Atalikova Gul`jazira Shuraxanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekiston va Qozog‘iston fuqarolik sudlovida bolani farzandlikka olish to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha sud ish yurituvi», 12.00.04–Fuqarolik protsessual huquqi. Xo‘jalik protsessual huquqi. Hakamlik jarayoni va mediatsiya (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3 PhD/Yu306.
Ilmiy rahbar: Xabibullaev Davlatjon Yulchibaevich, yuridik fanlar nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.07/30.12.2019.Yu.22.01.
Rasmiy opponentlar: Egamberdiev Eminjon, yuridik fanlar doktori, professor; Xazratqulov Odilbek Tursunovich, yuridik fanlar nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Yuristlar malakasini oshirish markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: bolani farzandlikka olish bo‘yicha ishlarni ko‘rib chiqishni har tomonlama tahlil qilish, farzandlikka olish bo‘yicha ishlarni ko‘rib chiqish bilan bog‘liq masalalarni tartibga soluvchi qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan taklif va tavsiyalarni ishlab chiqish, shuningdek bolani farzandlikka olish protsessual tartibini samarali normativ tartibga solishning nazariy asoslari yuzasidan taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekiston Respublikasi norezidentining farzandlikka olish haqidagi arizasi o‘rta bo‘g‘in sudlarida samarali ko‘rib chiqilishi lozimligi asoslantirilgan;
O‘zbekiston Respublikasi norezidentlari bo‘lgan farzandlikka oluvchi shaxslar tomonidan taqdim etiladigan hujjatlarni legalizatsiya qilish va ularga apostil` qo‘yish majburiyatini huquqiy normada mustahkamlash isbotlangan;
farzandlikka olishni oila qonunchiligini inobatga olib, da’vo ishini yuritish tartibida bekor qilish qoidasini belgilash lozimligi asoslantirilgan;
farzandlikka olishning asosliligi va farzandlikka olinayotgan bolaning manfaatlariga muvofiqligi to‘g‘risidagi xulosani sudga taqdim etish majburiyati xalq ta’limi muassasalarining zimmasiga yuklatilishi lozimligi asoslab berilgan;
farzandlikka olish bo‘yicha sud jarayoniga farzandlikka olinayotgan bolaning ota-onasi (otasi yoki onasini)ni ishda ishtirok etish uchun jalb qilinishi lozimligi asoslantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashning tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalari asosida:
O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan bolani farzandlikka olishni istovchi O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida doimiy yashayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar farzandlikka olish to‘g‘risidagi arizani farzandlikka olinayotgan bolaning yashash (turgan) joyidagi tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi fuqarolik ishlari bo‘yicha sudiga, fuqarolik ishlari bo‘yicha viloyat yoki Toshkent shahar sudiga berishi to‘g‘risidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 298-moddasi ikkinchi qismida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasining 2019 yil 30 oktyabrdagi 06-14/22204-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif O‘zbekiston Respublikasi norezidentlari tomonidan farzandlikka olish to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rish samaradorligini oshirishga xizmat qiladi;
chet el fuqarolari bo‘lgan yoki fuqaroligi bo‘lmagan farzandlikka oluvchi shaxslar tomonidan taqdim etiladigan hujjatlar belgilangan tartibda legalizatsiya qilinishi yoxud ularga belgilangan tartibda apostil` qo‘yilgan bo‘lishi kerakligi to‘g‘risidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 300-moddasi beshinchi qismida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasining 2019 yil 30 oktyabrdagi 06-14/22204-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif O‘zbekiston Respublikasi norezidentlari tomonidan taqdim etiladigan hujjatlarni legalizatsiya qilish va ularga apostil` qo‘yish qoidasini mustahkamlashga xizmat qiladi;
farzandlikka olishni bekor qilish to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish va hal etish da’vo ishlarini yuritish tartibida hamda oila to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida ko‘rsatilgan asoslar bo‘yicha amalga oshirilishi to‘g‘risidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 304-moddasida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasining 2019 yil 30 oktyabrdagi 06-14/22204-son xati). Mazkur taklif farzandlikka olishni bekor qilish masalasini huquqiy tartibga solishga xizmat qiladi;
ishni sud muhokamasiga tayyorlash vaqtida sud`yaning bolaning manfaatlaridan kelib chiqib, farzandlikka olinayotgan bolaning ota-onasi (otasi yoki onasi)ni ishda ishtirok etish uchun jalb qilish masalasini hal qilishi lozimligi to‘g‘risidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2013 yil 11 dekabrdagi 21-son «Sudlar tomonidan farzandlikka olish haqidagi ishlar bo‘yicha qonunchilikni qo‘llash amaliyoti to‘g‘risida»gi qarorining 5-bandida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining 2019 yil 28 noyabrdagi PL-68-19-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif farzandlikka olish to‘g‘risidagi ishlarni hal etishda farzandlikka olinayotgan bola otasi yoki onasining fikrini inobatga olishga xizmat qiladi;
farzandlikka olishda sud bolaning o‘zini sudda ishtirok etish uchun jalb qilishga haqli ekanligi to‘g‘risidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2013 yil 11 dekabrdagi 21-son «Sudlar tomonidan farzandlikka olish haqidagi ishlar bo‘yicha qonunchilikni qo‘llash amaliyoti to‘g‘risida»gi qarorining 6-bandida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining 2019 yil 28 noyabrdagi PL-68-19-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif farzandlikka olish to‘g‘risidagi ishlarni hal etishda farzandlikka olinayotgan bolaning manfaatlarini inobatga olishga xizmat qiladi.