Barotova Gulmira Bahri qizining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Samarqand viloyatida urbanizatsiya jarayonining shakllanishi va rivojlanishining hududiy xususiyatlari”, 11.00.02 - Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya (geografiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Gr333.
Ilmiy rahbar: Ibragimov Lutfullo Ziyodullaevich, geografiya fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.Gr.09.11.
Rasmiy opponentlar: Komilova Nilufar Qarshiboevna, geografiya fanlari doktori, professor; Qurbonov Pahlavon Rustamovich, geografiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi Samarqand viloyatida urbanizatsiya jarayonining shakllanishi va rivojlanishiga ta’sir etuvchi hududiy, demografik va ijtimoiy-iqtisodiy omillarni baholash hamda ularning hududiy xususiyatlarini aniqlash, urbanizatsiya darajasini oshirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ko‘p omilli Pirson korrelyasiya usuli va ekonometrik modellashtirish asosida Samarqand viloyatining 18 ta indikatorli (demografik, ijtimoiy, iqtisodiy) ko‘rsatkichlarining urbanizatsiya jarayoniga bog‘liqlik darajasi tizimli tahlil asosida aniqlangan;
ArcGIS dasturi asosida Samarqand viloyatining urbanizatsiya darajasining 1:1000 000 masshtabli kartasi, viloyatning demografik rivojlanishi, viloyat aholi soni, zichligi, shaharlar aholi sonining prognoz ko‘rsatkichlarini aks ettiruvchi 1:900 000 masshtabli kartalari yaratilgan; 
prophet modeli asosida urbanizatsiya jarayoniga bevosita ta’sir ko‘rsatuvchi viloyat, shahar va shaharchalar aholisi soni hamda hududlar kesimida aholining zichligining ortib borishining yaqin, o‘rta va uzoq muddatli (2030, 2035, 2040-yillar uchun) prognozi ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan; 
GAT asosida Samarqand viloyatida shakllanayotgan asosiy hududiy urbanistik tizimlar – Samarqand, Urgut, Kattaqo‘rg‘on shaharlari, ularning urbanistik tarkibi va kengayish yo‘nalishlari hamda unga ta’sir etuvchi omillarni baholash orqali aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Samarqand viloyatida urbanizatsiya jarayonining shakllanishi va rivojlanishining hududiy xususiyatlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:  
ko‘p omilli Pirson korrelyasiya usuli va ekonometrik modellashtirish asosida Samarqand viloyatining 18 ta indikatorli (demografik, ijtimoiy, iqtisodiy) ko‘rsatkichlarining urbanizatsiya jarayoniga bog‘liqlik darajasining tizimli tahlili Samarqand viloyatida urbanizatsiya jarayonlari rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqishda amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi huzuridagi urbanizatsiya va shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish  respublika markazining 2026-yil 30-martdagi 07/91-sonli  ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur ko‘p omilli model ma’lumotlari viloyat urbanizatsiya darajasini oshirish bilan bog‘liq dasturlarni takomillashtirish imkoniyatini bergan;
ArcGIS dasturi asosida Samarqand viloyatining urbanizatsiya darajasining 1: 1000 000 masshtabli kartasi, viloyatning demografik rivojlanishi, viloyat aholi soni, zichligi, shaharlar aholi sonining prognoz ko‘rsatkichlarini aks ettiruvchi 1:900 000 masshtabli kartalaridan viloyat hududlarida aholi punktlarining bosh rejalarini ishlab chiqish maqsadlariga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqishda amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi huzuridagi urbanizatsiya va shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish respublika markazining 2026-yil 30-martdagi 07/91-sonli  ma’lumotnomasi). Natijada, yaqin istiqbolda viloyat va uning tumanlarida urbanizatsiya darajasini oshirish, hududlarda aholi punktlarining bosh rejalarini ishlab chiqish maqsadlariga qaratilgan vazifalarni belgilash va hududiy dasturlarni takomillashtirish imkoniyatini bergan;
prophet modeli asosida urbanizatsiya jarayoniga bevosita ta’sir ko‘rsatuvchi viloyat, shahar va shaharchalar aholisi soni hamda hududlar kesimida aholi zichligining ortib borishini yaqin, o‘rta va uzoq muddatli (2030, 2035, 2040-yillar uchun) prognoz ma’lumotlaridan Samarqand viloyatning yaqin istiqbolda  shahar va posyolkalarni kompleks rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqishda amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi huzuridagi urbanizatsiya va shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish respublika markazining 2026-yil 30-martdagi 07/91-sonli  ma’lumotnomasi). Natijada, viloyatda shahar va shaharchalarni rivojlantirish, ijtimoiy infratuzilmani takomillashtirish va ijtimoiy xizmatlar sifatini yaxshilash orqali urbanizatsiya darajasini oshirish, hududlarda joylashgan shahar va posyolkalarni kompleks rivojlantirish oid vazifalarni bajarishga oid mexanizmlarini takomillashtirish imkonini bergan;
GAT dasturi asosida Samarqand viloyatida shakllanayotgan asosiy hududiy urbanistik tizimlar - Samarqand, Urgut, Kattaqo‘rg‘on shaharlari, ularning urbanistik tarkibi, hududiy kengayish yo‘nalishlari hamda unga ta’sir etuvchi omillarni baholashga qaratilgan ma’lumotlaridan viloyatning yirik shaharlarini bosh rejalarini ishlab chiqish va ularni kompleks rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqishda amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi huzuridagi urbanizatsiya va shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish respublika markazining 2026-yil 30-martdagi 07/91-sonli  ma’lumotnomasi). Natijada viloyatning asosiy shaharlarini bosh rejalarini ishlab chiqish, hududlarda joylashgan shahar va posyolkalarni kompleks rivojlantirish, qishloq tumanlarida urbanizatsiya darajasini ko‘tarish bilan bog‘liq hududiy dasturlarni takomillashtirish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish