Abdullaev Shuxrat Maxmutjonovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Parmalashda kesuvchi asbobning xolatini vibroakustik usul bilan nazorat qilish”, 05.02.05 – “Mexanik va fizik – texnik ishlov berish texnologiyalari va jarayonlari. Stanoklar va asbob uskunalar” ixtisosligi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/T4453.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat texnika universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti huzuridagi DSc.03/2025.27.12.T.02.04. raqamli Ilmiy Kengash.
Ilmiy rahbar: Fayzimatov Shuxrat Numanovich, texnika fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Axmedov Azamat Xaitovich, texnika fanlari doktori (DSc); Ravshanov Jamshid Ravshanovich texnika fanlari doktori, (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon mashinasozlik instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Parmalashda kesuvchi asbobning holatini aniqlash uchun vibroakustik signallardan foydalanish.
 III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
parmalash jarayonida kesuvchi asbobning holatini kuzatish imkonini beruvchi usul kesish jarayonida hosil bo‘ladigan tebranishlarning amplitudasi bilan kesish tezligi orasidagi bog‘liqlik asosida ishlab chiqilgan;
 parmalash jarayonida kesuvchi asbobning dinamik holatini aniqlash usuli parmalsh jarayonida hosil bo‘ladigan akustik signal parametrlarining o‘zgarish dinamikasi asosida ishlab chiqilgan;
 parmalsh paytida kesuvchi asbobning eyilish mezonlarini aniqlash uchun vibroakustik usuli kesuvchi asbobning hosil bo‘lgan mikrozarblarning xarakteriga bog‘liq ravishda ishlab chiqilgan.
vibroakustik signal yordamida parmalash jarayonida kesuvchi asbobning ishlash muddati va chidamliligini aniqlash usuli parmalsh jarayonida kesuvchi asboblarning holatini o‘zgarish parametrlari asosida ishlab chiqilgan;
vibroakustik signal orqali parmalab ishlov berishda kesuvchi asbobning texnologik parametrlarini aniqlash usuli kelayotgan signalni tahlil qilish asosida ishlab chiqilgan;
parmalashning texnologik parametrlari va diagnostika obekti hamda kesuvchi asbob o‘rtasidagi o‘rnatilgan mutanosiblik ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Parmalashda kesuvchi asbobning holatini vibroakustik usul bilan nazorat qilish bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqotlar, olingan ilmiy natijalar asosida:
-parmalash jarayonida kesuvchi asbobning holatini kuzatish imkonini beruvchi usul Navoiy kon-metallurgiya kombinati qoshidagi Navoiy mashinasozlik zavodi korxonasiga joriy qilingan (“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasining 2023 yil 20 dekabr 23.01-01-07/693-son ma’lumotnomasi). Natijada kesish jarayonida josil bo‘ladigan tebranishlarni aniqlash darajasi 24-25%ga oshgan;
-akustik signal yordamidan foydalanib parmalash jarayonida  kesuvchi asbobning dinamik holatini aniqlash usuli Navoiy kon-matallurgiya kombinati qoshidagi Navoiy mashinasozlik zavodi korxonasiga joriy qilingan  (“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasining 2023 yil 20 dekabr 23.01-01-07/693-son ma’lumotnomasi). Natijada kesuvchi asbobning geometrik o‘lchamlarini nazorat qilish aniqligi 12-14%ga oshgan;
-parmalash paytida kesuvchi asbobning eyilish mezonlarini aniqlash uchun vibroakustik usuki Navoiy kon-metallurgiya kombinati qoshidagi Navoiy mashinasozlik zavodi korxonasiga joriy qilingan (“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasining 2023 yil 20 dekabr 23.01-01-07/693-son ma’lumotnomasi). Natijada foydalanish kesuvchi asbobning holatini kuzatish imkonini 20%ga oshgan;
- vibroakustik signal yordamida parmalash jarayonida kesuvchi asbobning ishlash muddati va chidamliligini aniqlash usuli Navoiy kon-metallurgiya kombinati qoshidagi Navoiy mashinasozlik zavodi korxonasiga joriy qilingan (“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasining 2023 yil 20 dekabr 23.01-01-07/693-son ma’lumotnomasi). Ishlab chiqarish sharoitida vibroakustik usuldan foydalangan holda parmalash jarayonida kesuvchi asboblarning holatini kuzatish usulidan foydalanish parmalash samaradorligini 1,4 barovar oshirgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish