Zaripova Mexrangiz Ravshanovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Metabolik sindromdagi biokimyoviy oʻzgarishlar va ularni O‘zbekistonda oʻsadigan dorivor oʻsimlik ekstraktlari yordamida korreksiyalash”, 02.00.10 - Bioorganik kimyo, 03.00.01 - Biokimyo (biologiya fanlari).
Dissertasiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.2.PhD/V1783.
Ilmiy rahbarlar: Aripov Taxir Fatixovich, biologiya fanlari doktori, akademik; Gayibov Ulug‘bek Gapparjanovich, biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), katta ilmiy xodim.
Dissertasiya bajarilgan muassasalar nomi: Bioorganik kimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Bioorganik kimyo instituti, DSc.05/2025.27.12.K/B.18.01.
Rasmiy opponentlar: Sasmakov Sobirdjan Anarmatovich, biologiya fanlari doktori, professor; Tagayalieva Nigora Abdunabievna, biologiya fan nomzodi, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: O‘zMU huzuridagi Biofizika va biokimyo instituti.
Dissertasiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: metabolik sindromda ovqat hazm qilish fermentlari faolligining o'zgarishini aniqlash va ularni O'zbekistonda o'sadigan dorivor o'simliklar ekstraktlari yordamida korreksiyalashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Ajuga turkestanica, Rhodiola heterodonta va Gnaphalium uliginosum ekstraktlarining metabolik sindrom modelida α-amilaza va α-glyukozidaza fermentlari faolligiga ta’siri kompleks ravishda baholanib, ularning fermentativ faollikni susaytirish xususiyatlari aniqlangan;
o‘rganilgan dorivor o‘simlik ekstraktlari ovqat hazm qilish fermentlarining faolligini samarali pasaytirish qobiliyatiga ega ekanligi aniqlanib, glyukozaning so‘rilishini sekinlashtirish va giperglikemiyani kamaytirishga yordam berishi aniqlangan;
metabolik sindrom sharoitida Ajuga turkestanica, Rhodiola heterodonta va Gnaphalium uliginosum ekstraktlarining qonning biokimyoviy ko‘rsatkichlarini me’yorlashtirish, shuningdek jigar mitoxondriyalarida LPO darajasini pasaytirish xususiyatlari aniqlangan;
ekstraktlarning o‘tkir toksikligi o‘rganilib, LD₅₀ ko‘rsatkichlari asosida ularning IV-V xavflilik sinfiga mansub kam zaharli moddalar ekanligi eksperimental ravishda isbotlangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ajuga turkestanica, Rhodiola heterodonta va Gnaphalium uliginosum ekstraktlarining ovqat hazm qilish fermentlari faolligiga ta’sirini o‘rganish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Rhodiola heterodonta ekstrakti asosida “Rodiola ekstrakti” biologik faol qo‘shimchasi uchun tashkilot standarti ishlab chiqilgan va O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi tomonidan tasdiqlangan (S 03535693-49:2023). Natijada, “Oltin ildiz” biologik faol qo‘shimchasini ishlab chiqarish imkonini bergan;
Rhodiola heterodonta ekstraktining antioksidant va antiradikal faolligiga hamda α-amilaza va α-glyukozidaza fermentlari faolligiga ta’siriga oid olingan natijalardan Lodz universitetida (Polsha) bajarilgan № UMO-2020/37/N/NZ5/02359-sonli “Tirozin bilan modifikatsiyalangan polietilenimin polimerlarining sinergetik o‘smaga qarshi immunoterapiya sharoitida siRNK ni etkazib beruvchi istiqbolli vektorlar sifatidagi xususiyatlari” mavzusidagi loyiha doirasidagi tadqiqotlarda foydalanilgan (ma’lumotnoma 20.04.2026). Natijada, biologik faol o‘simlik ekstraktlarining antioksidant xususiyatlarini baholash va ularni biotibbiyot tadqiqotlarida qo‘llash imkoniyatlarini kengaytirish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish