Abdujobborov Alisher Abdulxay o‘g‘lining 
falsafa doktori (PhD) himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Temir yo‘l poezdlari harakatidan hosil bo‘ladigan tebranishlarning uch o‘lchamli fazoda tarqalishi masalasi”, 01.02.04-“Deformatsiyalanuvchan qattiq jism mexanikasi” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/T5208
Ilmiy rahbar: Yuldashev Sharafitdin Sayfitdinovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami Namangan davlat texnika universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/2025.27.12.T.15.01 - raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Saparov Ismoil Ibroximovich fizika-matematika fanlari doktori, professor., Xolboev Zokirjon Xodievich texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat texnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi temir yo‘l poezdlari harakati natijasida uch o‘lchamli fazoda hosil bo‘ladigan zararli tebranishlarning grunt orqali tarqalish darajasini kamaytirish bo‘yicha samarali usullarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
chekli elementlar usulidan foydalanib, temir yo‘l polotnosi atrofidagi gruntda va u erda joylashgan bino va inshootlar konstruksiyalarida hosil bo‘ladigan dinamik jarayonlarning chekli fazoda baholash bo‘yicha uch o‘lchovli matematik model ishlab chiqilgan va gruntli asoslarda sodir bo‘ladigan tebranish jarayonini baholash uchun takomillashtirilgan;
- temir yo‘l poezdlari harakati natijasida tarqaladigan tebranishlarning temir yo‘l poydevori asos qatlami hamda ko‘tarma ballast qismi, ko‘tarma balandligining grunt materiali turli fizik-mexanik xossalarga ega bo‘lgan grunt turlariga bog‘liqligi tekshirildi. Natijalarga ko‘ra, bino nuqtalarida hosil bo‘ladigan tebranish parametrlari (ko‘chish va tezlik, tezlanish) ni temir yo‘l poydevori asos qatlamini shag‘al gruntdan ko‘tarish hisobiga 10 % dan 30 % gacha kamaytirish mumkinligi aniqlangan;
- temir yo‘l polotnosidan bino va inshootlargacha bo‘lgan masofa orasida tebranishlar darajasini pasaytirish uchun vibrotosiq konstruksiya (rezina kauchik) joylashtirilgan va dastur asosida uning samaradorligi aniqlangan hamda vibrotosiq ortidagi nuqtalarning tebranish darajasini 40 % ga pasaytirishi isbotlangan;
- poezdlar harakati natijasida gruntda hosil bo‘ladigan tebranishlarni binoga o‘tkazmaslik uchun temir yo‘l bilan bino oraligʻidagi gruntga joylashtirilgan vibroto‘siq konstruksiya (rezina kauchuk) ning geometrik o‘lchamlari o‘zgartirilib, joylashtirish masofalari takomillashtirilgan;
- poezd harakati natijasida temir yo‘l yaqinida joylashgan bino qavatlarida hosil bo‘ladigan tebranishlar darajasiga bino bilan temir yo‘l orasida joylashtirilgan vibroto‘siq konstruksiya (ya’ni, so‘ndiruvchi konstruksiya sifatida - rezina kauchuk)ning ta’sirini aniqlash uchun bir jinsli bo‘lmagan elastik yarim fazoda to‘lqin tarqalish masalasini vibroto‘siqni hisobga olgan holda echib, bu vibrotosiq kontruksiyalar binoning barcha qavatlarida sodir bo‘ladigan tebranish parametrlarini 8 % dan 40 % gacha kamaytirishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ilmiy-tadqiqot yo‘nalishi bo‘yicha olingan matematik modellar, hisoblash algoritmlari va dasturlari hozirda “Kelajak-S” xususiy korxonasida, “Kovcheg-Art” MChJ va Namangan viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasida hamda M.T.O‘rozboev nomidagi mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti xulosasi (ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini joriy etish to‘g‘risidagi dalolatnomalar ilova qilinadi) foydalanish uchun qabul qilingan. (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2025 yil 10 dekabrdagi № 34-06/14575 ma’lumotnomasi). Natijada temir yo‘l poezdlari harakatidan hosil bo‘lgan tebranishlarni so‘ndirish samaradorligini oshirishga erishilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish