Bo‘ziev Behruz Bobir o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Dengizko‘l ko‘tarilmasi va yondosh maydonlar cho‘kindi qoplamasining petrofizik modeli (Buxoro-Xiva neft va gaz hududi)”, 04.00.06 – Geofizika. Foydali qazilmalarni qidirishning geofizik usullari (geologiya-minerologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/GM237.
Ilmiy rahbari: Goipov Akram Bayramovich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Gelogiya va geofizika instituti” Davlat muassasasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Seysmologiya instituti, DSc.05/2025.27.12.GM/FM.12.02.
Rasmiy opponentlar: Radjabov Shuxrat Sayfullaevich, geologiya-minerologiya fanlari doktori; Yuldashev G‘ofur Yuldashevich, geologiya-minerologiya fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. Dengizko‘l ko‘tarilmasi va yondosh maydonlar cho‘kindi qoplamasining petrofizik modelini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Chorjoy tektonik pog‘onasing g‘arbiy qismidagi cho‘kindi qatlamlarida seysmik to‘lqin tarqalish tezligi shimoliy-g‘arbdan janubiy-sharqga tomon ortib borishi aniqlangan;
tadqiqot hududining uglevodorodga istiqbolli gorizontlarida harorati yuqori bo‘lgan anomal zonalar mavjudligi aniqlangan;
tadqiqot hududining mezozoy yotqiziqlarida tutqichlar uchun qopqoq vazifasini bajaruvchi yuqori elektr qarshilikli zonalar ajratilgan;
neft va gazga to‘yinganlik koeffisienti yuqori bo‘lgan zonalar paleorif chegaralari bilan muofiq kelishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Dengizkoʻl koʻtarilmasi va yondosh maydonlardagi choʻkindi qoplamasining petrofizik modellarini yaratish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
taklif etilgan ilmiy-uslubiy asosdagi cho‘kindi qoplama yotqiziqlarini uch o‘lchamli geofizik modellari “Neft va gaz konlari geologiyasi hamda qidiruvi instituti” DMning amaliyotiga joriy qilingan (Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining 2026-yil 13-fevraldagi 08-767-son ma’lumotnomasi). Natijada, Dengizko‘l ko‘tarilmasi hududidagi istiqbolli strukturalarda geologiya-qidiruv ishlarini yo‘naltirishga xizmat qilgan;
Dengizko‘l ko‘tarilmasi hududi cho‘kindi qoplamasining petrofizik xususiyatlarini modellashtirish natijasida ugelvodorodga mahsuldor istiqbolli gorizontlarning neft va gazga g‘ovaklilik koeffisientlari bo‘yicha yaratilgan xaritalar “Neft va gaz konlari geologiyasi hamda qidiruvi instituti” DMning amaliyotiga joriy qilingan (Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining 2026-yil 13-fevraldagi 08-767-son ma’lumotnomasi). Natijada, tadqiqot hududida uglevodorod uyumlariga istiqbolli yangi qatlamlarni aniqlash imkonini bergan;
Dengizko‘l ko‘tarilmasi va unga yondosh hududlar cho‘kindi qoplamasining petrofizik uch o‘chamli qarshilik, issiqlik va tezlik modellari “Neft va gaz konlari geologiyasi hamda qidiruvi instituti” DMning amaliyotiga joriy qilingan (Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining 2026-yil 13-fevraldagi 08-767-son ma’lumotnomasi). Natijada, ko‘tarilmadagi istiqbolli strukturalarni chuqurlik va maydon bo‘yicha ostki va ustki chegaralariga aniqlik kiritishga xizmat qilgan.