Saitov Nuriddin Erkin o‘g‘lining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Qizilmachit paleovulqonining petrologik-geokimyoviy xususiyatlari (Janubiy O‘zbekiston)”, 04.00.03 – Geotektonika va geodinamika. Petrologiya va litologiya (geologiya-mineralogiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/GM265.
Ilmiy rahbar: Mamarozikov Usmonjon Dovronovich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Geologiya va geofizika instituti DM.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Geologiya va geofizika instituti, DSc.31/2025.27.12.GM.06.01.
Rasmiy opponentlar: Karabaev Mamatxan Sadirovich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori, professor; Kosbergenov Kuatbay Maulenbergen Uli, geologiya-mineralogiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Qizilmachit paleovulqoni mahsulotlarining petrologik-geokimyoviy xususiyatlarini hamda ma’danlashuvga aloqasini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Qizilmachit paleovulqonida tarqalgan vulkanogen jinslar va gidrotermal-metasomatik hosilalarning o‘zaro geologik munosabatlari hamda petrografik xususiyatlari batafsil ta’riflangan, paleovulqon nordon vulkanitlari kaliy-natriyli va kaliyli seriyalarga mansubligi aniqlangan;
birinchi marta paleovulqon tog‘ jinslari va ular bilan bog‘liq gidrotermal-metasomatik hosilalaridagi ma’dan shakllantiruvchi elementlarining mineral-tashuvchilari va mineral-konsentratorlarini hamda ma’dan shakllantiruvchi flyuid hosilalarining uchrash shakllari va moddiy tarkiblari mikrozond usulida aniqlangan;
vulkanogen jinslar va ularga aloqador gidrotermal-metasomatik hosilalarning rangli (Cu, Pb, Zn) va qimmatbaho (Au, Ag) metallarga aksessor-mineralogik va geokimyoviy ixtisoslashganligi ko‘rsatilgan;
paleovulqonda vulqon bo‘g‘zi va vulqon bo‘g‘zi atrofi fatsiyalarining jinslari bilan kolchedan-polimetalli ma’danlashuvning (Cu-Pb-Zn-Au-Ag) bog‘liqligi qayd etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qizilmachit paleovulqonining petrologik-geokimyoviy xususiyatlarini tadqiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Qizilmachit paleovulqoni hududidagi vulkanogen-cho‘kindi va ularga aloqador metasomatitlarining o‘zaro geologik munosabatlari, petrografik, mineralogik va geokimyoviy xususiyatlari “O‘zbek geologiya qidiruv” AJ faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining 2026 yil 21 yanvardagi 08-318-son ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur vulkanogen-cho‘kindi jinslarning turlarini, fatsial mansubligini va ularga aloqador metasomatitlarning hosil bo‘lish sharoitlarini aniqlash imkoni yaratilgan;
vulkanogen-cho‘kindi va ularga aloqador metasomatitlarning jins hosil qiluvchi, aksessor minerallarning hamda flyuidli hosilalarning uchrash shakllari va moddiy tarkiblari “O‘zbek geologiya qidiruv” AJ amaliyot ishlari jarayoniga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining 2026 yil 21 yanvardagi 08-318-son ma’lumotnomasi). Natijada, vulkanogen-cho‘kindi va ularga aloqador metasomatitlarining mis, qo‘rg‘oshin, rux, oltin va kumushga birlamchi ixtisoslashganligini ko‘rsatuvchi ma’dan elementlarini tashuvchi va jamlovchi (konsentrator) minerallarni mineralogik belgilar majmuasi sifatida tavsiflash imkonini bergan;
Qizilmachit paleovulqoni vulkanogen-cho‘kindi va ularga aloqador metasomatitlarining petrologik-geokimyoviy xususiyatlari dunyoning boshqa mintaqalaridagi vulkanogen-cho‘kindi hamda ularga aloqador metasomatitlarining geokimyoviy va metallogenik ixtisoslashuviga mos kelishini asoslovchi tadqiqot natijalari “O‘zbek geologiya qidiruv” AJ faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining 2026-yil 21-yanvardagi 08-318-son ma’lumotnomasi). Natijada, Qizilmachit paleovulqoni hududini ilmiy asoslangan mufassal izlash va baholash ishlarini olib borish uchun istiqbolli maydon sifatida tavsiya etish mumkin.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish