda 516,2-664,07 donagacha ko‘payib, tarqalgan begona o‘tlarning 24,2-77,2 % g‘o‘zaning 32,5-36,3 %, bodringda 18,1-22,5 %, baqlajonda 16,5-31,3 %, qovunda 33,1-55,2 %, qovoqda 13,3-31,2 % va olma daraxtlarining 19,3-44,4 %, o‘rikning 11,6-21,2 % barglarida rivojlanib zarar keltirishi, pomidor zang kanasi 1,6-68,1 % barglarining 1,5 sm2 maydonida 9,2-10,3 donagacha, bog‘ o‘rgamchakkanasi olma bog‘larining  36,4-37,2% barglarida 84,3-149,0 donagacha ko‘payib zarar keltiradiganligi aniqlangan. Qovun barglarida 320,5-412,0 donagacha, qovoqda 511,2-618,5 donagacha rivojlangan o‘rgimchakkana gullash fazasini 0,5-1,5 kunga kechiktirib, bir tupdan 1,7-2,6 kg qovun, 1,1-5,6 kg qovoq hosili kamaygan. Kanalar turlarning rivoji oldini olishda entomoakarifaglardan samarali foydalanish, agrotexnik tadbirlarni tavsiya etilgan darajada qo‘llash va kimyoviy prepartlar qo‘llanilib 94,3-97,9 foiz biologik samaradorlikka erishilgan, iqtisodiy samaradorligi 443,3-997,5 so‘m/gacha ta’minlab, ishning rentabellik darajasi 110-354 foizni tashkil qiladigan qarshi kurash tadbirlari ishlab chiqarishga joriy etilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish