Buronov Anvarjon Yusuf o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): « Ko‘p halqali tieno[3,2-d]pirimidinlarning sintezi va biologik faolligi», 02.00.03 – Organik kimyo (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/K978.
Ilmiy rahbar: Bozorov Xurshed Abdulloevich, kimyo fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, PhD.03/2025.27.12.K.09.09. 
Rasmiy opponentlar: Jo‘raqulov Sherzod Niyatqobulovich, kimyo fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Yuldasheva Muxabbat Razzoqberdievna, kimyo fanlari doktori, dotsent, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent farmatsevtika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: aminotiofen va benzotiofen hosilalari asosida kondensirlangan ko‘p halqali tieno[3,2-d]pirimidinlarni sintez qilish, ularni kimyoviy modifikatsiyasini tizimli tadbiq etish, reaksiya jarayonlariga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash, sintez qilingan birikmalar tuzilishini tasdiqlash hamda fizik-kimyoviy va biologik xossalarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
3-aminotiofen va 3-amino-5-brombenzo[b]tiofen karbon kislota efirlari asosida yangi tri- va tetratsiklik T[3,2-d]P hosilalari sintez qilingan va reaksiyalarning mexanizmlari aniqlangan;
tritsiklik T[3,2-d]P larning aromatik aldegidlar bilan kondensatsiya reaksiyalari natijasida metilen halqasining α-holatida benziliden hosilalari shakllanish qonuniyati aniqlangan va reaksiyaning optimal sharoitlari asoslab berilgan;
tetratsiklik benzo[4,5]tieno[3,2-d]pirimidin sinf birikmalarida Pd va Cu katalizatorlari ishtirokida Suzuki-Miyaura, Buchvald-Hartvig va Ullmann reaksiyalari amalga oshirilib, C–C, C–N va C–O bog‘lari tutgan yangi hosilalar olinishi isbotlangan;
ko‘p halqali tieno[3,2-d]pirimidin hosilalarida C=C bog‘ining gidrogenlanishi hamda pirimidin halqasidagi N=C bog‘ining selektiv qaytarilishi reaksiyalarining borish qonuniyatlari topilgan, shuningdek tionlash reaksiyalari natijasida (C=O→C=S) 99% gacha unumlarda tio-hosilalar olinishi aniqlangan;
in silico molekulyar doking tahlillari asosida ko‘p halqali T[3,2-d]P larning CDK2/CyclinE1 va CDK5/p25 oqsillari bilan o‘zaro ta’siri o‘rganilib, ularning bog‘lanish xususiyatlari tuzilish–faollik bog‘liqligi aniqlangan;
sintez qilingan birikmalar orasidan yuqori antiproliferativ va ferment ingibitor faollikka ega istiqbolli nomzod moddalar (12m, 6e va boshqalar) topilgan, jumladan 12m birikmasining odam yo‘g‘on ichak HT-29 va bachadon bo‘yni HeLa saratoni hujayralariga nisbatan yuqori antiproliferativ faollik (IC50 = 0.04 va 0.07 μM) namoyon etishi aniqlangan;
jami 113 ta tri- va tetratsiklik T[3,2-d]P hosilalari sintez qilinib, ulardan 101 tasi yangi birikmalar ekanligi zamonaviy fizik-kimyoviy usullar yordamida isbotlangan.  
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tri- va tetratsiklik T[3,2-d]P hosilalarini tizimli sintezi, ularni modifikatsiyasi, olingan birikmalarning tuzilishi va biologik xossalarini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
kondensirlangan T[3,2-d]P, jumladan 9a, 12l va 11c birikmalar kristallarining RTT natijalari Kembridj markaziy kristallografik ma’lumotlar bazasiga kiritilgan (The Cambridge Structural Database, CCDC: 2393001, 2490339, 2490367). Natijada, mazkur ma’lumotlar o‘xshash tuzilishga ega birikmalarni sintez qilish va ularning fazoviy tuzilishini aniqlash imkonini bergan;
ko‘p halqali T[3,2-d]P hosilalarining patogen bakterialarga qarshi faolligi  sinovlardan o‘tkazilgan hamda Samarqand viloyatidagi «INTEGRA DD» MChJ qo‘shma korxonasining mikrobiologiya laboratoriyasida amaliyotga joriy etilgan (2025-yil 16-yanvardagi №17-son ma’lumotnomasi). Natijada, ayrim birikmalar suvni bakterial tozalashda istiqbolli vosita sifatida tavsiya etilgan;
sintez qilingan 3-amino-5-brombenzo[b]tiofen va 3-aminotiofen efirlari asosida polimetilen halqali tri- va tetratsiklik tieno[3,2-d]pirimidin hosilalarini olish va ularni maqsadli modifikatsiyalash usullari Xinjiang Shafiya Biotechnology Co., Ltd. korxonasida amaliyotga joriy etilgan (2026-yil 6-fevraldagi ma’lumotnoma). Natijada, ushbu yondashuvlar farmakofor guruhlarga boy yangi birikmalarning analog va gomologlarni olish hamda ularning biologik faolligini optimallashtirish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish