Usmonxo‘jaev Sanjar Ibroxim o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “gruntli to‘g‘onlarning kuchlanganlik-deformatsiyalanish holatini gruntning notekis namlanganligini hisobga olgan holda baholash” 01.02.04–“Deformatsiyalanuvchan qattiq jism mexanikasi” ixtisosligi bo‘yicha (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/T4562
Ilmiy rahbar: Matkarimov Paxridin Jo‘raevich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Namangan Namangan davlat texnika universitetidagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/2025.27.12.T.15.01-raqamli ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Sultonov Tohirjon Zokirjanovich     texnika fanlari doktori, professor, Umarxonov Sa’dillaxon Ismatullaevich, texnika fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot:Farg‘ona davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi gruntli to‘g‘onlarning kuchlanganlik-deformatsiya holatlarini konstruktiv xususiyatlari, joylashish relefi, murakkab geometriyasi va gruntining notekis namlanganligini hisobga oluvchi hajmiy matematik modelini takomillashtirish, tadqiqot usullarini ishlab chiqish, algoritmini yaratish hamda hajmiy modellar yordamida natijalar olish va ularni tahlil qilish orqali gruntli to‘g‘onlarni ekspluatatsiya qilish jarayonida nomaqbul deformatsiyalanadigan zaif qismlarni aniqlash va to‘g‘onning mustahkamligini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
gruntli to‘g‘onlarning real konstruktiv xususiyatlari, murakkab relefi, haqiqiy geometrik o‘lchamlari, gruntning xususiy og‘irligi, suvning gidrostatik bosimi hamda gruntning notekis namlanganlik holatini hisobga oluvchi hajmiy matematik model takomillashtirilgan;
bir jinsli bo‘lmagan konstruktiv xususiyatlarga ega bo‘lgan, murakkab relefda joylashgan gruntli to‘g‘onlarning kuchlanganlik-deformatsiyalanish holati va mustahkamligini suvning bosimi va to‘g‘onning xususiy og‘irligini inobatga olgan holda  takomillashtirilgan hajmiy matematik model asosida baholangan;
takomillashtirilgan matematik model va ishlab chiqilgan hisoblash usullari asosida gruntli to‘g‘onning hajmiy kuchlanganlik-deformatsiyalanish holati tadqiq qilinib, inshoot tanasida yoriqlar hosil bo‘lish ehtimoli yuqori bo‘lgan xavfli zonalari aniqlangan;
gruntli to‘g‘onlarning mustahkamligini xususiy og‘irlik va suvning gidrostatik bosimini hisobga olgan holda, hajmiy model yordamida mustahkamlikning 4-energetik nazariyasi asosida baholangan va inshootning mustahkamligi past bo‘ladigan qismlarini oldindan aniqlash imkoniyati yaratilgan;
gruntli to‘g‘onning statik kuchlar ta’siridagi kuchlanganlik holatlarini baholashda to‘g‘on tanasida hosil bo‘lishi mumkin bo‘lgan cho‘zilish deformatsiyalarini aniqlash bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Gruntli to‘g‘onlarning kuchlanganlik-deformatsiyalanish holatini gruntning notekis namlanganligini hisobga olgan holda baholash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2026-yil 10-fevraldagi 04/20-608-sonli ma’lumotnomasi. O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi “Norin-Sirdaryo” irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasining 2026-yil 7-yanvardagi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi qoshidagi “Suv loyiha” MChJ Namangan filialining 2026-yil 5-yanvardagi dalolatnomalar bilan joriy etilgan shuningdek, Namangan davlat texnika universitetining 2025-yil 6-oktyabrdagi dalolatnomasi bilan o‘quv jarayonlariga joriy etilgan. Tadqiqotchi tomonidan olingan natijalarga asoslangan, ilmiy va amaliy ahamiyati ochib berilgan, tadqiqot natijalaridan yangi loyihalanayotgan va qurilishi rejalashtirilgan hamda mavjud suv omborlarning gruntli to‘g‘onlarining kuchlanganlik-deformatsiyalanish holatlarini aniqlash va mustahkamligini baholashda foydalanishi  imkoniyati yaratilgan.
                                

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish