Jabborxonova Nodiraxon Abdumalik qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisosliklar shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Biologik faol qo‘shimchalarni tashqi iqtisodiy faoliyat tovarlar nomenklaturasi asosida tasniflashni takomillashtirish”, 02.00.09 - Tovarlar kimyosi (texnika  fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/T3568.
Ilmiy rahbar: Karimqulov Qurbonqul Mavlanqulovich, texnika  fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Bojxona instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.K/T.07.04.
Rasmiy opponentlar: Yo‘lchiev Asilbek Baxtiyorbekovich, texnika fanlari doktori, dotsent; Mamatova Irodaxon Yusupovna, kimyo fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi:  Farg‘ona davlat universiteti. 
Dissertasiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bojxona amaliyotida import bo‘layotgan vitamin-mineralli biologik faol qo‘shimchalar, probiotikli preparatlar va o‘simlik tarkibli biologik faol qo‘shimchalar kimyoviy tarkibiga ko‘ra tasniflashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekiston bojxona amaliyotida import hisobida keltirilayotgan vitamin-mineral komplekslar, probiotiklar va biologik faol qo‘shimchalarning kimyoviy tarkibi oaniqlangan va klassifikatsiyalangan;
bojxona laboratoriyasi amaliyotida ishtaha pasaytiruvchi, ozish uchun mo‘ljallangan biologik faol qo‘shimchalar tarkibidan kuchli ta’sir qiluvchi moddalarni tezkor samarali usullar yordamida aniqlash usullari takomillashtirilgan;
 import bojxona bojlari va TIF TN kodlarini yagona hujjat asosida tizimlashtirish maqsadida 2106 tovar pozisiyasiga yangi TIF TN kod raqamlari va izohlar ishlab chiqilgan;
probiotik tarkibli preparatlar va shu turdagi mahsulotlarni bojxona ekspertizasi va laboratoriya  ekspress usullari orqali import-eksportni to‘laqonli bojxona nazorati tartiblari ishlab chiqilib, tarkibiga ko‘ra dori vositalari va ozuqaviy turlarga sinflangan va dorivor probiotiklarga yangi tovar kodlari ishlab chiqilgan;
o‘simlik tarkibli ishtaha pasaytirish uchun mo‘ljallangan biologik faol qo‘shimchalar uchun tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasida batafsil yangi tovar pozisiya va kod raqamlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Biologik faol qo‘shimchalarni TIF TN asosida tasniflash bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasining 2106 tovar pozisiyasi asosida biologik faol qo‘shimchalari sinflanib, ularga “ovqatlanishga balanslangan qo‘shimcha uchun mo‘ljallangan vitaminlar va minerallar aralashmalari, unni boyitish uchun mikronutrientlardan tashqari” uchun – 2106 90 980 3, “unni boyitish uchun mikronutrientlar” uchun – 2106 90 980 6 yangi xalqaro tovar kod raqamlari ishlab chiqilib, bojxona amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va Moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasining Markaziy bojxona laboratoriyasining 2025-yil 29-martdagi 17/05-25-0731 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, biologik faol qo‘shimchalarini bojxona eksport- importida bojlarni va TIF TN kodlarini yagona hujjat asosida tizimlashtirish imkonini bergan;
tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasining 3002 tovar pozisiyasi asosida import qilinayotgan dori vositalari sinflanib, ularga “mikroorganizmlar kulturalari, dozalangan dori shakli sifatida qadoqlangan yoki chakana savdo uchun o‘ramlarga joylangan shaklda” uchun – 3002 49 000 2 yangi xalqaro tovar kod raqami ishlab chiqilgan va bojxona amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va Moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasining Markaziy bojxona laboratoriyasining 2025-yil 29-martdagi 17/05-25-0731 sonli ma’lumotnomasi). Natijada import qilinayotgan dori vositalaridan bojxona bojlarini to‘g‘ri va to‘liq undirilishi, bojxona statistikasi to‘g‘ri yuritilishi, shuningdek milliy iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish