Xudoyqulov Shohruh O‘ktam o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Alyuminiy qotishmalarining mexanik xossalarini oshirishda tantal oksidlarini qo‘llash texnologiyasini ishlab chiqish”, 05.02.01 – “Mashinasozlikda materialshunoslik. Quymachilik. Metallarga termik va bosim ostida ishlov berish. Qora, rangli va noyob metallar metallurgiyasi” ixtisosligi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.PhD/T3107.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti xuzuridagi DSc.03/2025.27.12.T.02.04 raqamli Ilmiy Kengash.
Ilmiy rahbar: Tashbulatov Sherzod Baxtiyarovich, texnika fanlari doktori (DSc), dotsent.
Rasmiy opponentlar: Ziyamuxamedova Umida Alijonovna, texnika fanlari doktori, professor; Ermatov Ziyadulla Dosmatovich, texnika fanlari doktori, professor;
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Alyuminiy va tantal oksidlari ustida tadqiqotlar o‘tqazib olingan natijalar asosida qotishmalarining mexanik xossalarini oshirishda tantal oksidlarini qo‘llash texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: Alyuminiy qotishmasining eyilishga bardoshliligi oshirish texnologiyasi yuza qatlamida tantal oksidining yuzaga nisbatan perpendikulyar o‘sishini ta’minlash asosida ishlab chiqilgan;
alyuminiy qotishmalarini olinadigan quyma mahsulotlarning qattiqligi oshirish texnologiyasi tantal oksidining alyuminiy bilan ta’sirlashishi asosida ishlab chiqilgan;
alyuminiy qotishmasini zarbiy qovushqoqligini ta’minlaydigan texnologiyasi quyma mahsulotlar olishda qolip ichiga tantal oksidini kiritish asosida ishlab chiqilgan;
alyuminiy qotishmasini suyuqlantirish texnologiyasi tantalning kislorod bilan ta’sirlanishi oqibatida tantal oksidining alyuminiyga qo‘shish miqdoriga bog‘liqlik grafigi asosida ishlab chiqilgan;
alyuminiy yuzasida tantal oksidi qoplamasini hosil qilish texnologiyasi alyuminiy va tantalning fizik-kimyoviy muvofiqligiga asoslanib ishlab chiqilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
alyuminiy qotishmalarining mexanik xossalarini oshirishda tantal oksidlarini qo‘llash texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
alyuminiy qotishmasining yuza qatlamida tantal oksidining yuzaga nisbatan perpendikulyar o‘sishini ta’minlaydigan texnologiyasi “Quyuv mexanika zavodi” AJ ga joriy qilingan (“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning 2025 yil 14 noyabrdagi 01/4529-25-son ma’lumotnomasi). Joriy qilish natijasida alyuminiy qotishmasining eyilishga bardoshliligi 16–18% ga oshgan;
alyuminiy qotishmalarini kovshga quyish jarayonida tantal oksidi bilan ishlov berish texnologiyasi “Quyuv mexanika zavodi” AJ ga joriy qilingan (“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning 2025 yil 14 noyabrdagi 01/4529-25-son ma’lumotnomasi). Joriy qilish natijasida alyuminiy qotishmasidan olinadigan quyma mahsulotlarning qattiqligi 10–12% ga oshgan;
alyuminiy qotishmasidan quyma mahsulotlar olishda qolip ichiga tantal oksidini kiritish texnologiyasi “Quyuv mexanika zavodi” AJ ga joriy qilingan (“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning 2025 yil 14 noyabrdagi 01/4529-25-son ma’lumotnomasi). Joriy qilish natijasida olinayotgan quyma mahsulotning zarbiy qovushqoqligi 6–8% ga oshgan.