Abdullaeva Xumora Boybo‘ri qizi
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Gipsli tuproqlar biologik holatining integral ko‘rsatkichlarini ishlab chiqish va ular asosida degradatsiya jarayonlarini baholash (Jizzax viloyati Zarbdor tumani misolida)”, 03.00.13 – Tuproqshunoslik (biologiya).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/B1524.
Ilmiy rahbar: Maxkamova Dilafruz Yuldashevna, biologiya fanlari falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/2025.27.12.B/Qx.01.16.
Rasmiy opponentlar: Turdimetov Shaxobiddin Muxitdinovich, biologiya fanlari doktori, professor; Sobitov O‘lmasboy Tojiaxmedovich, biologiya fanlari doktori, katta ilmiy xodim. 
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat  agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Jizzax viloyati Zarbdor tumani sug‘oriladigan gipsli tuproqlarning biologik xossasini baholash uchun  integral ko‘rsatkichlar tizimini ishlab chiqish hamda ushbu ko‘rsatkichlar asosida tuproqlarda kechayotgan degradatsiya jarayonlarini aniqlash va baholash, shuningdek ularning unumdorligini saqlashga qaratilgan amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Jizzax viloyati Zarbdor tumani sharoitida gipsli tuproqlarning biologik xossasini baholash uchun ilk bor integral ko‘rsatkichlar tizimi ishlab chiqilgan;
tuproqning mikrobiologik, biokimyoviy va agrokimyoviy ko‘rsatkichlarini kompleks baholash imkonini beruvchi integral baholash usuli takomillashtirilgan hamda mazkur ko‘rsatkichlar yagona indeks ko‘rinishida asoslangan;
degradatsiya jarayonlarini baholashda tuproqning agrokimyoviy xossasi bilan biologik ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi korrelyasion bog‘liqliklar statistik va ilmiy jihatdan isbotlangan;
gipsli tuproqlarda degradatsiyaga xos bo‘lgan biologik ko‘rsatkichlarning kritik chegaralari miqdoriy jihatda asoslangan hamda tuproq biologik holatini ko‘p parametrli yondashuv asosida kompleks ravishda baholash ishlab chiqilgan.
 IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Gipsli tuproqlar biologik holatining integral ko‘rsatkichlarini ishlab chiqish va ular asosida degradatsiya jarayonlarini baholash (Jizzax viloyati Zarbdor tumani misolida) yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida:
gipsli sho‘rlangan tuproqlarning biologik holatini baholash, fermentativ faollik mezonlarini ishlab chiqish, mikrobiologik faoliyat bilan degradatsiya holatini bog‘lash, shuningdek monitoring tizimlarini shakllantirish bo‘yicha ilmiy asoslangan “Gipsli tuproqlar biologik holatining integral ko‘rsatkichlarini ishlab chiqish va ular asosida degradatsiya jarayonlarini baholash” mavzusidagi tavsiyanoma Jizzax viloyati Zarbdor tumani Qishloq xo‘jaligi boshqarmasida amaliyotga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025 yil 28 avgustdagi 05/05-04-504-son ma’lumotnomasi). Natijada, massivlardagi sug‘oriladigan gipsli sho‘rlangan tuproqlarning meliorativ holatini yaxshilash, unumdorligini saqlash va oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilash imkonini bergan;
sug‘oriladigan gipsli sho‘rlangan tupoqlarda biologik xossasi, fermentativ faollik va degradatsiya  jarayonlarini baholash aks ettirilgan “Sho‘rlangan gipsli tuproqlarning biologik xossalarining integral ko‘rsatkichlari” nomli dasturiy taʼminot yaratilgan Jizzax viloyati Zarbdor tumani Qishloq xo‘jaligi boshqarmasida amaliyotga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar Milliy markazining 2025-yil 28-avgustdagi №-05/05-04-504-son ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur dasturiy taʼminot orqali tuproqning sho‘rlanish va gipslanish sharoitidagi biologik xossasini tizimli, aniq va kompleks baholash imkonini bergan; 
gipsli tuproqlar biologik xossasining integral ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan Jizzax viloyati Zarbdor tumani Taraqqiyot, Sharq yulduzi, Mustaqillik quyoshi massivlarida amaliyotga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar Milliy markazining 2025-yil 28-avgustdagi №-05/05-04-504-son ma’lumotnomasi). Natijada, ilmiy asosda erga yondashish, resurslarni tejash, tuproq degradatsiyasining oldini olish, barqaror hosildorlikka erishish, ekologik xavfsiz qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, tuproq salomatligini tez, oddiy va ishonchli tarzda baholash imkonini bergan hamda ilmiy asos bo‘lib xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish