Ro‘ziev Islom Ilxom o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qumli gruntlarning fizik-mexanik xossalarini asoslash (surxondaryo viloyati misolida)”, 04.00.04 – Gidrogeologiya va muhandislik geologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.1.PhD/T6392.
Ilmiy rahbar: Kayumov Abdubaki Djalilovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
Ilmiy kengash (IK) faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: “Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi instituti” Davlat muassasasi huzuridagi DSc.31/2025.27.12.GM.05.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Aimbetov Izzet Kallievich, texnika fanlari doktori, professor; Axunjanov Alimjon Maxmudjanovich, geologiya-mineralogiya fanlari nomzodi, katta ilmy xodim.
Yetakchi tashkilot nomi: Toshkent arxitektura-qurilish universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: bino va inshootlar hamda yo‘l to‘shamasiga asos bo‘lib xizmat qiladigan qumli gruntlarning fizik-mexanik xossalarini asoslashdan (Surxondaryo viloyati misolida) iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Surxondaryo viloyati hududida bir xil zichlik va namlikka ega bo‘lgan qumli gruntlarga tebranma harakat ta’siri natijasida ularning xossalari o‘zgarishi asoslab berilgan;
bino va inshootlarga asos bo‘lib xizmat qiluvchi qumli gruntlarning hisobiy qarshiligi bo‘yicha tadqiqot hududini muhandislik-geologik sharoitlarini o‘ziga xos xususiyatlarini e’tiborga olib turlarga ajratish uslubi ishlab chiqilgan;
tadqiqot hududidagi bino va inshootlar asosidagi qumli gruntlarning tebranma harakat ta’sir (Kt.h.) koeffisientining miqdoriy qiymatini ichki ishqalanish burchagiga bog‘liqligi aniqlangan va uni chuqurlik, masofa va granulometrik tarkibiga korrelyasion bog‘liqligi bo‘yicha matematik ifodalari ishlab chiqilgan;
tadqiqot hududidagi avtomobil yo‘llari to‘shamasi asosidagi qumli gruntlarning mexanik ko‘rsatkichlarini zichlik, namlik va granulometrik tarkibiga korrelyasion bog‘liqligini aniqlash bo‘yicha matematik ifodalari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Surxondaryo viloyati Termiz va Jarqo‘rg‘on tumanlaridagi qumli gruntlarda olib borilgan dastlabki va mufassal qidiruv bosqichlarida, shuningdek, kuzatuv ishlarini tahlili bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Surxondaryo viloyati Termiz va Jarqo‘rg‘on tumanlari hududining chuqurlik bo‘yicha qumli gruntlarini fizik-mexanik xossalari aniqlangan va ularning ilk bor gidrogeologik va muhandislik-geologik sharoiti bo‘yicha tuzilgan sxematik xaritalari “Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi instituti” davlat muassasining ilmiy-faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining 2025-yil 15-oktyabrdagi 16-3706-son ma’lumotnomasi). Natijalar hududda o‘tkaziladigan muhandislik-geologik tadqiqotlarning aniqligi, samaradorligi va axborotliligini oshirish imkonini bergan;
Surxondaryo viloyati Termiz va Jarqo‘rg‘on tumanlari hududidagi qumli gruntlarning tebranma harakat ta’siri natijasida ularning ichki ishqalanish burchagi va hisobiy qarshiligini kamayishi “Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi instituti” davlat muassasining ilmiy-faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining 2025-yil 15-oktyabrdagi 16-3706-son ma’lumotnomasi). Natijada, bino va inshootlarni loyihalash davrida hisoblanadigan hisobiy qarshilikni 1,18 barobar kamayishini hisobga olgan holda tavsiyalar ishlab chiqilgan, bu esa o‘z navbatida bino va inshootlarning turg‘unligini oshirishga imkon yaratgan;
tadqiqot hududidagi yo‘llar poyidagi qumli gruntlarning mustahkamlik va deformatsiya ko‘rsatkichlarining zichlik, namlik va granulometrik tarkibiga bog‘liqligini aniqlash bo‘yicha matematik ifodalari hamda qumli cho‘llarda avtomobil yo‘llari poyini loyihalash va qurishga oid IQN 121-25 “O‘zbekiston sharoitida avtomobil yo‘llarining poyini loyihalash va qurish bo‘yicha ko‘rsatmalar” ishlab chiqilgan va “Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi instituti” davlat muassasining ilmiy-faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining 2025-yil 15-oktyabrdagi 16-3706-son ma’lumotnomasi). Bu esa o‘z navbatida yo‘llar poyining turg‘unligini oshishiga imkon yaratgan.