Anorboeva Solixa Asqarjon qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ispan tilini o‘qitishda talabalarda tarjimonlik kompetensiyasini rivojlantirish metodikasi», 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ispan tili).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Ped944.
Ilmiy rahbar:Baxronova Dilrabo Keldiyorovna filologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi DSc.03/2026.31.01.Ped.45.02
Rasmiy opponentlar: Sabirova Gulnoza Sadikovna pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent va Juraev Abdunazar Xotamnazarovich pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat chet tillari instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ispan tilini o‘qitishda filologik yo‘nalish talabalarida tarjimonlik kompetensiyasini rivojlantirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ispan va o‘zbek tillari doirasida lingvomadaniy xususiyatlar realiyalar, frazeologik birliklar, milliy-madaniy kodlar va kommunikativ vaziyatlarni tarjima mashqlariga kiritish orqali o‘quv jarayoniga integratsiya qilinib, talabalarning tarjimonlik kompetensiyasini rivojlantirish modeli takomillashtirilgan hamda uning kasbiy-kommunikativ tayyorgarlikka samarali ta’siri asoslangan;
«Método de traducción activo-situacional» (Faol-vaziyatli tarjima metodi)ning yangiligi tarjima jarayonini faqat matn ustida ishlash emas, balki real kommunikativ vaziyat, kontekst, adresat, maqsad va madaniy omillarni hisobga olgan holda tushunish, tahlil etish, tarjima qilish va refleksiya bosqichlarida tashkillashtirishga qaratilgani bilan belgilanib, talabalarning mustaqil tarjima qarorlarini qabul qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishdagi ahamiyati isbotlangan;
talabalarda tarjimonlik kompetensiyasini rivojlantirish mexanizmi MEPI-IE («Modelo Educativo de Pragmática Intercultural - Interacción Estratégica») texnologiyasining tayanch parametrlari (axborot mazmuni, kommunikativ maqsad va ishtirokchilar darajasi) bilan gorizontal integratsiyalash asosida takomillashtirilgan bo‘lib, bu talabalarning kasbiy faoliyatga tezkor moslashuvchanligini ta’minlashga hamda murakkab kommunikativ vaziyatlarda muqobil tarjima echimlarini ishlab chiqish mahoratini oshirishga xizmat qilishi asoslangan.
tarjimonlik kompetensiyasining motivatsion, kognitiv, refleksiv va amaliy komponentlarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan interfaol mashqlar, vaziyatli tarjima topshiriqlari, tahrir va o‘zaro baholashga oid amaliy tavsiyalar majmuasi ishlab chiqilib, ular orqali talabalarda tarjima matnini tahlil qilish, muqobil tarjima echimlarini tanlash, xatolarni aniqlash va kasbiy refleksiya ko‘nikmalarini shakllantirish samaradorligi eksperimentlar orqali asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ispan tilini o‘qitishda talabalarda tarjimonlik kompetensiyasini rivojlantirishga doir tadqiqot natijalari asosida:
tajriba-sinov tariqasida transformatsiya qilinadigan oliy ta’lim muassasalarida hamkor sifatida biriktirilgan nufuzli xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan kelishuv asosida ta’lim jarayoniga ularning professor-o‘qituvchilarini jalb qilish, chet tillarida o‘qitiladigan fanlarni bosqichma-bosqich kiritib borish, shuningdek ispan va o‘zbek tillarining lingvomadaniy xususiyatlarini qiyosiy tahlil qilish asosida ishlab chiqilgan didaktik modelni o‘quv-tarjima jarayoniga integratsiyalash orqali talabalarning tarjimonlik kompetensiyasi rivojlantirish haqidagi taklif Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’lim muassasalarini nufuzli xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda transformatsiya qilish shora-tadbirlari to’g‘risida” 2020-uil 27-oktyabrdagi 655-son qarorining 3-bandi “b”-kichik bandining uchinchi xatboshisida o‘z aksini topgan (Axborot texnologiyalari va kommunikatsiualarini rivojlantirish vazirligining 29.12.2021 yildagi
32-8/9346-son dalolatnomasi). Natijada, mazkur taklifning joriy qilinishi transformatsiya qilinadigan oliy ta’lim muassasalarining ta’lim jarayoniga xorijiy oliy ta’lim muassasalaridagi mavjud ispan tilida o‘qitiladigan fanlarning bosqichma-bosqich kiritib borilishiga xizmat qilgan;
ispan tilini o‘qitish jarayonida talabalarining tarjimonlik kompetensiyasini rivojlantirish maqsadida “Método de traducción activo-situacional” taklif etilgan metodidan samarali foydalanildi. (Meksika davlat avtonom universitetining 16.11.2021 478-son ma’lumotnomasi). Bu esa o‘z navbatida xorijiy hamkorlar bilan yaqindan aloqalarni yo‘lga qo‘yishga xizmat qildi, 2021-yildan buyon O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti va Meksika davlat avtonom universiteti professor-o‘qituvchilari hamda talabalari o‘rtasida onlayn darslar tashkil etilishiga, shuningdek ispan tilidan tarjimonlarni tayyorlashda tilda mavjud realiyalar, lakunar birliklarni o‘qitish va metodik ta’minotini tinglovchilarga tushunarli bo‘lishiga erishishga xizmat qilgan;
ispan tilida tahsil olayotgan talabalar orasida zamonaviy MEPI-IE (Modelo Educativo de Pragmática Intercultural - Interacción Estratégica) texnologiyasining qo‘llash asosida keltirilgan taklif va tavsiyalaridan Ispaniyaning Kadiz Universitetida ispan tilini o‘rganayotgan talabalarni tarjimonlik kompetensiyasini rivojlantirish strategiyasini aniqlash maqsadidagi foydalanilgan (Kadiz Universiteti Falsafa va adabiyot fakultetining 2024-yil 5-iyuldagi 238-son ma’lumotnomasi). Natijada, tarjima jarayonini soddalash va sifatini oshirish, tarjima faoliyatining asosiy kommunikativ parametrlari hamda talabalarning tarjimonlik kompetensiyasini rivojlantirish mexanizmi takomillashtirilgan;
tadqiqotning tarjimonlar tayyorlash masalasi, tarjimonlar uchun kompleks o‘quv dasturlari yaratilishi lozimligi, dasturning barcha qismlari uzviy bog‘liq bo‘lishi hamda samaradorlikni ta’minlashda noan’anaviy, qoliplashmagan metod va usullardan foydalanish zarurati kabi tahlil va xulosalaridan “Erasmus+ dasturining ICM, KA-107 - International Credit Mobility between European Union and Uzbekistan HEIs, through staff and student mobility exchange projecs between Uzbekistan State University of World LanguaGES and Rioja University (Spain) – “2020-1-ES01-KA107-080851-(Yevropa ittifoqi hamda O‘zbekiston oliy ia’lim muassasalari o‘rtasida xalqaro tajriba almashinuvi doirasida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti hamda Rioxa universiteti (Ispaniya) o‘rtasidagi kredit safarbarligi) (O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 22.06.2024-yildagi 06/360-son ma’lumotnomasi) xalqaro loyihasi doirasida foydalanilgan. Natijada mobillik dasturi asosida talabalarni xorijiy universitetlarda ta’lim olishida tanlangan fanlar katalogi ularda tarjimonlik kompetensiyasining motivatsion, kognitiv, refleksiv va faol tarjima komponentlarini rivojlantiruvchi mashqlar tizimi ishlab chiqilgan va ilmiy-metodik jihatdan takomillashtirilishiga xizmat qilingani aniqlangan.