Tuymanov Bekzod Nuriddinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Shishalarning spektral va to‘lqin o‘tkazish xususiyatlariga issiqlik va termoradiatsion ishlov berish bilan stimullashgan M1shisha⇄M2eritma ishqoriy metallar almashinuvining tasiri”, 01.04.07–“Kondensirlangan holat fizikasi”(fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/FM727
Ilmiy rahbar: Eshbekov A’zamkul Anarboevich, fizika-matematika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti”.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat texnika universiteti, PhD.03/2025.27.12.FM.19.04.
Rasmiy opponentlar: Ulugbek Tajibaevich Kurbanov, fizika-matematika fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Maralbek Oskonbaev, fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxora davlat texnika universiteti Nanotexnologiyalar ilmiy markazi
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Shishalarda M𝟏shisha⇄ M𝟐eritma tipli ishqoriy metal ionlari almashinish qonuniyatlarini tushuntirish hamda ularga termik va radiatsiyaviy ishlov berishning spektral va to‘lqin o‘tkazish xossalariga taʼsirini o‘rganishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
birinchi marta 50SiO2+20MnO+20K2O+6SnO2+4CaO tarkibli murakkab silikat shishalari an’anaviy yuqori haroratli sintez usulida olindi va ularning spectral-lyuminessensiya xossalariga past haroratli ion almashinuvi va gamma nurlari bilan nurlantirishning ta’siri o‘rganilgan;
50SiO2+20MnO+20K2O+6SnO2+4CaO tarkibli shisha namunalari NaNO3 va KNO3 tuzlari eritmasida past haroratli ion almashinuvi jarayonida, shishalar o‘zlarining amorf holatlarini saqlab qolgan holda, shisha strukturasini tashkil qiluvchi molekulyar guruhlarning qayta taqsimlanishi hodisasi topilib, ushbu hodisa PHIA jarayoni harorati va ishlov berish vaqtining oshishi bilan yanada kuchayishi birinchi marta ko‘rsatilgan;
yuqori dozalarda (107 Rad) gamma nurlari bilan nurlantirilgan namunalarda molekulyar strukturaviy guruhlarning qayta taqsimlanishi bilan bir vaqtda, shisha tarkibidagi muntazam bo‘lmagan ─O─O─ bog‘lari uzilib, uzilgan kislorod bog‘lariga ishqoriy metal ionlarining birikishi va ─O• bog‘lanmagan kislorod radikali hosil qilishi, agar ushbu radikallar yonida polivalent (masalan Mn2+) ionlari mavjud bo‘lsa, uzilgan ikkinchi valent bog‘ unga bog‘lanib, marganesni Mn2+ holatidan Mn3+ holatiga, ya’ni tetraedral Mn2+ ionlarini uch valentli oktaedral koordinatsiyaga o‘tkazishi aniqlangan;
50SiO2+20MnO+20K2O+6SnO2+4CaO va K-8 shishalarida past haroratli ion almashinuvi jarayonida iffuzant ion radiusi o‘lchamining oshirilishi (jarayonda qatnashayotgan NaNO3, KNO3 va CsNO3 tuz eritmalarining almashtirilishi) ion almashinuv jarayonining sekinlashtirishi aniqlangan;
ilk bora 50SiO2+20MnO+20K2O+6SnO2+4CaO tarkibli sishalarda T=400 0C dan yuqori haroratlarda past haroratli ion almashinuvi amalga oshirilganda namumalar sirt qatlamida kalsiy marganes oksidi (CaMnO), natriy-kalsiyli silikat (Na4Ca4(Si6O18) va natriy-marganes oksidi (Na2Mn3O7) nanokristallari hosil bo‘lishi aniqlangan;
tuz eritmasida K-8 shishalariga termoradiatsion ishlov berish, ion almashinuvi jarayonini tezlashtirishi, gamma maydonisiz ishlov berilgandagiga nisbatan to‘lqin o‘tkazuvchi modlar hosil bo‘lish vaqtining kamayishi, modlardagi sindirish ko‘rsatkichi va diffuzantlarning shisha sirt qatlamiga kirib borish chuqurligining ortishi va to‘lqin o‘tkazgich modlar sonining 2 barobar oshishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Shishalarning spektral va to‘lqin o‘tkazish xususiyatlariga issiqlik va termoradiatsion ishlov berish bilan stimullashgan M1shisha⇄M2eritma ishqoriy metallar almashinuvining ta’sirini o‘rganish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
oddiy termik ishlov berilgan na’muna bilan termoradiatsion ishlov berish bilan olingan na’munalar taqqoslanganda, radiatsiya ta’sirida sintez qilingan na’munalarda to‘lqin o‘tkazgich qatlarining hosil bo‘lishi tezlashishi, to‘lqin o‘tkazgich qatlamlarning hosil bo‘lish vaqti radiatsiya ta’sirida kamayishi, radiatsiya ta’sirida modlar sonining oshishi, sintez qilingan namuhalarning sirt qatlamida ionlar almashinishi natijasida shisha strukturaviy tuzilishining va tarkibining o‘zgarishi haqidagi ma’lumotlardan Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti Analitik kimyo kafedrasida 2017-2020 yillarda bajarilgan F-OT-F7-84-“ Kimyoviy sensorlarning yangi avlodi uchun gaz sezgir materiallar sintezi nazariy asoslarini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental loyihasi doirasida foydalanilgan (Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti 2025 yil “26“ “dekabr”dagi №10-6856 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada To‘lqin o‘tkazgich qatlamlarning o‘sishi tezlashishi va radiatsiya ta’sirigda modlar soninig ikki barobarga ortirish imkonini bergan.
O‘zbekiston Milliy universitetida 2022-2024 -yillar davomida fizika-matematika fanlari doktori, professor Yuldashev Shavkat Uzgenovich rahbarligida bajarilgan IL-4821091628 – sonli “Fotovoltaikada qo‘llanilish uchun shaffof o‘tkazuvchan metall oksidlardagi nanostrukturlangan grafenli plyonkalarni shakllantrish va ulardagi zaryad tashuvchilarining ko‘chish jarayonlari mexanizmlari” mavzusidagi fundamental loyihasida qisman foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy universiteti 2026 yil “28“ “yanvar”dagi №01/3742 raqamli ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalardan foydalanish sintez qilingan namunalarning sirt qatlamida ionlar almashinishi natijasida shisha tuzilishining va tarkibining o‘zgarishlarini tushuntirish imkoniyatini bergan.