Esenbekova Patima Tanirbergen kizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekiston va Qozog‘iston fuqarolik sudlovida yarashuv tartib-taomillari», 12.00.04–Fuqarolik protsessual huquqi. Xo‘jalik protsessual huquqi. Hakamlik jarayoni va mediatsiya (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/Yu307.
Ilmiy rahbar: Ro‘zinazarov Shuxrat Nuralievich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.07/30.12.2019.Yu.22.01.
Rasmiy opponentlar: Umarov Tolibjon Abduazizovich, yuridik fanlar doktori, dotsent; Raxmonqulova Nilufar Xodjiakbarovna, yuridik fanlar doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Yuristlar malakasini oshirish markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi fuqarolik sud ish yurituviga yarashtirish tartib-taomilini joriy etishning nazariy va amaliy huquqiy muammolarini o‘rganish, fuqarolik sudida ishni ko‘rish doirasida sud tomonidan taraflarni yarashtirish asoslarini yaratish, qonunchilikni va uni qo‘llash amaliyotini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
fuqarolik-protsessual qonunchilikka yarashtirish tartib-taomillari institutini joriy etish lozimligi asoslab berilgan;
taraflarni yarashtirish uchun choralar ko‘rish, ularga fuqarolik sud ishlarini yuritishning barcha bosqichlarida nizoni hal etishga ko‘maklashish majburiyatini sudga yuklash lozimligi isbotlangan;
kelishuv bitimi va mediativ kelishuvni fuqarolik sud ishlarini yuritishning har qanday bosqichida va sud hujjatini ijro etish jarayonida yozma shaklda tuzish mumkinligi asoslangan;
er-xotinni yarashtirish maqsadida ajrashish to‘g‘risidagi ishning ko‘rilishi bir necha marta keyinga qoldirilishi mumkinligi asoslab berilgan;
er-xotin yarashishi uchun berilgan muhlatni qisqartirish sud tomonidan er va xotinni xabardor qilgan holda hal etilishi lozimligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston va Qozog‘iston fuqarolik sudlovida yarashuv tartib-taomillari bo‘yicha olingan ilmiy natijalari asosida:
fuqarolik-protsessual qonunchilikka yarashtirish tartib-taomillari institutini joriy etish lozimligi to‘g‘risidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining yangi 17-bobi nomini o‘zgartirishda o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasining 2019 yil 30 oktyabrdagi 06-14/2205-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif O‘zbekiston Respublikasi fuqarolik protsessual qonunchiligida yarashtirish tartib-taomillari tushunchasini qonuniy mustahkamlashga xizmat qilgan;
sud taraflarni yarashtirish uchun choralar ko‘rishi, ularga fuqarolik sud ishlarini yuritishning barcha bosqichlarida nizoni hal etishga ko‘maklashishi lozimligi to‘g‘risidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 166-moddasi birinchi qismda o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasining 2019 yil 30 oktyabrdagi 06-14/2205-son ma’lumotnomsi). Mazkur taklif sudning fuqarolik sud ish yurituvidagi nizo ishtirokchilari – taraflarni yarashtirish bo‘yicha choralarni ko‘rish yuzasidan majburiyatini mustahkamlashga xizmat qilgan;
kelishuv bitimi va mediativ kelishuv da’vo tartibida yuritiladigan har qanday ishlar bo‘yicha tuzilishi mumkinligi, ularni yozma shaklda tuzish lozimligi, sud tomonidan tasdiqlanishi to‘g‘risidagi takliflar O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 166-moddasi ikkinchi-oltinchi qismlarida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasining 2019 yil 30 oktyabrdagi 06-14/2205-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif O‘zbekiston Respublikasi kelishuv bitimi va mediativ kelishuvini tuzish, tasdiqlashni huquqiy tartibga solishga xizmat qilgan;
er-xotinni yarashtirish maqsadida olti oylik muhlat ichida ishning ko‘rilishi bir necha marta keyinga qoldirilishi mumkinligi to‘g‘risidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2011 yil 20 iyuldagi 6-son «Sudlar tomonidan nikohdan ajratishga oid ishlar bo‘yicha qonunchilikni qo‘llash amaliyoti to‘g‘risida»gi qarorining 15-bandida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining 2019 yil 28 noyabrdagi PL-69-19-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif sud tomonidan er-xotinni yarashtirish bo‘yicha choralarning samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
er-xotinga yarashish uchun berilgan muhlatni qisqartirish to‘g‘risidagi masala sud majlisida taraflarni xabardor qilgan holda va ajrim chiqarish yo‘li bilan hal etilishi to‘g‘risidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2011 yil 20 iyuldagi 6-son «Sudlar tomonidan nikohdan ajratishga oid ishlar bo‘yicha qonunchilikni qo‘llash amaliyoti to‘g‘risida»gi qarorining 15-bandida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining 2019 yil 28 noyabrdagi PL-69-19-son dalolatnomasi). Mazkur taklif ajrashish to‘g‘risidagi ishlarni har tomonlama va adolatli hal etishga xizmat qilgan.